Boshqaruvning chiziqli tizimi quyidagi hollarda qo’llanadi: − xodimlar soni 300-500 kishini tashkil qiluvchi hamda predmetli va texnologik ixtisoslashuv darajasi yuqori korxonalarda (metallga ishlov berish, yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish, yig’ish, bir turdagi xizmat ko’rsatish va hokazo);
− mahalliy sanoat korxonalarida (masalan, yog’ochni qayta ishlash, mahalliy xom ashyodan mahsulot tayyorlash va hokazo).
Boshqaruvning mazkur strukturasi tavsifistikasini qo’yidagi shaklida ko’rsatish mumkin. Boshqaruvning funktsional tuzilmasi uchun boshqaruv va ob’ekt
funktsiyalari bo’yicha boshqaruv yacheykalari yaratish tavsiflidir. Bu yacheykalar bajarilishi shart bo’lgan qarorlarni boshqaruvning quyi pog’onasiga yoki bevosita
ishlab chiqarish bo’g’inlariga etkazib beradi. Demak, boshqaruv funktsiyalar
bo’yicha taqsimlanadi va funktsional bo’g’inlar tomonidan amalga oshiriladi, ular
tomonidan tayyorlanuvchi boshqaruv qarorlari esa bajaruvchilarga kesishuvchan
aloqa kanallari bo’yicha etkaziladi.
Boshqaruvning chiziqli-funktsional tuzilmasi Chiziqli-shtabli tuzilma boshqaruv aralash tuzilmasining bir ko’rinishi bo’lib, unga chiziqli struktura asos qilib olingan. Boshqaruvning har bir bo’g’inida shtablar tuzilib, uning tarkibiga muammolarni echish uchun malakali mutaxassislar taklif etiladi. Masalan, shtabli tuzilmalar tabiiy ofat, halokat va kulfatlarning oqibatlarini bartaraf qilish, yangi mahsulot yoki texnologiyani o’zlashtirish, to’satdan yuzaga kelgan, odatiy bo’lmagan vazifalarni echishda tuzilishi mumkin. Bunday hollarda boshqaruv shtabiga rahbarlarning vakolatlaridan kam bo’lmagan haq-huquqlar, vakolatlar beriladi.
Boshqaruvning matritsali tuzilmalari turli xil bo’lib, ularning barchasi bitta tamoyilda - ishlab chiqarishni vertikal va gorizontal boshqarishda boshqaruv funktsiyalarini tashkiliy tuzilmalar o’rtasida qayta taqsimlash asosida yaratilgan. Bu tuzilmalar ilmiy tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, texnologik byurolar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik izlanishlari olib boriluvchi yirik korxonalarda keng qo’llaniladi.
Boshqaruvning matritsali tuzilmalari rahbarlardan juda yuqori boshqaruv vakolatini talab qiladi.Bunday tuzilmadan foydalanganda yuzaga keluvchi muammo va vazifalarni echish uchun vaqtinchalik ijodiy guruhlarni tuzish mumkin. To’g’ri, buning uchun jamoa oldida yuzaga keluvchi loyiha topshiriqlarni bajarish uchun qo’shimcha xarajatlar talab qilinishi mumkin.
Boshqaruvning istalgan tashkiliy tuzilmasini loyihalashtirishda hamda amaliyotda qo’llashda tezkorlik, optimallik, ishonchlilik va tejamkorlik kabi asosiy talablarga javob bera olishiga e’tibor qaratilish lozim. Bu talablar qanchalik to’liq va yaxshi bajarilsa, korxonani boshqarish tizimining sifat ko’rsatkichlari shunchalik yuqori bo’ladi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, boshqaruv ob’ekti va boshqaruvchi tizim (boshqaruv apparati) o’rtasida, boshqaruv funktsiyalari yordamida tartibga solinuvchi ma’lum bir munosabatlar yuzaga keladi.