Devorbop sopol buyumlar qurilishda ishlatiladigan devorbop buyumlarning 50% ini tashkil etadi. Zichligiga ko’ra devorbop sopol buyumlar (g’isht, sopol tosh) 3 qismga bo’linadi:
Effektiv – zichligi 1400-1450 kg/m3 dan ko’p emas, issiqni yaxshi ushlab tura oladigan;
SHartli effektiv – 1450 - 1600 kg/m3;
Oddiy – 1600 kg/m3 dan katta.
Oddiy pishiq g’ishtning o’lchamlari 250x120x65 mm bo’lib, qirralari to’g’ri, aniq, yuzasi silliq va tekis bo’lishi kerak. Tomonlari 3 mm gacha farq qilishi mumkin.
Modulli g’ishtlar o’lchamlari 250x120x88 mm va dumaloq yoki to’rtburchak kovakli bo’ladi. Mustahkamligiga qarab g’isht quyidagi markalarga bo’linadi: 75; 100; 125; 150; 200; 250; 300.
Engil betonlar o’rtacha zichligiga qarab Germaniyada quyidagi turlarga bo’linadi:
1300-800 kg/m³ - yengil issiqlikdan izolyatsiyalangan konstruktiv beton, siqishga mustahkamligi 3,5 MPa dan yuqori va issiqlik o’tkazuvchanligi 0,75 Vt/mK dan past;
800-250 kg/m³ - juda yengil beton, siqishga mustahkamligi 0,5 MPa va issiqlik o’tkazuvchanligi 0,30 Vt/mK dan past.
Oddiy to’ldirgichlar bilan tayyorlangan yengil betonning issiq o’tkazuvchanligi (Germaniya misolida)