Bu laboratoriya ishini bajarishda radiaktiv manbadan chiqayotgan zarralar yoki gamma - kvantlarni qayd qiluvchi qurilmadan foydalanish mumkin. Uning sxemasi 2 - rasmda ko’rsatilgan. M manbadan chiqayotgan zarralar S sanagichga tushadi. Sanagichdan chiqayotgan impul’slar maxsus kuchaytirgich orqali o’tib, PP sanagichda hisoblanadi.
Qurilmani ishga tayyorlash zarur. Tanlangan bir xil vaqt oraligida N=400 o’lchash bajariladi va kuzatilgan tasodifiy kattaliklar extimollik gistogrammasi chiziladi.
Turli vaqt intervallarida nurlanish intensivligi o’lchanadi. Har bir vaqt intervali uch marta takror o’lchanadi. Har - xil vaqt intervalida o’lchangan nurlanish intensivligi bir - biridan 1,5 marta farq qilishi tavsiya etiladi.
Tajriba natijalarini qayta ishlash tartibi.
Uchunchi mashq uchun xar bir o’lchashning sanash tezligi va uni o’rtacha kvadratik xatoligi hisoblanadi.
Har bir vaqt intervali uchun sanash tezligining o’rtcha arfimetik qiymati va uning statistik xatoligi topiladi.
Sanash tezligining o’rtacha vaznli qiymati topiladi. Xatoliklar
∆𝑛𝑝 𝑣𝑎 ∆𝑛𝑣 hisoblanadi.
Sanash tezligining o’lchash tartibi nomeriga bog’liqlik grafigi chiziladi. Grafikda statistik (absalyut) xatolik ko’rsatiladi.
Tajriba natijalari quyidagi jadval ko’rinishida tayyorlanadi.