I (birinchi avlod)



Yüklə 136,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix29.11.2022
ölçüsü136,88 Kb.
#71275
1   2   3   4
ulug‘bek hamdam. na’matak (mini roman)

II (ikkinchi avlod) 
Bu orada na’matak necha o‘n gullab, yana shuncha bor gulini to‘kdi. Yigit va qiz 
endi o‘sha na’matak kabi yashab, novdalarini hayot kengliklari bo‘ylab baralla 
yozdilar, meva tugdilar va nihoyat, butadan farq qilib, qaridilar: ulardan ikki o‘g‘il, 
ikki qiz, farzandlardan esa o‘n bitta nevara tug‘ildi. Yigit va qizning xayrixoh otayu 
onalari allaqachon boqiy olamga rixlat qilishgan, o‘zlarining ham endi sharti ketib 
parti qolgan. Inchunin, dalahovlidan shaharga bormay qo‘yishganiga ko‘p bo‘lgan. 
Boshqacha aytganda, shu yerga mehr qo‘yib, shu yerda umr mazmunini topdilar, 
desa ham bo‘laveradi. Nihoyat, qazo vaqti yetib, jonlarini Yaratgan Egamizga 
topshirishganda, vasiyatlariga ko‘ra so‘nggi manzilga shu yerdan ko‘tarishdi, 
yonma-yon 
qabrga 
qo‘yishdi 
ham... 
Ammo na’matak hali-hamon gurkirab o‘sar edi. Cholu kampir uni to hayot shamlari 
o‘chguncha astoydil parvarish qilishgan: qari novdalari poyidan endi unib chiqqan 
yosh nihollariga alohida e’tibor berib butashgan, misoli inson bolasiga qaragandek, 
atrofida parvona bo‘lib, mehr ko‘rsatishgan, kamolga yetkazishgandi. Mana, o‘sha 
e’tiborning hosilasi – na’matak hozir ham ikkala hovlining o‘rtasida bahaybat 
qaddini ko‘tarishga chog‘lanib turibdi. Xuddi bir paytlardagidek, xuddi vaqt 
o‘tmagandek, xuddi hali zamon ikki qo‘shni – o‘sha yigitu o‘sha qiz chopib kelib, 
na’matak gulini hidlab qolishadigandek, o‘tgan yildan qolgan mevalarini bir-biriga 
mehr ila ilinishadigan, keyin... keyin nog‘ora qoqib to‘y qilishadigandek... 
...Yo‘q. Endi atrofga qarasangiz, fursat degan sirli ne’matning qo‘lida ular - o‘sha 
yigitu o‘sha qiz allaqachon cholu kampirga aylanib, yoshini yashab, oshini oshab, 
nihoyat, bu bebaqo olamni tark etib ketganligining guvohi bo‘lasiz. Ketib, 
o‘rnilariga boshqa, navbatdagi avlod kelib ulgurganligini ko‘rasiz. Bu tomondan 
cholu kampirning kenja o‘g‘li, u tomondan ham kampirning qarindoshlaridan xuddi 
shunday o‘rta yoshlardagi bir merosxo‘r dalahovliga yangi ega chiqqanligini bilasiz 
endi! Ana, qarang, yangi avlod ham na’matak atrofida parvona bo‘lib qoldi. Qiziq, 
juda qiziq, bu avlod vakillari na’matakka “siz” deb murojaat qilisharmikan va yoki 
“sen”?.. 
– Na’matak menga qarashli. Bolalaringga aytib qo‘y, aslo qatilmasin, mevasini men 
terib 
olaman! 
– 
dedi 
bu 
tomon 
o‘dag‘aylab. 
– Tushingni borib suvga ayt! Na’matak ko‘proq mening hovlimga qaragan, demak, 


u mening mulkim. Agar uning bir donasi olinganini bilib qolsam, o‘zingdan o‘pkala, 
qo‘shni, naq bog‘ingni payxon qilaman-a! – dag‘dag‘a qildi u tomon... 
Shunday qilib, o‘rtada nizo chiqdi. Na u tomon bunisiga, na bunisi u tomonga yon 
bosdi. Kelishmovchilik bora-bora sovuqchilikka, sovuqchilik esa urushu janjalga 
evrildi. Natijada qo‘shnilar yuzko‘rmas yovga aylanishdi. Bir qaro kun kelib esa, 
o‘rtada devor ko‘tariladigan bo‘ldi. Ammo chegarani qaerdan o‘rnatish borasida 
yana har xillik tug‘ildi: har raqib tomon devorni shunday olishni xohladiki, oqibatda 
na’matak butasi o‘zi yoqda qolsin! Chuchvarani xom sanagan ko‘rinishadi: u taraf 
boshlagan devorni bunisi, bu taraf ko‘targanini esa unisi buzib tashlar bo‘ldi...
Ana shunday qutsiz kunlardan bir kun deng, bu qo‘shni o‘z bog‘idagi daraxtlar 
bargini quruqshay boshlaganini sezib qoldi. Ajab, kasallik tegmasa, qurg‘oqchilik 
bo‘lmasa, o‘g‘it-parvarishi joyida esa, nega quriydi?.. Qo‘shnilarning bog‘iga razm 
soldi: ana, hammasiniki birdek gurkirab o‘sib yotibdi. Shunda o‘z bog‘idagi 
daraxtlar tagini sinchiklab tekshirib qaragandi, ohak yuqini ko‘rib, birdaniga 
hammasini tushundi. Tushundiyu o‘rtada qiyomat qo‘pti! Borib turgan pastkashlikni 
jazolamoq bo‘lib, bu qo‘shni ikkita davangir o‘g‘lini ortidan ergashtirgancha, bolta 
ko‘tarib, u qo‘shnining bog‘iga qarab yurdi. Jon achchig‘ida, ilk, ikkala hovli 
o‘rtasidan o‘sib chiqqan o‘sha na’matakni chopib tashladi. Shunda qo‘shnining 
hovlisiga bemalol o‘tib, o‘ylab qo‘yilgan yovuz niyatni amalga oshirish mumkin 
bo‘lib qoldi. Na’matak butasi chavaqlab tashlangandan keyin go‘yo endi har qanday 
xunrezlikka yo‘l ochilgandek edi, ajab... Har holda, shu tobda aynan shu hisni tuydi 
ichida bu qo‘shni... U qo‘shni esa bularni ko‘rib, to hushini to‘plab, “hay-hay”lab 
yetib kelgunicha bolta tutgan uch erkak bog‘dagi daraxtlarning naq yarmini 
kallaklashga ulgurgandi. Mazlum qo‘shni kela solib zolim qo‘shnining tig‘ tutgan 
qo‘liga jon holatda yopishdi. U ham o‘z navbatida yulqinib, boltani ayirib olmoqqa 
jon-jahdi bilan tirishdi. Ko‘z ko‘zga tushib, jismlar bir-biriga qarshilik ko‘rsatib 
surtilganda, necha zamondir tomirlarda adovat bilan oqqan qon qizib, yuraklarda 
vulqondek jo‘sh urdi. Natijada, endigina daraxtlarning qattiq, ammo gunohsiz 
tanasiga urilib turgan kesgir boltaning bitta zarbi aylanib kelib, insonning yumshoq 
ammo gunohkor bo‘yniga tushdi... 
Bir necha yil o‘tgach esa qamoqdagi qo‘shni ham o‘pka sili bilan og‘ir xastalanib, 
hayotdan ko‘z yumdi... 
Naqorat: 
Qanday ko‘z-la boqsa, odam olamga, 
Shunday javob aylar olam odamga, 
degan... 

Yüklə 136,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin