4-mavzu: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Estetikaning zamonaviy muammolari – soat Reja


Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri



Yüklə 59,22 Kb.
səhifə4/6
tarix28.07.2023
ölçüsü59,22 Kb.
#137744
1   2   3   4   5   6
kTU4sBICFAAp3eNPcfZSEWtFLhfzbeF5hIMPzIc1

Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri.

Bugun biz “ommaviy madaniyat” tushunchasiga ko‘p marotaba duch kelmoqdamiz. Lekin, bir narsaga g‘oyatda tahdidli, u ham bo‘lsa, ommaviy madaniyat insonni “qiyofasiz” oqimning bir qismiga aylantirib qo‘yishidadir. Bu illat aksariyat xollarda haqiqat, go‘zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste’molchilik ehtiyoji bilan bog‘lab, iste’mol va tovar sifatida haridorgir bo‘lishiga qaratilgan maqsadni targ‘ib qiladi. Bu esa pirovardida “bozor adabiyoti”, “bozor san’ati” degan ma’naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning “gullab-yashnashi” uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, “millati”ning tayini yo‘q “badiiy” filmlar ham ko‘payib ketgan. “Bozor san’ati” deganda, birinchi navbatda, ana shunday filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi.


Xo‘sh “ommaviy madaniyat”ning illat sifatida qanday namoyon bo‘lishi mumkin?

  1. “Ommaviy madaniyat” namoyondalarining amallari o‘zlari uchun har taraflama manfaatdorlikka asoslangan: ular “noyob san’at” namunalari-g‘oyalarini nafaqat targ‘ib qiladi, balki pullaydi ham.

  2. Faqat bugunni, yana ham aniqrog‘i hozirni ko‘radi va tan oladi.

  3. Umuminsoniy madaniyatni bo‘ysindirish va o‘z ta’sir doirasiga tortish kabi tuban maqsadlarni amalga oshirishga harakat qiladi.

  4. U odamzodning fikrlashiga tish-tirnog‘i bilan qarshi. Andozalashgan axborot-u mahsulotlar qurshovida qolgan odamlarning o‘zi ham bora-bora bir o‘lchamga tushadi: hammaning yurish-turishi, o‘y-kechinmasi, fikrlash tarzi, bari bir xil.

  5. Shaxsning ijtimoiylashuviga imkon bermaydi. U voqea jarayonlarga loqayd, befarq avlodni shakllantiradi.

  6. “Ommaviy madaniyat” o‘z navbatida mafkuraviy, informatsion, iqtisodiy qadriyatlardan foydalangan xolda “ma’rifatparast”lik g‘oyalari asosida o‘ziga xos muomala va muloqot madaniyatini ham targ‘ib qiladi. Buni biz bugungi kunda yoshlar orasida ko‘rishishdagi “boshni boshqa suqishtirish”, imo-ishora, o‘zaro muloqotning “kurakda turmaydigan so‘zlar”ga tayanilishi orqali ko‘rib guvohi bo‘lmoqdamiz.

“Ommaviy madaniyat”ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo‘lgan olomonni shakllantirish bo‘lgani bois, u ma’naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o‘quvchini mushohadaga undab, tasavvur olamini kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo‘latmaydi. Shuning uchun “ommaviy madaniyat” namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas.




  1. Yüklə 59,22 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin