4 – mashg‘ulot. Tuproq tarkibidagi gumus miqdorini I. V. Tyurin usulida aniqlash



Yüklə 0,59 Mb.
tarix07.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#126144
4 мавзу TUPROQ TARKIBIDAGI GUMUS MIQDORINI I V TYURIN USULIDA ANIQLASH


4 – MASHG‘ULOT. TUPROQ TARKIBIDAGI GUMUS MIQDORINI I.V.TYURIN USULIDA ANIQLASH.

M a sh g‘ u l o t d a n m a q s ad. Tuproq gumusi organik birikma bo‘lgani sababli, uni tuproqdan ajratib olish ancha murakkab.


Tuproq gumusining umumiy miqdorini turli usullar (Gustavson, Knop, Robinzon, va Tyurin usullari) bilan aniqlash mumkin. Bulardan akademik I.V.Tyurin ishlab chiqqan hajmiy usul ishlash uchun oson va qulay.дч
Tuproq gumusining umumiy miqdorini I.V.Tyurin usulida aniqlash gumus tarkibidagi uglerod (S)ni xromat angidrid eritmasi bilan oksidlash va ortib qolgan xromat angidridni (SrO3) Mor tuzi (FeSO4(NH4)2SO4.H2O) eritmasi bilan titrlashga asoslangan
K e r a k l i r e a k t i v v a a s b o b l a r: 0,4 n xromat angidrid eritmasi, fenilantranil indikatori, 0,2 n Mor tuzi eritmasi, distillangan suv, pinset, analitik tarozi, chinni xovoncha, elakcha, shisha bankacha, konussimon kolba, byuretka, kichik voronka yoki soat oynasi, yuvgich, shisha tayoqcha.
I sh l a sh t a r t i b i. Analiz uchun tayyorlangan tuproqdan analitik tarozida 0,1-0,5 gr o‘lchab olib (oz chirindili tuproqdan ko‘proq, ko‘p chirindili tuproqdan esa ozroq olinadi), hajmi 100 ml bo‘lgan konussimon kolbaga solinadi. Kolbadagi tuproqqa 0,4 n xromat angidrid eritmasidan shtativga o‘rnatilgan byuretka yordamida 10 ml quyib yaxshilab chayqatiladi.Kolbaning ohzini kichik voronka yoki oyna bilan yopib, kolba 5 minut sekin qaynatiladi.
Kolba sovutilgandan keyin unga 30-50 ml chamasi suv qo‘yiladi va indikator sifatida fenilantranil yoki difenilamin eritmasidan 3-4 tomchi tomizib, shisha tayoqcha bilan sekin aralashtiriladi. Kolbadagi eritma to‘q ko‘k tusga kirgach, xira yashil rangga o‘tguncha 0,2 n Mor tuzi (Fe SO4-(NH)2SO4.6H2O) eritmasi bilan titrlanadi
Mor tuzi bilan 0,4 n kaliy bixromat o‘rtasida qo‘yidagicha reaksiya boradi
K2Cr2O7+6FeSO4+7H2SO4+Cr2(SO4)3+K2SO4+3Fe2(SO4)3+7H2O
Titrlashga sarflangan Mor tuzi eritmasining hajmi aniqlanadi. Analiz natijasi, ya’ni tuproqdagi gumusning umumiy miqdori qo‘yidagi formula bilan hisoblanadi va jadvali tuziladi.
X=
X – tuproqdagi chirindi miqdori (% hisobida),
a – 10 ml sof 0,4 xromat angidridni titrlashga ketgan 0,2 n Mor tuzi eritmasi,
b – tuproqni 0,4 xromat angidridi bilan titrlashga ketgan 0,2 n Mor tuzi eritmasi,
N – 1 ml Mor tuziga to‘hri kelgan gr hisobidagi gumus 0,0010362, miqdori,
N – analizga olingan tuproq massasi, (gr)
K – gigroskopik namlik koeffitsienti (%).
Masalan: a – 22,5 ml, b – 10,5 ml, N – 0.0010362 gr, N – 0,5 gr K – 1,02 bo‘lsa, tuproqdagi gumus miqdori 2,53% ga teng.

X=


4-jadval
Tuproq gumusini aniqlashning analiz natijalari

Tartib №

Tuproq namunasi

Katlam chukurligi (sm)



Tuproq massasi, gr xisobida

0,4 n xromat angidrid ml xisobida

0,2 Mor tuzi , ml xisobida

1 ml Mor tuzidagi gumus, gr xisobida

K

Gumusning quruq tuproqqa bulgan nisbati,%

1

20

0-20

0,5

22,5

10,5

0,0010362

1,02

2,53



Savol va topshiriqlar:

  1. Gumus deganda qanday modda tushuniladi?

  2. Tuproq gumusini aniqlashning yana qanday usullari bor?

  3. Gumus tarkibida uglerod necha foizni tashkil etadi?

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin