4. Saqlovchi muhofaza vositalar Blokirovka qurilmalari


Yuk ko'tarish mashinalarida ishlaganda xavfsizlikni ta'minlash



Yüklə 72,02 Kb.
səhifə8/9
tarix25.12.2023
ölçüsü72,02 Kb.
#197160
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-mavzu

7. Yuk ko'tarish mashinalarida ishlaganda xavfsizlikni ta'minlash


Yuk ortish va yuk tushirish ishlarini bajarishda foydalaniladigan yuk ko'tarish mashinalarini ishlatganda bu ishlarning nihoyatda xavfliligini hisobga olish kerak, chunki sanoat korxonalarida kelib chiqadigan baxtsiz hodisalarning salmoqli qismi xuddi shunday islilarni bajaiganda yuz beradi. Yuk ko'tarish mashinalari bilan yuklarni ko'taiganda va harakatlanish , vaqtida Respublika Gosgortexnadzori qoida va me'yorlariga rioya qilish asosiy hisoblanadi. Bundan tashqari, uning hamma qismlari, detallari yordamchi qurilmalari, shuningdek, uning tuzilishi, tayyorlanishi, materiali, payvandlangan joylarining sifati, o'rnatilish va ishlatilishi texnik talablaiga javob berishi va umumiy qoida, me'yor va standartlari talablarini qondirishi kerak. Yuk ko'tarish mashinalarini ishlatayotganda uning hamma harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlarini to'siqlar bilan to'sish shart. Yuk ko'tarib harakatlanayotgan kranni odamlar bilan to'qnash kelishi, yuklarni odamlar ustidan olib o'tishi mutlaqo taqiqlanadi. Shuning bilan birga uning yuk ko'taruvchi qismlarining mustahkamligini ta'minlash, yordamchi qurilmalari, yuk ilgichlari baquwat va ishonchli bo'lishi kerak.
Yuk ko'tarish mashina va mexanizmlarining xavfsizligini ta'minlash uchun uning ayrim qismlarining mustahkamligini hisoblash yo'li bilan tekshirib turiladi. Bu detallarni hisoblashda uning mustahkamligi chidamlilik darajasi nihoyatda yuqori berilishi bilan belgilanadi.
Yuk ko’tarish mashinalarining eng nozik va shuningdek, eng asosiy qismlari ularning zanjir va po'lat arqonlari (kanat) hisoblanadi. Har qanday po'lat arqonlar yuk ko'tarish mashinalarida o'rnatilishidan oldin, uning mustahkamligi hisoblash yo'li bilan tekshirib ko'riladi:
P / S ≥ K ,
bunda, K — chidamlilik darajasi, koeffitsiyenti;
P - po'lat arqonni uzish uchun sarflanadigaii ktieh
(ma'lumotnomalarda GOST bo'yicha beriladi), N;
S — po'lat arqon har bir tormog'i uchun qo'yiladigan kuch (dinamik kuchlar hisobga olinmaydi), N.
To'qima po'lat arqonlarga qo'yiladigan kuch uning nechta tormoqdan iboratligi va tarmoqlarning tik o'qqa nisbatan og'ish burchagiga bog'liq bo'ladi.
Hisoblash quyidagi tenglama asosida olib boriladi:
S= Q/(cosα) n = C Q/n,
bunda, S — po'lat arqon har bir tormog'ining tortilish kuchi, N; Q-
ortilgan yukning og'irligi, kg; n — po'lat arqon tarmoqlari soni;; S—po'lat arqon og'ish burchagiga moslovchi koeffitsiyenti (d = 0 bo'lsa, S=l,0; d=30 bo'lganda S=l,15; d = 45 bo'lganda S=l,42; d =60 bo'lganda S=2).
Agar to'qima po'lat arqonJar uchlariga yuk ilgaklar va halqalar o'rnatilgan bo'lsa, ularning chidamlilik darajasi koeffitsiyenti 6 dan kam bo'lmasligi kerak. Mabodo po'lat arqon to'qimalaridan 10% dan ortiq simi uzilgan bo'lsa, bunday po'lat arqonlar foydalanishga yaroqsiz hisoblanadi.
Yuk ko'tarish mashina va mexanizmlari to'xtatish qurilmalari bilan jihozlanadi. Ularning vazifasi ko'tarilgan yukni ma'lum masofada to'xtatib turish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.
Sex bo'ylab harakatlanishi mumkin bo'lgan kranlarning harakatlanish tezligi chegaralab qo'yiladi. Agar kran yerdan turib boshqariladigan bo'lsa, uning tezligi minutiga 50 m dan oshmasligi kerak. Agar kran yordamida stanoklarning aniqligi yuqori bo'lgan yig'ish ishlari bajariladigan bo'lsa, ularni har tomonlama harakatlanshi mumkin bo'lgan kichik tezlikdagi harakat moslamalari bo'lishi kerak.
Yuklarni minutiga 30 m dan yuqori tezlikda harakatlantirilayotgan kranlar qo'lda ishlatiladigan yoki avtomatik ravishda ishlaydigan to'xtatish qurilmalari bilan ta'minlanadi. Agar kran yerda o'rnatilgan po'lat izlarda harakatlanadigan bo'lsa, unda uning harakatlanish tezligi qanday bo'lishidan qat'i nazar, to'xtatish qurilmasini o'rnatish zarur.
Yuk ko'tarish mashinalarini loyihalash va qurish, uni ishatish vaqtida kelib chiqadigan xavfli vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan maxsus qurilish elementlarini hisobga olish kerak.
Umuman kran bloklari tizimida ko'tarilgan yukni istagan balandlikda tushib ketmasligini ta'minlaydigan bir tomongagina harakatlanishni ta'minlaydigan tepkili g'ildiraklardan foydalaniladi.
Kranlar va elektrolitlar bilan ishlaganda yuklarni ruxsat etilgan chegaradan yuqoriga ko'tarish hollari bo'lishi mumkin. Bunda yuk ko'tarish ilgaklari va bloklari kran fermasiga taqalishi natijasida ilgak va bloklarning sinishi, buzilib ketishi yoki uni tortayotgan po'lat arqonning uzilib ketishi natijasida har xil baxtsiz hodisalar ro'y berishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida chegaralovchi o'chirish vositalari o'rnatiladi. Bu o'chirish vositalari kranga kelayotgan elektr tokini yuk yuqori chegaraga yetishiga 200 mm masofa qolganda o'chiradi, bu bilan kran yo'nalishdagi harakatini to'xtatib qarama-qarshi yoki boshqa yo'nalishda harakatlanishga bu vosita xalaqit bermaydi.
Chegaralovchi o'chirgichlar, shuningdek, kranlarning izlarbo'ylab harakat yo'nalishlarini chegaralashda ham foydalaniladi.
Bundan tashqari, kranlarda uning yuk ko’tarish miqdorini chegaralovchi qurilma ham o'rnatiladi. 72-rasmda shunday qurilmaning chizmasi keltirilgan.

72-rasm.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




  1. Yüklə 72,02 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin