2. Mutloq miqdorlar Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha, ularning ifodalanishi va turlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə19/29
tarix10.11.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#68430
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
BOZOR SHAROITIDA VARIATSIYA KO‘RSATKICHLARI FOYDALANISHNING ZARURIYATI

Seriyali(uyali) tanlash: Bunda tekshirishga to‘plamning alohida birliklari emas, balki tasodifiy yoki mexanik usulda tanlangan bir butun guruhlari (seriyalar, uyalar) olinadi.
Har bir guruh(seriya)da yoppasiga kuzatish o‘tkaziladi va buning natijalari bosh to‘plamga yoyiladi.
Masalan, Savdo bazasiga 4 ming dona televizor chet eldan import qilingan bo‘lib, ular markalari bo‘yicha 20tadan qilib konteynerlarga joylashtirilgan. 15 foizli tanlab kuzatishni seriyali (uyali) usulda o‘tkazish uchun tasodifiy ravishda 200ta konteynerdan (4000:20=200) 30tasini (600:20=30) tanlash zarur va kuzatish natijalarini bosh to‘plamga yoyish kerak.
Tanlovning aniqligi tanlashning o‘tkazish sxemasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Tanlov takrorlanuvchi va takrorlanmaydigan tanlash sxemalari bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
Takrorlanuvchi tanlash. Har bir tanlab olingan birlik yoki seriya bosh to‘plamga qaytariladi va yana tanlovga tushishi mumkin. Bu usul qaytib keluvchi shar sxemasi deb ham yuritiladi.
Takrorlanmaydigan tanlash. Har bir tekshirilgan birlik ajratib olinadi va to‘plamga qaytarilmaydi, shuning uchun ham u birlik qayta tekshirishga tushmaydi. Bu usul qaytmaydigan shar sxemasi nomini olgan.
Takrorlanmaydigan tanlash takrorlanuvchi usulga nisbatan aniqroq natijalarni beradi, chunki bitta tanlov miqdorida kuzatish o‘rganilayotgan to‘plamning ko‘proq birligini qamrab oladi.
Kombinatsiyalashgan tanlash. YUqorida ko‘rib chiqilgan tanlash turlari birgalikda, ya’ni kombinatsiyalashgan holda qo‘llanilishi mumkin. Kombinatsiyalashgan tanlash bir yoki bir necha pog‘onada quyidagicha o‘tkaziladi:
-birinchi pog‘anada bosh to‘plam bir jinsli to‘plamlarga ajratib guruhlanadi;
-ikkinchi pog‘anada har bir guruhning bosh to‘plamdagi salmog‘i aniqlaniladi;
-uchinchi pog‘anada har bir guruhdan birliklar ularning salmog‘iga qarab mutanosib ravishda tasodifiy yoki mexanik usulda tanlanadi. Masalaning qo‘yilishiga qarab kerak bo‘lsa keyingi pog‘analarda tanlov amalga oshiriladi. Har bir pog‘ana o‘zining tanlov birligiga ega bo‘ladi.
Agar to‘plamning tanlangan birliklari bir marta o‘rganilsa – bu bir pog‘onali tanlov deyiladi. Do‘kon va bozorlardan tovar-mahsulotlari tasodifiy tanlash yo‘li bilan sotib olinadi va ular bir pog‘onali tanlovni ifoda etadi. Bu usulga ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sharoitini tekshirish uchun alohida partiyalarni seriyali tanlash yo‘li bilan ajratib olish ham misol bo‘lishi mumkin.
Agar to‘plamning tanlovi pog‘onalar bo‘yicha, ketma-ket keluvchi bosqichlar bo‘yicha amalga oshirilsa - bu ko‘p pog‘onali tanlov deyiladi. Bunda tanlovning har bir pog‘onasi, har bir bosqichi o‘zining tanlov birligiga ega bo‘ladi. Masalan, studentlarning o‘zlashtirishini tekshirish uchun ularning tanlovini ikki pog‘onali tanlov usulida o‘tkazish mumkin: dastlab akademguruhlarning zarur miqdorini, keyin esa har bir tanlangan guruhdan studentlar sonini ajratib olish kerak. Har bir pog‘ona o‘zining tanlov birligiga ega: guruh va student.
Ko‘p fazali tanlov tanlashning hamma pog‘onalarida tanlovning bitta birligi saqlanishi bilan tavsiflanadi, lekin bir-biridan dasturning kengligi va tanlashning hajmi jihatidan farq qiluvchi bir qancha bosqich va fazalarda o‘tkaziladi. Ko‘p fazali tanlovning muhim xususiyati shundan iboratki, bunda birinchi fazadagi olingan kuzatish ma’lumotlarini ikkinchi fazada olingan ma’lumotlar bilan to‘ldirish va aniqlashtirish imkoniyati mavjud, bu ma’lumotlar esa o‘z navbatida uchinchi faza uchun zarur va h. k. Masalan, birinchi fazada qisqa dastur bo‘yicha (5 ta savol) bosh to‘plamning 25 foizi, ikkinchi fazada kengroq dastur bo‘yicha (yana 10 ta savol qo‘shilgan)-bosh to‘plamning 15 foizi, uchinchi fazada keng dastur bo‘yicha (yana 10 ta savol qo‘shiladi)- bosh to‘plamning 5 foizi va h. k. tekshiriladi.
Bosh va tanlanma to‘plam o‘lchovlarining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagi ishora (harf)lar bilan belgilanadi:
N- bosh to‘plamning hajmi (unga kiruvchi birliklar soni);
n- tanlama to‘plam hajmi (tekshiriladigan birliklar soni);
- bosh o‘rtacha (bosh to‘plamdagi belgining o‘rtacha miqdori);
- tanlov o‘rtacha(tanlama to‘plamdagi belgining o‘rtacha miqdori);
r- bosh salmoq (bosh to‘plamdagi ma’lum belgi birliklarining salmog‘i, hissasi);
w- tanlov salmog‘i (hissasi);
- bosh dispersiya (bosh to‘plamdagi belgining dispersiya);
o‘sha belgining tanlov dispersiyasi;
- bosh to‘plamdagi o‘rtacha kvadratik chetlanish;
- tanlovdagi o‘rtacha kvadratik chetlanish.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin