29. Korrupsiya tushunchasining tarixiy ildizlari



Yüklə 76,48 Kb.
səhifə10/21
tarix27.12.2023
ölçüsü76,48 Kb.
#199101
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
29. Korrupsiya tushunchasining tarixiy ildizlari-www.hozir.org

42. Sura


Sura (arabchaسورة — tizma, qator, qoʻrgʻon, manzil va sharaf maʼnosida) — faqat Qurʻonga xos tushuncha, uning boʻlimlari Sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Islom Ulamolari istilohida esa, Sura — Qurʼon oyatlarining boshlanish va tugashi belgilangan mustaqil toifasidir. Boshqacha qilib aytganda, Qurʼon oyatlarining qoʻrgʻon ila oʻralgandek bir toifasiga sura, deyiladi. Qurʼon suralardan iboratdir, sura Qurʼonning bir boʻlagi boʻlib, uch yoki undan koʻp oyatni oʻz ichiga oladi.
Qurʻonda 114 ta sura boʻlib, ulardan har birining oʻz nomi bor. Baʼzi suralarning ismi suraning avvalidagi soʻzdan olingan. Baʼzilariniki esa, oʻsha surada zikri koʻproq kelgan narsalarning nomiga qoʻyilgan. Qurʻoni karimdagi eng qisqa Sura Kavsar surasi boʻlib, uch oyatdan, eng uzun sura Baqara surasi boʻlib, 286 oyatdan iboratdir. Qurʻon suralari ikki qismga boʻlinadi: 1. Hijratdan oldin tushgan suralar — „Makka suralari“ ((yoki Makkiy suralar) Makkada tushgan) deyiladi. 2. Hijratdan keyin tushgan suralar — „Madina suralari“ ((yoki Madaniy suralar) Madinada tushgan) deyiladi.
46. Hadis to‘plash sohasidagi qanday yo‘nalishlarni bilasiz
Hadislar. Islom diniy ta’limotining asoslari – Qur’on va hadis to‘plamlarida,
Hadislar Islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba. Hadislar to‘plami sunnat deb ataladi. Hadisi Shariflarda Muhammad alayhissalomning so‘zlari, qilgan ish faoliyatlari va sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari bayon ettirilgan.
Payg‘ambar s.a.v. davri (610-632). Bu davrda Payg‘ambar s.a.v. hali hayot edilar. Vahiy kelishi davom etayotgan bir davr edi. Ixtilofli va muammoli masalalarni Shaxsan u zotning o‘zlari orqali hal etilardi. Muhammad s.a.v. payg‘ambar bo‘lish bilan birga davlat boshlig‘i ham edilar. Barcha huquqiy masalalar, sud jarayonlari, ijro bevosita u zotning boshchiliklarida bo‘lar edi.
Sahobalar davri. Payg‘ambar s.a.v. vag‘otlaridan keyingi davrda Islom xalifaligi hududi tez sur’atlar bilan kengaya bordi. Andalus, Eron, Iroq, Suriya, Movarounnahr, Misr, SHimoliy Afrika musulmonlar qo‘liga o‘tdi. Musulmonlar u erlarga qozilar va faqihlarni Yubora boshladilar. Bir-biridan uzoq bo‘lgan erlarda mustaqil fiqh markazlari paydo bo‘ldi. Bu markazlar bir-biridan ilmiy jihatdan deyarli farq qilmas edi. Madina, Makka, Misr, Kufa, Basra va SHom kabi mahalliy markazlarning urf-odatlari, ehtiyoj va Shart-Sharoitlari boshqa-boshqa edi. Fiqhni tadbiq etuvchi sahobalar etuk qobiliyatli, ochiq fikrli va keng dunyoqarashga ega edilar. Ular biror fiqhiy qonun-qoidani joriy etishda albatta o‘Sha er aholisining urf-odati va Shart-Sharoitlarini hisobga olar edilar. SHu sababdan fiqh ilmi tezlik bilan xalq ziyolilari orasiga singib ketdi.
Sahobalar davrida quyidagi fiqh markazlari Shakllandi :
A) Madina maktabi;
B) Makka maktabi;
V) Kufa maktabi;
G) Misr maktabi;
D) SHom maktabi;
Tobi’inlar davri. Sahobalar davri haqida mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ular orasida ko‘plab Shogirdlarga ega bo‘lgan faqihlar mavjud edi. Keyinchalik ularning bu Shogirdlari ilm sohasida, xususan fiqh ilmida katta xizmat qildilar.
BuYuk mujtahidlar (taba’a tobi’inlar) davri. Bu davrda Abu Hanifa, Molik ibn Anas, Muhammad ibn Idris ash-SHofi’iy, Ahmad ibn Hanbal, al-Avzo‘iy, Dovud az-Zohiriy kabi buYuk faqihlar etishib chiqqanlar. Ularning hayoti, faoliyati, ijodi xususida ko‘plab ilmiy ishlar olib borilganiga qaramasdan, etarli emas.


Yüklə 76,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin