Personalni jalb etish (ishga qabul qilish)ni rejalashtirishda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
taklifdagi alohida muammolar va ularni bartaraf etish vositalari;
Personalni jalb etishda ikki imkoniyatdan foydalaniladi:
Kompaniya yoki firmaning o’z xodimlarini jalb etish. Ular ish vaqtiga qo’shimcha vaqtda ishga jalb etilishi, malaka jihatdan rivojlantirilishi, boshqa ishga o’tkazilishi mumkin. Bu usul samarali hisoblanadi.
Xodimlarni chetdan jalb etish. Bu masalada korxona personali xizmati bandlikka ko’maklashish markazlari bilan qalin hamkorlikda faoliyat ko’rsatishlari talab etiladi.
Personaldan foydalanishni va uni qisqartirishni rejalashtirish. Buning uchun bo’sh turgan shtat lavozimlarini to’ldirish dasturini ishlab chiqish kerak.
Personalni o’qitishni rejalashtirishda:
talab etiladigan o’quvchilar soni;
o’qitish yoki qayta o’qitish talab etilayotgan xodimlar soni;
yangi kurslar ochish yoki mavjudlarida o’qitishni tashkil etish uchun xarajatlar;
— mavjud xodimlarni qayta o’qitish hisobga olinishi kerak.
Personal tarkibini saqlab qolishni rejalashtirishda ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish alohida ahamiyatga ega.
Personalni rejalashtirish jarayoni (4.4-rasm) tashkiliy reja tuzishdan boshlanadi.
Shu munosabat bilan xodimlarga bo’lgan talabni ko’paytirish yoki kamaytirishga olib kelishi (masalan, yangi mintaqaviy vakolatxona, yangi bo’lim tashkil etilishi, bosh idora vakolatlarini quyi bo’linmalarga berish va boshqalar) mumkin bo’lgan tashkiliy reja mufassal bo’lishi lozim.
Rejalashtirish talab etiladigan ma’lumotlar yangi ish uslublari, avtomatlashtirish yoki mexanizatsiyalash jarayonlari natijasida yuzaga chiqadigan mehnat unumdorligi yoki ishchi kuchidan foydalanish hajmining kutilayotgan o’zgarishlariga taalluklidir.
Personalni rejalashtirishda orttirilgan tajriba bu jarayon asosan uch qismdan iboratligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |