1. Zamburug’‘lar va ularning tuzilishi, ko’payishi, klassifikatsiyasi?


Arximitsetsimonlar Archimycetes cinfi



Yüklə 282,5 Kb.
səhifə4/8
tarix18.06.2023
ölçüsü282,5 Kb.
#132274
1   2   3   4   5   6   7   8
1425978030 60220

Arximitsetsimonlar Archimycetes cinfi.

Mazkur sinfga mansub zamburug’lar mitseliysiz, vegetativ tanasi Yalong‘och, amyobasimon hujayralardan iborat, gifalari sodda tuzilgan va tusiklar bilan ajralmagan yoki ingichka rizomitseliylar deb yuritiladigan vegetativ tanadan iborat.


Arxemitsetsimonlar sinfiga 400 ga yakin sodda tuzilgan zamburug’lar kiradi. Ular suv o’simliklari, suv hayvonlari va suvda usuvchi yuksak o’simliklarga parazitlik qilib hayot kechiradi. Saprofit turlari suv o’simliklari yoki hayvon koldiklarida yashaydi. Jinssiz ko’payishi ikki xivchinli zoosparalar yordamida boradi. Jinsiy ko’payishi esa har xil turkum vakillarida xologamiya, izogamiya, geterogamiya, ayrim turlarida zigogamiya yullari bilan sodir bo’ladi. Ularning keng tarqalgan turkumlari olpidium va sinxitrium hisoblanadi. Har ikkala turkum vakillarining vegetativ tanasi sporangiy tuplamiga aylanadi. Olpidium turkumi aksariyat parazit turlarni O’zida birlashtiradi. Shu turkumdan karam olpidiumini (Olpidium brassica) (rasm- 68) rivojlanish siklini qarab chiqamiz. Bu parazit zamburug’ karam kuchatlariga qora son kasallikni tarkatadi. Parazitning vegetativ tanasi yalongoch protoplazma parchasidan iborat plazmodiydir. U yalongoch sitoplazma parchasi kurinishida yosh o’simlik ildizining epidemiyasi yoki pustloq parenximasida rivojlanadi. Yadrolari bo’linish yuli bilan ko’payadi. Sungra plazmodiy pust bilan uraladi va sharsimon zoosparangiyga aylanadi. Zoosparangiydan tashqariga chiqadigan O’zun nay hosil bo’ladi. Bu nay orqali zoosparalalar tashqariga chikib tuproqqa tushib, tuproqdagi suv tomchisi yoki namda bir xivchinli zoosparalar yangi o’simlikka yakinlashib, uning ildiz epedermiyasiga O’zining hujayra maxsulini kuyadi. Shundan sung o’simlik hujayrasida vegetativ tana hosil bo’lib, kattalashib undan yangi zoosparangiy hosil bo’ladi. Qulay muxit sharoitida rivojlanish sikli ikki, uch kun muddatda tugaydi. Bu zamburug’larning jinsiy ko’payishi izogamiya yuli bilan, ya’ni ikkita teng va harakatchan gametaning kushilishi tufayli ruy beradi. Gametalar kushilib ikki xivchinli va ikki yadroli planozigotani hosil qiladi. Planozigota kalin pust bilan koplanib, xo’jayin o’simlik tanasida kishlaydi.
Sinxitrium turkumining 150 ga yakin turi yuksak o’simliklarda parazitlik qiladi. Mazkur parazitlarning hammasi o’simlik hujayralarida parazitlik qilib hayot kechiradi va xo’jayin o’simlikning barg, poya va ildizlarida rangli doglar, usimtalar va shishlar hosil qiladi. Uning tipik vakili sifatida sinxitriumni olamiz. (Synchytrium yendobioticum) Bu kartoshkada rak kassalligini keltirib chikaruvchi parazit, vegetativ tanasi amyoboit bo’lib, zararlangan hujayrani tuldiradi. Zararlangan joy atrofidagi hujayralar tez bulina boshlaydi va kartoshka tugunagida burtmalar hosil bo’ladi. Bu parazit bilan zararlangan kartoshka tugunagi ko’pincha rivojlanishdan orkada koladi va kraxmal mikdori normadan pasayib ketadi. Jinssiz ko’payish bu parazitda ham zoosparalar yordamida boradi. Zoosparalar nam yoki shudring suvlar oqimi yordamida harakatlanib rivojlanayotgan kartoshka tugunagiga suqilib kiradi va amyoboitga aylanadi. Jinsiy ko’payish izogomiya yuli bilan sodir bo’ladi. Zoosporalar kushilib gameta hosil qiladi. Natijada ikki xivchinli, diploid yadroli planozigota hosil bo’ladi. U O’z navbatida kalin pust bilan uralib qishlovchi sistaga aylanadi. Bu kasallik kartoshka raki nomi bilan yuritiladi.

Yüklə 282,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin