10-mavzu: shaxsning xissiy-irodaviy soxasi va kasbga moslashish reja



Yüklə 168,76 Kb.
səhifə7/8
tarix21.10.2023
ölçüsü168,76 Kb.
#158646
1   2   3   4   5   6   7   8
9. Shaxsning hissiy irodaviy sohasi

Stress yoki kuchli hayajonlanish - psixologik tahrifga ko'ra affekt holatiga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomliligiga ko'ra kayfiyatlarga yaqin bo'lgan his-tuyg'ular boshdan kechirilishining aloxida shakli (ingl. «stress» - zo'riqish) hissiy zo'riqishdan iboratdir. Hissiy zo'riqish xavf-xatar tug'ilgan, kishi xafa bo'lgan, uyalgan, taxlika ostida qolib ketgan kabi vaziyatlarda ro'y beradi. Umuman olganda, stress tez-tez uchrab turadigan hodisadir. Unchalik ahamiyatga ega bo'lmagan stresslar muqarrar va zararsiz bo'lib, xaddan tashqari ortib ketgan stress esa shaxs uchun ham, korxona va tashkilotlar uchun ham qiyinchiliklar, qo'yilgan maqsadlarni qo'lga kiritishda muammolar keltirib chiqaradi.
Stress deganda insonning atrofdagi stimullarga yoki tashqi ta'sirlarga jismoniy, kimyoviy va psixologik reaktsiyalari majmui tushuniladi. Bunda atrof-muhitdagi kuchlar insonning fiziologik va psixologik funktsiyalarini muvozanatdan chiqaradi.
Stress holatini jismoniy, psixologik omillar majmui, ya'ni stressorlar keltirib chiqaradi. Hayotda stresslar bo'lib turishi tufayli ularni boshqarishni, ular keltirishi mumkin bo'lgan zararni kamaytirishni bilish zarur.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab keskin vaziyat tufayli vujudga keladigan emotsional holatlarni tadqiq etish psixologiya, fiziologiya, tibbiyot fanlarida keng ko‘lamda amalga oshirila boshlandi. Stress - og‘ir jismoniy va murakkab akliy yuklamalar, ishlar me'yoridan oshib ketib, xavfli vaziyatlar tug‘ilganida zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo‘riqishlar turidir. Mana shunday sharoitlar va vaziyatlarning barchasini biron bir emotsiya turi ro‘yobga chiqaradi. Stress emotsional holatining paydo bo‘lishi hamda kechishining psixologik xususiyatlarini aniqlash nafaqat uchuvchilar, kosmonavtlar, dispetcherlar (inglizcha dispatcher ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi ma'nosini anglatadi) uchun, balki sudyalar, korxona rahbari, ta'lim tizimi xodimlari uchun alohida ijtimoiy psixologik ahamiyat kasb etadi.
Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog G. Sele (1936) sanaladi. U stressni tadqiq qilishda moslashuv alomati (“adaptatsion sindrom” - yunoncha belgi, alomat, ko‘rinish moslashuv) masalasiga, uning faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta'sir etishiga alohida ahamiyat bergan. Shuningdek, ekstremal (lotincha “extremus” favquloddagi holat, eng oxirgi vaziyat ma'nosini anglatadi) vaziyatlardagi, murakkab jarayonlardagi stressning o‘ziga xosligi, faoliyatni qayta tashkil qilishgacha olib borishi, shunga o‘xshash sharoitlarda shaxs xulqini bashorat etish imkoniyatlari G. Sele tomonidan o‘rganilgan.
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari o‘ziga xos tarzda o‘zgar- adi, unda qo‘zg‘alishning umumiy reaksiyasi paydo bo‘ladi, uning harakat- lari tartibsiz ravishda amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi esa teskari reaksiyaga olib keladi, natijada tormozlanish, sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Lekin stress holatida fiziologik o‘zgarishlar tashqi tomondan kariyb ko‘zga tashlanmasligi mumkin. Biroq muammoni echishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi saro- simalik stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilinsa bo‘ladi. SHaxs stress holatida telefon nomerini adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati engil tormozlanadi, idrok ko‘lami torayadi va boshqalar. Stress holatida shaxsnning psixologik xususiyatlari, turmush tarbiyasi, shakllangan malakasi muhim rol o‘ynaydi. Keskinlikning oldini olishda shaxsning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Undagi yuksak his-tuyg‘ular (mas'uliyat, burch, javobgarlik, vatanparvarlik, sadoqat va hokazo) stress holatida xatti- harakat buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Qo'rquv insonning nobud qiluvchi hislardan biri bo‘lishi mumkin. Qo‘rquv insonni uyqusizlikka yoki hayolingizni tormozlab qo‘yishi ham mumkin ekan. Ba'zi bir insonlarni qo‘rquv o‘lim darajasigacha olib kelishi mumkin. Bundan tashqari qo‘rquv insonlarga o‘tishi kuzatiladi. Qo‘rquv bizni xavf-xatardan o‘zimizni himoyalashga tayyorlaydi. Uzoq davom etadigan va barqaror bo'lgan emotsional holatlardan biri - ehtirosdir. Kayfiyatdan ehtirosning farki shuki, ehtiros muayyan harakatga, muayyan obyektiv muttasil intilishda kuchli suratda ifodalangan holatdir. Bular - ijobiy ehtiroslarga misol bo'lib, ular odamni ulkan ijodiy faoliyat yo'liga yetaklovchi kuchdir.

Yüklə 168,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin