I (birinchi avlod)



Yüklə 136,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix29.11.2022
ölçüsü136,88 Kb.
#71275
  1   2   3   4
ulug‘bek hamdam. na’matak (mini roman)



Naqorat: 
Qanday ko‘z-la boqsa, odam olamga, 
Shunday javob aylar olam odamga, 
degan ekan donishlar... 
I (birinchi avlod) 
Na’matak ikkala dalahovlining qoq o‘rtasidagi ajriqzorga aylangan qattiq yerdan 
o‘sib chiqqandi. Butani hech kim atayin ekkan emas, u o‘z-o‘zidan, yo‘g‘-e, juda-a 
bunday desak bo‘lmas-ov, xuddi sirli taqdir yanglig‘, qo‘shnilarning umr yo‘llarida 
paydo bo‘lgandi... Balki odamlar unga ro‘baro‘ kelgandir, kim biladi, deysiz... 
Bo‘lib ham, yillar o‘tgan sayin ko‘kka bo‘y cho‘zib, ayni damda, chor tomonga 
tarvaqaylab borar, haybatidan naq daraxt deging keladi. Qo‘shnilarning u bilan 
deyarli ishi yo‘q: na yigitning uydagilari va na qizning ota-onasi o‘simlikka egalik 
nigohi bilan qarar, aksincha, har safar kuz kelib, bog‘dagi turli-tuman daraxtlarning 
hosili yig‘ib olinganda, birgina shu, – na u va na bu tarafdagi na’matak mevasi 
terilmay, – qanday bo‘lsa, shundayligicha shoxlarida qolardi. Yigit tomon “Nega 
na’matakni terib olmaysizlar? Ertaga qor tushadi. Uvol bo‘ladi-ya!” deya koyinsa, 
qiz tomon “Nimalar deyapsiz, qo‘shnijon? Axir, butaning shoxlari siz tomonga 
ko‘proq egilgan, u shubhasiz, sizniki! Nest-nobud qilmay, darrov uzib olinglar-e” 
deya kishiga xush yoqadigan erkalik bilan javob berishardi. Xullas, ikki o‘rtada 
na’matak mevalari qo‘l urilmayingina qolib ketaverar-qolib ketaverardi... 
Ana 
shu 
zaylda 
fasllar 
bir-birlarini 
quvlab o‘taverishdi-o‘taverishdi... 
O‘sha kuni yigit shahardan bir o‘zi kelib qoldi. Kela solib qo‘liga ketmon tutgancha 
bog‘ oralab ichkari yurgan edi, bahor emasmi, qiyg‘os gullagan o‘sha na’matak 
qarshisida tik turgan oshuftahol qo‘shni qizga duch keldi-da, jilovi qattiq tortilgan 
otdek, taqa-taq to‘xtadi. Avvaliga xayol egasini cho‘chitib yubormaslik uchun 
tomoq qirdi, keyin ixtiyoriy-ixtiyorsiz ravishda oldinga ikki-uch odim bosganini o‘zi 
ham sezmadi. Qiz hushini to‘plab, ortga xiyol tisarilgancha salom berdiyu: “Qarang, 
qanday chiroyli gullabdi!” deya hayratini oshkor etib, vaziyatdan osongina qutilmoq 
bo‘ldi. Ammo tutildi: yigit na’matakning chaman-chaman ochilgan oq-qizg‘ish 
gullariga tikilgan ko‘yi qizga tobora yaqin keldi. Chindanam buta rosa gulga kirgan, 
uning xush bo‘yi atrofni tutgan, arilar uchib-qo‘nib bol to‘plashardi. Yigit andak 
engashgan ko‘yi nimpushti gullardan birini avaylab hidladi. Dimog‘iga atirgul va 
yana allaqaysi chechak, balki daraxt bo‘ylaridan atirlar yetgandek bo‘ldi, ammo, 
baribir, boshqa hid edi bu: yana-da nafis, yana-da o‘zgacha tarovati bor edi uning!.. 
Qaddini rostlab olib, xushbo‘y havoni boz, bu safar chuqur-chuqur simirdi, shunda 
dimog‘iga na’matak hidi aralash yonginasida kiprik qoqmay mahliyolanib turgan 
tamomila yangi bir gul, bo‘lgandayam, borliqdagi jamiki gullarning a’losiyu ra’nosi 
– qo‘shni qizning sochlaridan ufurayotgan mushku anbar kelib urildi. Yigitning 


boshi bir lahza shirin aylandi... Lekin shu lahza uning kelgusi hayotiga tarx bo‘lib 
tushdi... 
– Qarang, butaning o‘tgan yilgi mevalari haliyam shoxida turiptiykan, ular go‘yo 
manavi gullaru yaproqlarning ortiga berkinib olgandek! – dedi qiz o‘zini tobora mast 
qilayotgan sehrli olamning to‘ridan xalos etishga behuda urinib. – Bilasizmi, bu 
nimadan 
dalolat?.. 
– Bilganda qandoq: qo‘shnimizning yalqovligidan-da! Ishyoqmaslik qilmay, vaqtida 
terib olsangiz bo‘lmaydimi? Qiz bola deganiyam shunaqa dangasa bo‘ladimi? – 
qizning 
og‘zidan 
gapini 
ilib 
olib 
hazillashdi 
yigit. 
– O‘zingiz dangasasiz! – Noz aralash javob berdi qiz. – Shu deganizgayam qarab 
turing, kuzda ikki yillik mevasini terib olaman-da, qo‘shqo‘llab o‘zingizga tortiq 
qilaman!.. 
– Ha-ha-ha! – yigit yayrab qahqaha otdi, qiz unga jo‘r bo‘ldi... 
Fursat bir dumalab, fasllar tag‘in almashdi. Nihoyat, qiz aytgan kuzak tashrif 
buyurdi. 
Kuz!.. 
Tabiatdan 
sara 
oltin 
terib 
oladigan 
palla!.. 
...Yigit dalahovliga ikkala oila ham kelmaydigan begim kunini tanlab, bir o‘zi shom 
payti bosh suqdi. Qo‘liga paqircha tutib to‘g‘ri na’matak tomon yurdi. Butaning 
o‘zlari tomonga egilgan borliq novdasidan mevani bitta-bitta terib oldi. Keyin 
chelakni 
ichkarida 
qoldirib, 
shaharga 
qaytdi...
Dam olish kuni har galgidek ikkala oila jamoasi jam bo‘ldi. Yigit idishdagi 
na’matakka bir qur ko‘z tashlab olgach, “qizni mot qilaman” degan o‘yga cho‘mgan 
ko‘yi labida nimtabassum bilan chelakni ko‘targancha qo‘shninikiga chiqib 
ketayotgandi, yo‘lakda xuddi shunday yelim paqircha ushlab olgan alpozda shitob 
kirib 
kelayotgan 
qizga 
ro‘baro‘ 
kelib 
qoldi. 
– 
Assalumu 
alaykum!.. 
– 
Vaalaykum 
assalom! 
Xush 
kelibsiz, 
qo‘shnijon!.. 
– Xushvaqt bo‘ling!.. Mana, dangasa qizning sizga va’da qilgani! – Qiz chelakni 
yigitga uzatdi. Yigit chelakka qarab qotib qoldi: na’matak! Shu asno qizning ham 
nigohi yigitning paqiriga tushdi va u ham kutilmagan manzaradan chunon ajablandi. 
So‘ng ikkalasi qo‘llaridagini yerga qo‘yib, baravariga na’matak tomon chopib 
ketishdi... 
Kelib qarashsa, buta shoxida barglar panasidagi yakkam-dukkamini aytmasa, “ana, 
na’matak!” degulik dadil mevasi qolmagan: ma’lum bo‘lishicha, yigit o‘zlari 
tomondagisini qiz uchun, qiz esa o‘z hovlilariga egilgan qismini yigit uchun terib, 
bir-birlariga tutgan ekan. Faqat qiz ertalab tergan esa, o‘sha kuni kechda, shom 
qorong‘isida yigit bu ishga unnagan, tabiiyki, na’matak mevalarining terilganligini 
payqamagan 
ekan... 
...Na’matak atrofidagi xushbo‘y voqealardan xabar topib, ko‘ngillarida qudalashish 
istagi allaqachon kurtak yozgan onalar hammasini oqizmay-tomizmay, balki 
oshirib-toshirib otalarga yetkazishgan, har ne sirtlariga chiqarmaslik payidan 
bo‘lmasinlar, ularning-da dillariga yorug‘lik inggan edi... Bu yog‘iga gapni cho‘zib 


nima 
qildik, 
ota 
rozi 
xudo 
rozi-da!.. 
To‘y ko‘klamda, na’matak avji gulga kirgan fayzli pallada bo‘lib o‘tdi... 
Naqorat: 
Qanday ko‘z-la boqsa, odam olamga, 
Shunday javob aylar olam odamga, 
degan ekan... 

Yüklə 136,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin