5А111201 O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishining magistratura



Yüklə 222,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix27.12.2023
ölçüsü222,29 Kb.
#199654
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
4-5А111201-OZBEK-TILI-VA-ADABIYOTI-Magistratura

2.1. Adabiyot nazariyasi 
«Adabiyot nazariyasi» fani badiiy adabiyot va adabiy–nazariy bilim tarixi
Yevropadagi adabiy–estetik oqimlar, bilish nazariyasi va badiiy adabiyot, badiiy 
adabiyotda voqelik va xarakterlar qarama-qarshiligi, kompozitsiya, asar mazmuni, 
estetik kategoriyalar va tragediya (fojea), tipiklik va tip, milliylik va 
baynalminallik, an’ana va yangilik, shakl va mazmun. Adabiy janrlar, turlar va 
uslublar. Ijodiy uslublar va oqimlar. Lirika, she’riyat haqida tushuncha, ularni 
tahlil va tadqiq qilish prinsiplarini shakl va mazmun, adabiy janrlar, turlar va 
uslublar haqida bilimlarni o‘zlashtirishni nazarda tutadi.
2.2. O‘zbek adabiy tanqidchilik tarixi 
Adabiy tanqid fanining adabiyotshunoslik fanida tutgan o‘rni, o‘zbek 
adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, adabiy jarayonning yetakchi tamoyillarini 
belgilashdagi vazifalari, shuningdek, ijodkorning poetik mahoratini ochishdagi 
o‘rni. 
 
2.3. O‘zbek adabiyoti tarixi

Adabiy – badiiy asarlar xalq an’analari, urf-odatlari, 
e’tiqodlari bilan uzviy va chambarchas bog‘liq ekanini bilish; 

adabiyotning mazmun mohiyati davriy hodisalar ta’sirida o‘zgarib, 
boyib borishini anglash; 

arab va fors tilidagi zarur so‘z va iboralarni bilish; 

matnlarni to‘g‘ri o‘qish, talaffuz qilish va sharhlay olish; 

so‘z va iboralarning zohiriy va botiniy ma’nolarini anglash; 

ayrim timsollar, badiiy san’at va badiiy tasvir vositalarini 
bilish hamda badiiy mahoratni yoritib bera olish; 

ushbu fandan olgan bilim va malakalarini komil insonni 
tarbiyalash va mustaqillik mafkurasiga xizmat qildirishga qarata olish. 
2.4. Tasavvuf va mumtoz poetika 
-
O‘zbek mumtoz poetikasi asoslari doirasida badiiylik mohiyati, mumtoz 
adabiyotdagi tur va janrlar munosabati, aruz, qofiya, she’riy san’atlar, badiiy 
nutq va uslubga doir birlamchi manbalarni o‘qib, ularning mazmunini 
tushuntira olishi kerak.


-
Ayrim nazariy masalalarning ildizlariga murojaat qilib, adabiy hodisaning 
bugungi 
nomlanishi 
bilan 
mumtoz 
adabiyotshunoslikdagi 
istilohiy 
munosabatlarini anglashi lozim.
-
Mumtoz adabiyot namunalarining ifoda shakli, janr xususiyatlari, vazn 
talablari, ularda qo‘llanilgan qofiya tizimi, she’riy san’atlarni aniqlay bilishi 
hamda til va uslublariga doir tahlillarni amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.

Yüklə 222,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin