6-mavzu. Tarbiya jarayonining mohiyati va tarbiya prinsiplari Reja


Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari



Yüklə 34,56 Kb.
səhifə7/11
tarix07.04.2022
ölçüsü34,56 Kb.
#54864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Maruza (4) (2)

Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.Tarbiya mazmunida oldinga qo'yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo'yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo'lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g'oyalari asosida belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi:

Tarbiya maqsadining aniqligi. O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g'oyalariga ko'ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi - erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo'lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo'lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlari, ya'ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.

Tarbiyaning shaxsga vo'naltirilganligi. Mazkur g'oya ta'lim muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas, balki o'quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o'ziga xos xarakteri, o'z qadr-qimmatini anglash tuyg'ulari rivojlantirilib borilishi zarur.

Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g'oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o'zida ham o'quvchi, ham o'qituvchi ma'naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi o'quvchining qiziqishi, faoliyati, o'rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuyg'ularini ko'ra va anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon bo'ladi. Tarbiyalanuvchining irodali bo'lishi ta'minlangan sharoitda uning shaxsiga ta'sir ko'rsatishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonida samaraga erishiladi.

Jamoa yo'nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni hartomonlama kamoloti, uning dunyoni anglash, uni to’laqonli talqin etish, insonparvarlik va o'zaro hamkorlik tuyg'ularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat amalga oshiriladi.

Being due to the formation of the human bio social creatures, as well as the development of biological and social development, and a person at a certain stage of perfection. Man found a number of social, scientific-based forms of independent thought.Social Development - external and internal factors and qarilmaydigan a positive impact, and that the process of formation of the person. Human and social development of targeted education and training leading position.Educational activities - in order to meet the training needs of the society is based on the scientific development of human attributes and qualities of the implementation of the program, according to the plan, the generations to prepare a social activity.Educational process - teachers or tutors, students or schools between information and knowledge, training, decent, well functioning relations system.Pedagogical principles (principles) through the relationship between the teacher and the students of knowledge, size and content, as well as school supplies, and spiritual aspects of pupils necessary to follow the laws of origin correlates.

Teaching experience - education and training on the principles of pedagogy and education to the specific methods and the methods adopted and put into practice in real conditions and taking into account the uniqueness of each child to implement in practice



SHaxs shakllanishi — inson bioijtimoiy mavjudot bo’lganligi tufayli, biologik rivoji bilan bir qatorda u ijtimoiy rivojlanib ham boradi va kamolotning ma’lum bir bosqichida shaxsga aylanadi. Kishida bir qator ijtimoiy sifatlar tarkib topib, ilmiy asoslangan mustaqil fikr shakllanadi.Ijtimoiy taraqqiyot tashqi va ichki, boshqariladigan va bosh qarilmaydigan omillar bilan kishiga ijobiy ta’sir etish, ya’ni shaxsning shakllanish jarayoni. Insonning ijtimoiy taraqqiyotida maqsadga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya yetakchi o’rinni egallaydi.Pedagogik faoliyat jamiyatning ta’lim-tarbiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida umuminsoniy sifatlar va fazilatlarni shakllantirishni ilmiy asoslangan reja-dasturga muvofiq amalga oshirish, ya’ni avlodni hayotga tayyorlaydigan ijtimoiy zarur faoliyat turi.

Pedagogik jarayon — o’qituvchi yoki tarbiyachi, o’quvchi yoki tarbiyalanuvchi orasidagi bilim berish va bilim olish, o’rgatish o’rganish, tarbiyalash maylida kechadigan munosabatlar tizimi.

Pedagogik tamoyil (printsiplar) — o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabat orqali beriladigan bilim turi, hajmi va mazmuni, shuningdek, o’quv qurollari va tarbiyalanuvchilarning ruhiy xususiyatlari o’rtasidagi zaruriy bog’liqliklardan kelib chiqqan qonuniyatga amal qilish.

Pedagogik tajriba — ta’lim-tarbiya beruvchi tomonidan pedagogikaning tamoyillari va ta’lim-tarbiya berishning muayyan usul va uslublarini to’liq o’zlashtirib hamda ularni amalda qo’llashdagi real shart-sharoitlarni, bolalar jamoasi va har bir bolaning o’ziga xosligini hisobga olgan holda amaliyotda tatbiq etish1.



O'quvchi uchun yuqorida qayd etilgan tarbiya yo'nalishlarining nima uchun kerakligi, ularning insonga nima bera olishi kabi masalalar qiziqarlidir. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tarbiya tizimida muammoning mana shu jihati birinchi o'ringa qo'yilmoqda. Yuqorida qayd etilgan g'oyalar to'g'ri tashkil etilgan pedagogik jarayonda — yetuk fuqaro, malakali mutaxassis hamda barkamol oila sohibini tarbiyalab voyaga yetkazish uchun xizmat qilishi lozim.

Tabiat yoki jamiyatdagi har qanday murakkab hodisada obyektiv ravishda mavjud bo‘ladigan barqaror aloqalar kuzatiladi. Bunday aloqalar «qonuniyat» deb ataladi. Bunday qonuniyatga tarbiya jarayoni­da ham amal qilinadi. Tarbiya qonuniyatlari mohiyati bir tomondan ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ikkinchi tomondan shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liqdir.


Yüklə 34,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin