Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va san'at fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi 221, 222- guruhi talabalari ishtirokida o’tkazilgan Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag’ishlangan "Alisher Navoiy - so'z mulkining sultoni" drb nomlangan tadbir BAYONNOMASI 2023-yil 9-fevral Urganch shahri Qatnashdilar: UrDP “Umumiy filologiya” kafedrasi
o’qituvchisi N.Yakubova, fakultet tyutori M.Xojayeva,
Sh.Bekmetova, Institut kutubxona xodimi S. Xo’jayeva,
221,222-guruh talabalari (15 nafar)
KUN TARTIBI: Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag’ishlangan "Alisher Navoiy - so'z mulkining sultoni" deb nomlangan tadbir haqida
ESHITILDI: Kun tartibidagi masala yuzasidan so’zga chiqqan Filologiya va san’ay fakulteti “Umumiy filologiya” kafedrasi mudiri v.b. M.Matquliyeva tadbir ishtirokchilarga tadbir mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi. U o’z so’zida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar, davra-suhbatlar yurtimizning barcha davlat ta’lim muassasalarida va turli tashkilotlarda keng miqyosda o’tkazilayotgani, shu jumladan, bizning institutimizda ham o’tkalishi rejalashtirilganligi haqida to’xtaldi.
“Filologiya va san’at” fakulteti talabalari tomonidan tashkil qilingan tadbirda talabalar Alisher Navoiy qalamiga mansub g’azallardan namunalar, kuy va qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari namoyish qilindi.
Tadbir davomida Institut kutubxonasi xodimi S.Xo’jayeva talabalarga Alisher Navoiy ijod namunalaridan o’qib berdi. Talabalarga Navoiy ijodini mukammal o‘rganish har bir o‘zbek farzandining burchi, vazifasi ekanligini, kutubxonadan unumli foydalanish lozimligini aytdi hamda ularning o’qish va ishlarida omad yor bo’lishini tiladi.
QAROR QILINDI: 1. Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag’ishlangan "Alisher Navoiy - so'z mulkining sultoni" tadbiri yaxshi o’tdi deb topilsin.
2. Bu kabi tadbirlarda faol ishtirok etish barcha talabalar zimmasiga yuklatilsin.
3. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash fakultet tyutori M.Xojayevaga topshirilsin.
Filologiya va san'at fakulteti tyutori: M.Xojayeva.