Ikkinchi kun
Ertasi kun o‘spirin barvaqt ko‘z ochdi. Aslida, u yolchitib uxlaganiyam yo‘q.
O‘rindan turmay o‘ylanib yotdi, yotaverdi, ammo o‘ylaganlarining
oxiriga sira
yetolmadi. Nihoyat, bazo‘r qo‘zg‘alib, hovliga o‘tdi, yuz-qo‘lini muzdekkina suvda
yuvdiyamki, ko‘ngli yorishmadi. Oyoqlari negadir buta tomonga tortib ketaverdi,
ketaverdi. Qarshilik ko‘rsatishni bas qilib, beixtiyor o‘sha yoqqa odimladi.
Kelib, buta qarshisiga cho‘kdi...
Vaqt aylandi...
Onasi necha bor tushlikka chaqirdi,
ammo yigitcha qimir etmadi, tizzasini
quchoqlagancha qo‘shni qizchani kutib o‘tiraverdi. Ki, ichida kimdir “Kut, u albatta
keladi!” der edi. U kutdi: o‘sha ovozga quloq tutib, o‘rnidan bir qarich ham siljimadi.
Nihoyat, kun og‘a boshlagachgina daraxtlar orasidan yosh qizning tanish ko‘ylagi
ko‘rindi. “Xayriyat!” – chuqur, ammo shirin xo‘rsindi yigitcha.
–Yig‘ladingmi?
Qizcha indamadi.
– Yig‘labsan, juda ko‘p yig‘labsan, – dedi o‘spirin kattalardek salmoqlanib. –
Eshitdim, hammasini onam aytib berdi. Men bilmagan ekanman. Ammo
otalarimizdan avval
bobolarimiz ham yashashgan, ular esa bir-birlarini sevib
turmush
qurishgan
ekan...
Bunisidan
xabaring
bormidi
sening?!..
Qizcha
indamadi.
– Bunga ham shu buta sabab bo‘lgan ekan... – dedi yigitcha.
Qizcha jim turib quloq solardi. Aftidan, u bobolar qismatidan ham voqif edi. Bir pas
burnini shimillatib
tortib turdi-turdi-da, so‘ng bir so‘z ham demay iziga burilib,
daraxtlar orasida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi...
Uchinchi kun
Bu kun ham ular yana na’matak oldida ko‘rishib qolishdi.
– Onangdan butaning ismini so‘radingmi?
– Yo‘q. Sen-chi?
– Esimdan chiqibdi...
Ular bir muddat so‘zsiz qotdilar. Ammo o‘ysiz emas...
– O‘zi shu muhimmi? - Tilga kirdi yigitcha.
– Bilmasam... Muhim, shekilli... – O‘ylanib dedi qizcha.
Ular shu ko‘yi o‘zlari
bilmagan, tanimagan buta qarshisida anchagacha turib
qolishdi.
Olisdan qaraganda, bu ikki o‘spirin – yosh qiz bilan bo‘z yigitcha
na’matakka qanday munosabatda bo‘lishni go‘yo bilishmas, ammo o‘zlarini bilishni
juda-juda istashayotgandek tutishar,
shunga yarasha harakatlar, imo-ishoralar
qilishar, o‘simlikning girdida aylanishar, nimalarnidir bir-birlariga tinmay uqtirishar
edi... Kim biladi deysiz, ular balki bobolarini eslashayotgandir, balki otalarini, balki
yodlarida tamomila o‘zga o‘y bordir...
Naqorat:
Qanday ko‘z-la boqsa, odam olamga,