„Hunarli inson xor bo‘lmas“ maqolini siz qanday tushunasiz?
Bo‘limdan yodlagan she'ringizni ifodali aytib bering.
Nima uchun bir yigitga qirq hunar ham oz deyishadi? O‘z so‘zingiz bilan izoh- > lang.
GO‘ZAL QISH MANZARASI
Kumush fasl Zikrilla Ne’mat
Oltin 1kuz poyoniga yetib, dov-daraxtlarning so‘nggi yaproqlari ham duvva to‘kilib, bog‘-u rog‘larda, ekindan bo‘shagan keng maydonlar- da, paxsa devorlar ustida gala-gala qora qar- g‘alar paydo bo‘lib qolishdi. Ular go‘yo qora chopon kiyib olgan kishilardek, yelkalarini qisib olgancha, zovur bo‘ylari-yu yo‘l chekkalarida salmoqli qadam tashlashadi. Atrofga alanglab olgach, yerdan nimalarnidir cho‘qilab yeyishadi. Ayrimlari esa baland daraxt shoxiga yoki sim- yog‘ochga qo‘nib olib, bulutli osmonga qarab „qarr-qarr“ etib qo‘yishadi. „Qarg‘a qag‘illayapti, qor yog‘sa kerak, ayoz nafasi kelyapti“, - deyishadi ko‘pni ko‘rgan keksalar ko‘kdagi bu- lutga ishora qilib. Darhaqiqat, ko‘p kuttirmay, kechga borib yakkam-dukkam qor uchqunlay boshlaydi. Avvaliga ariq bo‘ylari va devor os- tilari oqarib, tongga borib hamma yoq oppoq qorga burkanadi. Shudgorlangan dalalar oppoq qor ko‘rpasi ostida shirin uyquga ketadi. Bolajonlar uchun esa qishning qiziqarli o‘yin- lari avj oladi. Kimdir qorbobo yasaydi, kimdir tepalikdan chanada uchadi. Kimdir o‘rtoqlari bilan maza qilib qorbo‘ron o‘ynaydi. Shu bois- dan ham biz zumrad bahorni, jazirama yozni va oltin kuzni qanchalik yaxshi ko‘rsak, ku- mush qish faslini ham shunchalik sevib, or- ziqib kutamiz. Qish butun tabiat hordiq oladigan sokin va orombaxsh fasldir. Ayniqsa, O‘zbekistonimizning tog‘-u toshlari, dala-dashtlari, go‘zal qishloq- shaharlari oqqa burkanib, ko‘ngilda sof va ezgu orzularni uyg‘otadi. О 1. Qora qarg‘alar yurtimizda qachon paydo f bo‘ladi? Qishki o‘yinlar haqida bilasizmi?
„Qishki o‘yinlar“ mavzusida 3-4 gapli matn tuzing.
Qish ohori qor bilan. Л* Qor alyori Dilshod Rajab Osmon qorni eladi, Yerni oqqa beladi. Xuddi yumshoq par to‘shak, Dumalaging keladi. Qor yog‘ar-ey, qor yog‘ar, To‘lib dala-qir yog‘ar. Boshimizdan sochqiday, Oq marvarid, dur yog‘ar. Xo‘p yaxmalak otamiz, Goho qorga botamiz. Qizib jo‘shar qon tanda, Kim deydi sovqotamiz? Qish yaxshi-yo, qish yaxshi, Oppoq qor - kumush yaxshi. Bir-birovga qor otib, Qiyqirib, quvish yaxshi. Qorto‘plarni otamiz, Rosa kulib qotamiz. Pisand qilmay ayozni, Qish zavqini totamiz. Qor yog‘ar-ey, zo‘r yog‘ar, Rizq-u ro‘z mo‘l-ko‘l yog‘ar. Xo‘b quvnatib dillarni, Zavqimizga jo‘r yog‘ar. Shoir qorni nimaga o‘xshatgan?
She'rni yod
Oppoqqina Yer yuzini „Qor yog‘ar-ey, zo‘r yog‘ar, Rizq-u ro‘z mo‘l-ko‘l yog‘ar“ misralarini qay tarzda tu- shundingiz?
oling.
(jo&) dasturxon,
qoplagan.
Ghana O ‘tkir Ho shimov