3 sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsligidagi sheriy asarlarning grammatik tahlili ustida ishlash



Yüklə 60,18 Kb.
səhifə4/5
tarix06.05.2023
ölçüsü60,18 Kb.
#108773
1   2   3   4   5
3 SINF ONA TILI VA O\'QISH SAVODXONLIGI DARSLIGIDAGI SHERIY ASARLARNING GRAMMATIK TAHLILI USTIDA ISHLASH

NATIJALAR


She`r matni tahlili Pirls nazorati talabi asosida quyidagi tartibda ham tahlil qilinishi mumkin:
Q.Hikmatning “Qish to`zg`itar momiq par” she`rida qishning tabiati kimning tilidan bayon qilingan?

  1. Shoir – Qudrat Hikmat tilidan.

  2. O`quvchi tilidan.

  3. Mahalla odamlari tilidan.

  4. Bobo tilidan.

1. Shoir qorning yog`ishini nimaga o`xshatadi? A. Oq namatga.

  1. Momiq parga.

  2. Oq bulutga.

  3. Oq choyshabga.

3. Jonlantirish qo`llangan misralarni toping.
A. Mahalla-ko`y ko`chada
Chuvullashib qor kurar. B. Pirpiratib ko`zini Avtobuslar o`tadi.

  1. O`ra kumush choyshabga O`lkamning har yog`ini.

  2. Osmon elak nazdimda, Shahrimizga un separ.
  1. O`xshatish qo`llangan misralarni toping. A. Esib sovuq izg`irin


–Tezroq yur! – deb buyurar.

  1. Qorga deyman: -Namuncha Zeriktirding uchqunlab.

  2. Yog`masding-ku ilgari Surunkasi uch kunlab.

  3. Qahraton qish hovurni Mo`rkon kabi yutadi.

  • ”Tomlar kiyda oq qalpoq” she`rning davomini yozing.

  • Shoir ”Yetar shuncha yog`ganing, Uzoq dala-qirga bor! Ular seni kutmoqda” misralari orqali nima demoqchiligini yozing.

  • Jonlartirish qo`llangan misralarni topib yozing.

  • O`xshatish qo`llangan misralarni topib yozing.

  • Shoir she`rni nima uchun ”Qish to`zg`tar momiq par” deb nomlagan?

  • Qudrat Hikmatning yana qaysi she`rlarini o`qigansiz?

XULOSA


Xulosa qilib aytganda, she’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya`ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta`sirida insonda tug`ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg`ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg`uga to’la hayajonli nutqini ta`sirliroq ifodalashda qo’l keladi”. Lirik she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko’p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san`at hissiyot bilan bog`liq ekanligi unutiladi, she’r ma`nosining satrlar, so’zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o’quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag`zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma`noni o’qish mehnattalab ishdir.

Yüklə 60,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin