12-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: Intranet. Vpn. Reja: Intranet tarmog’ining tarkibiy qismlari. Kompyuter tarmoqlari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə2/3
tarix28.02.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#86023
1   2   3
12-Ma\'ruza mashg\'uloti

Lan topologiyasi. ("Vse-So-Vsemi") Uzatish tizimi asosiy polosali (arzon, lekin turfa muhit bilan ishlamaydi) yo keng polosali (qimmat, ammo turfa muhit bilan ishlaydi) bo’lishi mumkin. Uzatish muhiti sifatida metall simli (juft o’rama simli kabel, koaksial kabel ) va shaffof tolali kabel yoki, simsiz muhit (radio va Aloqa muhiti – efir) dan foydalaniladi. Juft o’rama mis simli ekransiz kabel eng arzon bo’lib past o’tkaza olish tezligi 1--100 Mbit/s bilan xarakterlansa, shaffof tolali kabel eng qimmat bo’lib, eng yuqori o’tkazish tezligi (103 Mbit/s)ga va signal uzatish bo’yicha eng yaxshi sifatga ega. Ethernet texnologiyasida Yulduz topologiyasi tanlanganda ko’pincha arzon yechim sifatida ekranlanmagan yo ekranlangan (bu ekranlanmaganga nisbatan ikki marta qimmatga tushadi) juft urama simli kabeldan, Yo’lak topologiyasidan foydalanilganda koaksial kabeldan ko’proq foydalaniladi. Bog`lanib olish tizimi signalni effektiv va aniq jo’natib va qabul qilib olish jarayonlarining tartibini belgilaydi. Buning uchun paket kommutatsiyasidan foydalanuvchi uzatish liniyasining bo’shashini kutishga va ramz (token) signali orqali navbat berishga (Token Ring texnologiyasidagi kabi) yoki kanallar kommutatsiyasiga asoslangan – vaqt bo’yicha ajratib kanallar sonini ko’paytirish usullari qo’llaniladi. Oxirgi xolda kanalni boshqaruvchi qurilmaga so’rov orqali bo’sh kanal so’rab olinib undan foydalaniladi. Bu usul TDMA tizimi bo’lib, 460 Mbit/s tezlikka erishish imkonini beradi. Lekin bu usuldan foydalanish arzon ham emas, juda kimmat ham emas. Aloqa qismi. Intranetning o’lchamlarini Web- serverga baravariga ulanishi kutilgan mijozlar soni va Aloqa kanallarining axborot o’tkaza olish kobiliyati belgilaydi. Yuridik shaxs xududi katta bo’lsa Intranet bir necha LAN segmentlarini yagona LAN ga yoki birnecha LAN larni WANga birlashtirish orqali shakllantiriladi. Bu xollarda LAN segmentlari va LAN larni bog’lovchi Aloqa kanallari takrorlovchi (repitor)lar, ko’prik (bridg)lar, marshrutlovchi router)lar va shlyuz (gateway)lar orqali bir-birlari bilan ulanadilar.


Ko’prik ikki bir xil LAN ni ulash, ulardan birining tarmok trafigini boshkarish, puxtalikni va xavsizlikni oshirish uchun ishlatilinadi. U tuxtatish va uzatish yoki tashlab yuborish” tamoyilida ishlaydi.

Intranetning axborot xavfsizligi muammosining kuyilishi, shu jumladan, himoya vositalari sifatida brandmauerlarning serverlarga nisbatan urni xamda Intranetning Internet bilan boglanish usuli xam albatta topologiyaga ta’sir etadi. Intranet serveri sifatida Internet serverlari ishlatiladi. Ular orasida Microsoft ning Internet Information Server dasturi (bepul) va Netscape firmasining Netscape Communications Server dasturi keng qo’llaniladi. Amaliy tizim uchun ko’pincha Windows yoki UNIX platformasi asos qilib olinadi. Agar, yuridik shaxsda Intranet yangidan ko’rilayotgan bo’lsa, yoki mavjud (eski) tarmoqda UNIX platformasi asos uchun qabul qilinmagan bo’lsa, serverlar uchun Windows platformasini qabul qilish maqsadga muvofik. Microsoft kompaniyasi tomonidan chiqarilayotgan Internet Information Serverlari Internetning so’nggi texnologiyalarini qo’llab-quvvatlaydi va OS Windows NT4.0 amal tizimi tarkibiga kiradi. Tarmoq amal tizimi tarmoqdagi turli apparat vositalari va dastur ta’minotlarining birgalikda amalga oshiriladigan ishlarini yuzaga chiqaradi. Tarmoq amal tizimini tanlashda UNIX server, Windows NTserver va NetWare server amal tizimlaridan birida to’xtashga to’g’ri keladi.
Ko’pgina yirik kompaniyalar UNIX amal tizimidan foydalanadilar. O’rtacha korxonalarda eng ko’p tarqalgan tarmoq amaliy tizimlari sirasiga bugungi kunda Microsoft kompaniyasining Windows NT Serveri va Novell kompaniyasining NetWare si kiradi. Bular mijoz/server tarmoq modeli tamoyilida ishlaydilar. Windows NT Serverda ma’lumotlar uzatish uchun TSP/IP yoki IPX/SPX protokollari, NetWare da IPX/SPX – tarmoq protokoli qo‘llaniladi. Maxalliy kompyuter tarmoqlarida NetWare, asosan fayl serveri va bosish stantsiyasi bo’lgani uchun, fayllar va bosqichlardan birgalikda foydalanishda ishlatiladi. U TCP/IP protokolini qo’llab-quvvatlamaydi. TCP/IP protokolini ishlatish uchun IPXni IP ga o’giruvchi maxsus dastur (shlyuz dastur)lardan foydalanish lozim bo’ladi. Intranet xosil qilish uchun server dastur ta’minoti Intranet Wareni ni ishlatish mumkin. Bunda IP - manzil xar bir mijozga taqdim etilishi shart bo’lmasada Webserverga berilishi shart. Bunda IPXni IP ga va teskari yo’nalishda o’girish muammosi uz-uzidan xal bo’ladi. Tarmoq amal tizimi sifatida Windows NTServer 4.0 intranet serveri uchun ko’proq tavsiya etiladi. Bu tarmoq amaliy tizimi (32 razryadli) bo’lib, barqaror arxitekturaga ega, undan foydalanish oson, yuqori ko’rsatkichlarga ega. NetWare tizimi unchalik tez va tadbikiy jarayonlar uchun unchalik bakuvvat server emas. NetWare tarmoq amaliy tizimidan Intranet yaratishda foydalanish faqat agar mavjud kompyuter tarmog’i – NetWare asosida qurilgan bo’lsagina o’zini oqlashi mumkin. Lekin u foydalanuvchilarning ko’pgina tadbiqiy dasturlardan foydalanish imkoniyatlarini cheklab qo’ygani uchun xam, bir kuni kelib, kelajakda baribir TCP/IP protokolini qo’llab-quvvatlaydigan tarmoq amaliy tizimini o’rnatishga to’g’ri keladi. Amaliy tadbiqiy dasturlar Windows platformasi uchun ko’proq ishlab chiqilayotganligi juda ko’p korxonalar tomonidan Windows platformasini tanlanishiga sabab bo`lmoqda.
Virtual xususiy tarmoq yoki VPN - bu Internet orqali yaratilgan shaxsiy tarmoq bo'lib, unda VPN -ga ulangan qurilmalar, o'rtadagi har qanday jismoniy yoki raqamli to'siqlardan qat'i nazar, uzluksiz ulanishi mumkin.
VPN Internetdagi o'z xonangizning foyesiga o'xshaydi, u erda siz boshqa odamlarning aralashuvisiz vaqt o'tkazishingiz mumkin. Ba'zi pullik VPN -lar PIA, ExpressVPN va boshqalar. Agar siz dunyoning boshqa qismida bo'lsangiz ham, uy tarmog'ingizga yoki korporativ tarmog'ingizga kirishingiz mumki
saytga VPN-ning ikkinchi turi boshqa kichik turlarga ega.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin