Mavzu: Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayonning asosiy shakli Reja: 1



Yüklə 36,61 Kb.
tarix22.09.2023
ölçüsü36,61 Kb.
#147081
Mavzu Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayonning a-fayllar.org


Mavzu: Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayonning asosiy shakli Reja: 1

Mavzu: Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayonning asosiy shakli

Reja:

1.Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish ta’lim va kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy maqsadi.

2 .Axloqiy tarbiyani tashkil etish.

3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, axloqiy me’yorlar, axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish

4. Aqliy tarbiya, tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashni rivojlantirish.

5.Jismoniy tarbiya. Jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanish.

Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayoning asosiy shakli. Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faoliyatining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, namuna bo‘lishi o‘z burchini aniq va puxta bajarishi hamda o‘z mavqelarini suiste’mol qilmasliklari juda muhimdir. Bu o‘rinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «jamoa vijdoni» deya bergan ta’rifini eslab o‘tish joizdir. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo‘lsada, ayni paytda uning o‘ziga ham oshirilgan talablarning qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat ko‘rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina holos. Jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to‘xtatib qolinsa, jamoa faolini guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi qo‘yish havfi tug‘ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining faol faoliyatga o‘tishi zarur sanaladi. Jamoa-kishilarning shunday muayyan guruhi bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari o‘zaro birlik, a’zolarning munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga bo‘ysunishi, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni olib boradilar.XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o’zining «Tadbiri manozil» nomli ilmiy asarining maxsus «Amuzish va parvarishi modrasas farzand» («Bolalarni maktabda o’qitish va tarbiyalash») bo’limida o’quvchilarga jamoali o’qitish haqida quyidagi tavsiyalarni beradi: 1.Agarda o’quvchilar birgalikda o’qisalar, ular zerikmaydilar, fanni o’rganishga qiziqish kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda qolmaslik uchun o’zaro musobaqalashish istagi rivojlanadi, ular bolaning o’qishi yaxshilanishiga yordam beradi; 2.O’zaro suhbatlarda o’quvchilar kitobdan o’qish yoki kattalardan eshitgan qiziqarli ma`lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar va bolalar birgalikda, yig`ilganlarida bir-birilari bilan do’stlashadilar va bir-birlarini hurmat qiladilar; 3. Ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-birlariga o’quv materiallarini 80 o’zlashtirishda yordam beradilar; bu bilan bolalar mag`rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o’rganadilar6. Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatining maqsadi hisoblanadi. Ayn ko‘rsatgich, uni shakllantirish vositasi bo‘lib, uning yordamida jamoaning barcha yoki har bir a’zosini tarbiyalar yaxshi samaralar beradi.Jamoaning yetakchi tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni hosil qilish. Mustahkam xayotiy jarayonni qaror topshirishdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta’lim va boshqa ta’lim muassasalarida jamoani shakllantirish ma’suliyatli vazifa sanaladi.Jamoani tashkil etganda o‘quvchilar muhitida mavjud haqiqiy guruhlarni to’plab, bir-biriga va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur.


Jamoa so‘zi lotincha «Kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi va jamoa bu kishilardan iborat guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «Jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda kishilarning istalgan tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan: ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, xo‘jalik jamoasi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi)larning birlashmasi o‘ziga xos muhim belgilarga egadir. Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so‘z yuritamiz. Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash – tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynash to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yotarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi. Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari o‘z ifodasini topadi. Jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik, uzviy maqsadga muvofiq tashkil etiladi. Shu bois jamoa hayoining bir (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalganligi uning yetakchi belgisi sanaladi. Har bir jamoa boshqa bir jamoalar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Uning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay olish umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsadning qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatning birligini namoyon etadi hamda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir. Jamoa faoliyatning ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya’ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblanadi. Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida jamoa a’zolari o‘rtasida ishchanlik, bir-biri uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun javobgarlik hissi qaror topadi.Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat hissini uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoa mansublik hissini paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi, jamoaga bilan munosabatda bo‘lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida yaqinlik, hissiy birlik (bir-birini yoqtirish) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko‘pincha pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun qo‘l keladi. Ruhiy va hissiy jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini mazmuniga ular orasidagi hosil bo‘lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir.
6Rahimov S.R. Abu Ali ibn Sinoning psixologik-pedagogik qarashlari. — Toshkcnt, O’qituvchi, 2004, - 103-bet. 81 Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur tuzilma bir tomondan jamoa a’zolari qo‘shilgan ishchanlik munosabatlarini ifoda etsa, ikkinchi tomondan rahbarlik vazifasini bajaruvchi tarbiyachilar hamda jamoa a’zolari o‘rtasidagi mavjud boshqarish munosabatlari mazmunini ifoda etadi. Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo ma’naviy psihologik munosabatlarining umumiy tizimi va mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim a’zolar o‘rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. Tarbiyalanuvchi shaxsning jamoadagi o‘rni uning shakllanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo‘la oladi. Norasmiy guruhlar (ijroguruhlar umumjamoa ijtimoiy manfaatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lgandagina jamoa o‘z-o‘zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin. Yashash joylarida o‘zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik ahil va inoq munosabat zaminidan tashkil topgan bo‘lmasin haqiqiy jamoa bo‘la olmaydi. Jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a’zolari o‘rtasida ijtimoiy ahamiyati faoliyat, maqsad, ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabatlarni o‘rnata olishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga pedagogik rahbarlikning bo‘lishidir. Shunday qilib, jamoa-kishilarning shunday muayyan guruhi bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari o‘zaro birlik, a’zolarning munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga bo‘ysunishi, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni olib boradilar. Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatining maqsadi hisoblanadi. Ayni ko‘rsatgich, uni shakllantirish vositasi bo‘lib, uning yordamida jamoaning barcha yoki har bir a’zosini tarbiyalar yaxshi samaralar beradi. Jamoa tashkil etganda o‘quvchilar muhitida mavjud bo‘lgan haqiqiy guruhlarni tutish, bir-biriga va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur. Pedagog bu guruhlarni xususiyatlarini ularning yo‘nalishi, qiziqishlari, malakasini bilishlari hisobga olish va foydalanish kerak. Jamoa ishni tashkil etishda va amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash vaqtida mazkur xusiyatlarni hisobga olish ishining samarodorligini oshiradi. Jamoa faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchilarning shaxslararo real mavjud bo‘lgan aloqalarni hisobga olish ikki xil maqsadga erishish: guruh a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular o‘rtasiga muomalaga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi.

Jamoaning amaliy faoliyati mazmuni, jamoa a’zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ijodiy hamkorligi a’zolarning xulq-atvori, axloqiy kamolot darajasini ko‘rsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Jamoaning shakllantirishda uning hayotini belgilovchi ichki jarayonining mohiyatini inobatga olish zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash 83 shartli hisoblanadi, shunga qaramay pedagogik nuqtai-nazardan jamoaning shakllanishini bosqichlarga ajratish juda muhimdir. Bolalar jamoasi rivojlanishi bosqichlarga ajratish muhimdir. Bolalar jamoasi rivojlanishining har bir ta’sir ko‘rsatish shakl va metodlarini tanlash imkonini beradi. Jamoa rivojlanishining birinchi bosqichi.Bu bosqichda talab faqat pedagoglar tomonidan qo‘yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang‘ich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa bo‘lmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (sinf, guruh)dir. Tarbiyalanuvchilar talablarning qo‘yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi. Tarbiyalanuvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta-sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgadikda muhokama qilish, bo’lajak ishlarni rejalashtirish-jamoa a’zolarida ma’suliyat, javobgarlik, faoliyat birligi, ishchanlik munosabatining paydo bo‘lishiga jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo‘lishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasidagi ma’lumotga ega emasliklari bois, bu bosqichda pedagogning asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo‘ladi. Jamoa hayotining birinchi bosqichi- jamoa faoliyatining paydo bo‘lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir. Faolning tarkib topishi demakdir. Jamoa faol muayyan guruhning shunday a’zolariki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakatlanadilar va pedagog faoliyati va talabiga nisbatan hayrixohlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Faol pedagogning yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi-jamoa faolining pedagog talabini qo‘llabquvvatlashi hamda o‘z navbatida uning o‘zi bu talablarini jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tavsiflanadi. Pedagog jamoada paydo bo‘lgan va u bilan bog‘liq muammo, masalalarni yolg‘iz o‘zlari hal qilmaydi. Jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni jamoa o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tadi. Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida faoliyat motivlari (rag‘batlari)ning paydo bo‘lishi, ijodiy hamkorlik va o‘zaro yordam munosabatlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faoliyatining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, namuna bo‘lishi o‘z burchini aniq va puxta bajarishi hamda o‘z mavqelarini suiste’mol qilmasliklari juda muhimdir. Bu o‘rinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «jamoa vijdoni» deya bergan ta’rifini eslab o‘tish joizdir. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo‘lsada, ayni paytda uning o‘ziga ham oshirilgan talablarning qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolishi mumkin emas, chunki, faoliyat ko‘rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina holos. Jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to‘xtatib qolinsa, jamoa faolini guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi qo‘yish havfi tug‘ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining faol faoliyatga o‘tishi zarur sanaladi. Jamoada barqaror insoniy munosabatlarning yuzaga kelishining sababi, uning a’zolarini yuksak aqliy mazmunga ega bo‘lgan ishlarni tashkil etishda faol ishtirok etishlarining samarasidir.Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichida jamoa faolligini emas, balki jamoaning har bir a’zosi bir-birlariga axloqiy mazmundagi talablarni qo‘ya boshlaydilar. Jamoa rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi, bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan talablar asosida o‘z-o‘zlariga talablar qo‘ya olishlari bilan tavsiflanadi. Har bir bosqich jamoa a’zolarining o‘zining oldiga muayyan talab qo‘yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo‘yilgan har bir talab o‘ziga xos yo‘nalishi (masalan, o‘yindan umuminsoniyat baxti uchun kurashishiga intilish o‘rtasidagi farq bilan ajralib turadi.
 Har bir ishning o‘ziga xos, ma’lum qonunlari bo‘lganidek, bola tarbiyasining ham o‘ziga xos muhim qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo‘lishini ta’minlaydi: - tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi; - tarbiyaning hayot, mehnat bilan, O‘zbekistonimizning mustaqilligi, gullab yashnashi yo‘lida qilinayotgan fidoiy ishlar bilan bog‘lanishi; - o‘quvchini jamoada, jamoa orqali tarbiyalash; - tarbiyada bola shaxsini hurmat 84 qilish va unga talabchanlik; - tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi hamda birligi - tarbiyada o‘quvchilarning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish. Quyida tarbiya jarayonining qonun-qoidalarini ko‘rib chiqamiz: 1. Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi. Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi. Tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan-mukamma’l inson shaxsini tarbiyalashdir. O‘qituvchilar jamoasi va har bir o‘qituvchi-tarbiyachi ana shu maqsadlardan kelib chiqib, tarbiyaviy ishlarning, vazifalarini belgilaydi, uning mazmunini aniqlaydi hamda maktab ish sharoitlarini hisobga olgan holda o‘quvchilarni tarbiyalashning shakl va uslublarini tanlaydi. 2. Tarbiyaning hayot bilan bog‘liqligi qoidasi tarbiyaviy ishlarning mazmuni va tashkil etilishini doimo yangilab turishini talab etadi. Tarbiyachilar bolalar tarbiyasini hayot bilan bog‘lar ekanlar, ularga o‘zlarida iymon-e’tiqodni tarbiyalash imkonini beradilar.Tarbiyaviy ishlar shunday tashkil qilinganda yoshlar jamiyat hayotiga faolroq; jalb qilinadi, bu esa o‘quvchi shaxsining tarkib topishiga yordam beradi. Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasining ko‘rsatishicha, o‘quvchilar ahil jamoa bo‘lib uyushgandagina tarbiya ishlarini faol o‘quvchilarga tayanmog‘i, o‘quvchilarni turli ishlarni birgalikda bajarishga odatlantirib, ularga jamoatchilik ruhini snngdirib borishi lozim. Guruh rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi, сhunki jamoada shaxsni tarbiyalash-tarbiyaning yetakchi tamoyillari hisoblanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish usuli ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: -talablar qo‘yish;- faollarni tarbiyalash; -o‘quv mehnat,- ijtimoiy-siyoiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarini tashkil etish;-sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish; -ijobiy an’analarni yaratish va ko‘paytirish. Yuqorida ta’riflangan barcha qoidalar har qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish uchun qo‘llanma hisoblanadi. O‘quvchilarning asosiy vazifasi o‘qishdan iborat. Shuning uchun guruh rahbari dastavval: bolalarning o‘qishga qanday munosabatda ekanliklarini, o‘zlarini darsda qanday tutishlarini, uy vazifalarini sidqidildan bajarishlari yoki bajarmasliklarini aniqlaydi.Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashning eng ishonchli usuli-o‘quvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida, maktabda, maktabdan tashqarida o‘zaro faol hamkorlik qilish darajasida kuzatishdan iboratdir. O‘qituvchi yana o‘quvchilarni yosh xususiyatlarini, sinf jamoasining xususiyatlarini, uning shakllanganlik darajasini hisobga oladi, o‘sha talablarida jamoa fikrining qo‘llab quvvatlanishiga tayanadi. Jamoa rivojlanishining har qanday darajasida guruh rahbari muayyan usullardan foydalanib, jamoatchilik fikrini shakllantirish to‘g‘risida maxsus g‘amxo‘rlik qiladi. O‘quvchilar jamoasini shakllantirish jarayonini past darajadan yuqori darajaga boradigan vaqt davomidagi haraati, ijtimoiy talablar avval shaxsan guruh rahbaridan, o‘qituvchidan faqat yakka bolalar, keyinchalik ko‘pchilik bolalar idrok etadigan, barcha uchun hayot qonuni bo‘lib qoladigan tarzda shunchaki tushunib bo‘lmaydi.Hatto uyushgan jamoada ham jamoatchilik xususiyatlari zaif rivojlangan ayrim o‘quvchilar bo‘ladi. Sinf rahbari jamoa va har bir alohida o‘quvchining tarbiyasi uchun ma’suldir. Shuning uchun uning jamoa tarzidagi va yakka tartibdagi shakllarini qo‘shib olib borishi tarbiyaviy ishdagi o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Jamoaning shaxsga nisbatan yuksak talabchanligi kuzatiladi. Jamoada muomalani tashkil etganda, o‘quvchilar muhitida mavjud bo‘lgan haqiqiy guruhlarni nazarda tutish, bir-biriga mehr bilan qaraydigan va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur. Pedagog bu guruhlarning xususiyatlarini, ularning yo‘nalishi, qiziqishlari, malakasini va hokazolarini bilishi, hisobga olishi va ulardan foydalanishi kerak. Jamoa ishini tashkil etishda va amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash vaqtida mazkur xususiyatlarni hisobga olish ishining samaradorligini oshiradi. Bu hol guruhdagi muomalani jamoaning qiziqishlari sohasiga va jamoaning qiziqishlarini guruhdagi muomala sohasiga olib kiradi. Masalan, jamoa yotarli darajada obro‘ qozongan, jamoatchilik yo‘nalishiga ega bo‘lgan guruhga muayyan bir tadbirni tayyorlash va o‘tkazishga boshchilik qilishni topshirsa bo‘ladi. 85 Qandaydir o‘ziga xos qiziqishlarii bor guruhga butun jamoa uchun bu qiziqishlarga mos keladigan ishning tashabbuskori va tashkilotchisi bo‘lish taklif etiladi va hokazolar. Bola shaxsining rivojlanishiga, kamol topishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta’siretadi. Bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta’siri deganda, ota-onalarga o‘xshashlikni ifodalovchi biologik belgilarni takrorlanishini tushunmoq kerak. Jamoa faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchilarning shaxslararo real mavjud bo‘lgan aloqalarni hisobga olish ikki xil maqsadga erishish: guruh a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish, ular o‘rtasiga muomalaga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashning eng ishonchli usuli-o‘quvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida, maktabda, maktabdan tashqarida o‘zaro faol hamkorlik qilish darajasida kuzatishdan iboratdir. O‘qituvchi jamoaning kuchli va zaif tamonlarini aniqlash uchun pedagogik vaziyatlar vujudga keltirib o’ziga xos usullar qo‘llashi mumkin.
2. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning bajarilishi. «Ta’lim to’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dastur»i uzaro mantiqan bir -biriga boglangan bo'lib, hozirgi sharoit uchun eng mukamma’l ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning metodologik asosi vazifasini o’taydigan mazmunni kasb etadi. Bu xujjatlar ham nazariy, ham arnaliy jihatdan o'ta hayotiy bo'lib, uni sinchkovlik bilan o'rganishni, ta`lim - tarbiyaning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda va hayotga tadbiq etishda unga amal qilishni taqozo etadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1-chaqiriq 9 sessiyasida 1997 yil 29 avgustida tasdiqlangan qonun 5 bo'lim, 34 moddadan iborat. Umumiy qoidalar 8 modda. Ta’lim tizimi va turlari l l modda. Ta’lim jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish 5 modda. Ta’lim tizimini boshqarish 11 modda. Yakunlovchi qoidalar 11 modda. Umumiy qoidalar: Bu bo'limda mazkur qonunning maqsadi, qonun xujjatlari, xalqaro shartnomaga amal qilish yo’llari, davlat (siyoatinmg ta’lim sohasida asosiy tamoyillari prinsiplari), ma’lumot olish huquqlari, pedagogik faoliyat yuritish huquqi, ta’limiy muassasalarning huquqiy maqomlari, davlatning ta’lim to'g'risidagi standartlari va ta’limni qanday tilda olish kabi holatlar ko'rsatilgan. Qonun barcha fuqarolarning ta’lim, tarbiya va kasb tayyorgarligi olishining konstitutsiyaviy asoslarini belgilab beradi. O'zbekiston Respublikasi davlat siyoatinmg ta’lim sohasidagi asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: -ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik va demokratiyaga amal qilishi; -ta’limning uzluksizligi va izchilligi; -o'rta umumiy, o'rta maxsus hamda kasb ta’limining majburiyligi; -o'rta maxsus, kasb ta’limi beruvchi akademik litsey hamda, kasb-hunar kollejini tanlashning ixtiyoriyligi; -ta’lim tizimining dunyoviylik xususiyati; -davlat ta’limi standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun tengligi; -ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; -iste’dod va ta’limga qiziqishni rag'batlantirish; -ta’lim tizimini boshqarishda davlat va jamoatchilikning uyg'unligi.O'zbekistonda yashayotgan har bir kishi ta’lim olish huquqiga ega bo'lib, barcha tafovutlarga qaramasdan teng huquqlidir.Ta’lim olishning bepul va pullik shakllaridan foydalanish mumkin.Chet el fuqarolari xalqaro shartnomalar asosida ta’lim olish huquqiga egadirlar. 86 Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ta’lim olishda teng huquqli sanaladi.Ta’lim muassasalari huquqiy maqomga ega bo’lib, attestatsiyadan o`tkazilgan holda akkreditatsiyaga ruhsatnomaga ega bo'ladi. Nodavlat ta’lim muassasalari Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan o’rnatilgan tartib asosida akkreditatsiyadan o’tkazilgandan keyingina huquqiy shaxs maqollga ega bo’ladi. 1.Ta’lim muassasalari qonuniy xujjatlar asosidagi ustav bilai ish yuritadi. Bir qancha ta’lim muassasalari birlashib, o'quv tarbiya kompleksi, yoki o'quv ilmiy ishlab chiqarish uyushma va assotsiatsiyalari tuzishi mumkin. Ustav asosida pullik xizmat ko'rsatish va boshqa tadbirkorlik faoliyatlari bilan shugullanish mumkin.1.Ta’lim tizimi va turlari: O'zbekistonda ta’lim tizimi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini o'z ichiga oladi. Davlat ta’lim standaraari asosida ta’lim dasturlarin amalga oshiruvchi, ilmiy pedagogik muassasalar va boshqarish tashkilotlari hamda ularning joylardagi bo'linmalaridan iborat buladi. O'zbekistonda ta’lim tizimi yaxlit va uzluksizdir. Ta’limning quyidagi turlari mavjud: -maktabgacha ta’lim: (6-7 yoshgacha); -o'rta umumiy ta’lim: (boshlangich 1-4, o'rta umumiy 1-9 sinf) -o’rta maxsus kasb ta’limi: (3 yillik akademik litsey, kasb-hunar kolleji); -oliy ta’lim (bakalavr 4 yil, magistratura-2 yil); -oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim (aspirantura, doktorantura,ilmiy tadqiqotchi); -kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; -maktabdan tashqari ta’lim.(yoshlar ijodiy saroylari, uylari, klublar, markazlar, jismoniy tarbiya va sport maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish oromgoxlari); Bulardan tashqari oila ta’limi va mustaqil ta’lim shakllari ham davlat tomonidan qullab quvvatlanadi. Akkreditatsiyadai o’tgan ta’lim muassasalarini bitirganlar uchun davlat tartibidagi xujjatlar beriladi. (guvoxnoma, diplom, sertifikat, yorliq). 1.Ta’lim jarayonini ishtirokchilarini ijtimoiy himoyalash:-o'quvchilarni ijtimoiy himoyalash maqsadida imtiyozlarini belgilovchi maxsus qonuniy xujjatlar bilan bir qatorda, nafaqa, yotoqxonalar berish mo'ljallangan.Ta’lim sohasidagi xizmatchilar quyidagicha himoyalanadi:- qisqartirilgan ish vaqti, o'quv yili so'ngida uzaytirilgan mehnat ta`tili, qonun asosidagi imtiyozlar (energiya vositalariga 50% ham to`lash, turar joylarni xususiylashtirish) xizmatchini rag’batlantirish uchun imkoniyat darajasida qo'shimcha ish haqi to`lash mumkin. Yetim va qarovsiz qolgan bolalar to`la davlat hisobidan ta’lim - tarbiya olish huquqiga egadirlar. Jismoniy va ruhiy kamoloti izdan chiqqan yoshlarni tarbiyalash uchun maxsus o'quv muassasalari tashkil etiladi. Ularga qabul qilish va qaytarish maxsus ruhiy tibbiy pedagogik komissiya tomonidan yo'lga qo'yiladi. Maxsus o'quv muassasalari qisman yoki to'la davlat ta’liminotida bo'ladi. 2.Ta’lim tizimini boshqarish: O’zbekistan Respubyankasi Vazirlar maxkamasi ta’lim sohasidagi yaxlit davlat siyoatini amalga oshiradi. Ta’limga rahbarlik qiluvchi davlat tashkilotlarini boshqaradi. Ta’lim rivojlantirishning dasturlarini ishlab chiqadi va amalga tadbiq etadi. Ta’lim muassasalarini ochish, o'zgartirish va yopishning tartibini ishlab chiqadi va bajaradi. Ta’limtarbiya muassasalari va ilmiy kadrlarni attestatsiya va akkreditatsiyadan utkazish. O'zbekistonda chet el ta’lim muassasalariga faoliyat yuritishiga ruhsat berish. Chet el ta’lim xujjatlarini tan olish tartibini o’rnatish. Davlat ta’ilim standartlarini tasdiqdash. Ta’lim muassasalariga qabul qilishning davlat (grant) miqdorini belgilash va qabul tartibini ishlab chiqish. Oliy o'quv yurtlarining rektorlarini tayinlash va boshqalar. Ta’limni boshqarishning davlat tashkilotlari vazirliklar, xalq ta’limi bonoparmalari o'z imkoniyati va taqsir doiralarida ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga solib boradi. 87 Ta’lim muassasasini boshqaruvchi rahbar mas’ul shaxs hisoblanadi. Belgilangan tartib asosida jamoatchilik boshqaruv tashkiloti tuzilishi mumkin. Nodavlat ta’lim muassasalari davlat ta’limni boshqarish tashkilotlari tomonidan nazorat qilib boriladi.Yakuniy qoidalar: Ota-onalar yoki qonun bo'yicha vakillarining vazifalari.Ta’limni mablag` bilan ta`nminlash respublika va mahalliy byudjet (sarmoya) hamda byudjetdan tashqari jamg`armalar asosida bo`ladi.Ta’limni taraqqiy ettirish fondi ixtiyoriy to`lovlar (yuridik va jismoniy shaxslarning) asosida buladi. Ta’lim muassasalari xalqaro hamkorlik imkoniyatlariga ega bo'lib, to'g'ridan-to'g'ri ta’limiy muammolarni hal etish buyicha aloqalar urnatish mumkin. Qonunga mos holda birgalikda muassasalar ochish huquqi berilgan. Ta’lim qonunini buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladi. «Ta’lim to’grisida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash miliy dastur»i pedagogika fanining asrlar davomida tuplagan boy ilmiy va nazariy ta’minotlariga tayangan holda ishlab chiqilgan. Unda jahondagi eng ilg`or pedagogik g`oyalarning mohiyati aks etgan. Chunki pedagogika fani shaxsning har tomonlama kamol topishini: aqliy, axoqiy, jismoniy va ruhiy ulg`ayishini tadqiq etib keladi. Ta’lim qonuni va milliy dasturda shaxs, uning jamiyatdagi o’rni, ilm-fan, ishlab chiqarish hamda ta’lim tarbiya muassasalarining uzviy boglikligi chukur ilmiy asoslangan. Hozirgi zamon sharoitida xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning tamoyillari, uzluksiz ta’lim tizimi, unga kirgan muassasalarning maqsad va vazifalari aniq belgilangan. Mazkur xujjatlar shunchalik davlatning ta’lim tarbiya sohasidagi siyoatining ifodasi bo’lib kolmasdan, aniq bajariladigan, bosqichma- bosqich hayotga tadbiq etiladigan vazifalar majmui ham hisoblanadi. Harve Greenning fikricha ta’lim tizimi bu biror xaridor uchun qilingan xizmat emas, ammo ba’zi o‘quvchilar o‘zlarini ta’lim olishga qiziqishlarini yo‘qligi va sustligi bilan ta’lim sifatini tubdan o‘zgartirib yuboradi.7 O'zbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning takomillashib borishiga mos holda ta’lim sohasi ham yangilanib borishi nazarda tutilgan. Ta’lim sohasidagi amaliy o`zgarishlar yoshlarga beriladigan bilim mazmunining yangilanishi, ilg`or pedagogik texnologiyaldarning joriy etilishi, zamonaviy ta’lim vositalarining keng ko’lamda ko’llanilishi, yosh avlodning ma’naviy dunyosining boyishi. Kasb sir va mahoratlarini mukamma’l egallashlarida namoyon buladi. Respublikamizdagi barcha ta`lim muassasalari ham shaklangan, ham mazmunan o'zgarib, XXI asr talablariga mos holatda yetkaziladi. Chunki, ularda ta’lim va tarbiya oladigan yoshlar xalqimiz taqdirini yangi asrda qanday bo’lishini ifodalaydi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning yaratilishida mazkur jihatlar to’la o’rganildi. Milliy dastur asosini O’zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahonning ilg’or mamlakatlari darajasiga ko’tarilishiga hissa qo’shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish jarayoni tashkil etadi. Xo’sh, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qanday xujjat? Uning mazmunida qanday g’oyalar ifoda etilgan?«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g`risida»gi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning taxlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqYosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyoiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g`ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir.1
7Joyce, B., Calhoun, E., Hopkins, D «Pedagogy, Teaching Practices» 2004.
1
Kadrlartayyorlashmilliydasturi //Oliy ta’lim: me`yoriy hujijatlar to’plami.-Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi Bosh tahririyati. 2001. -20-bet. 88 «Kadrlar taworlash milliv dasturi»ning maqsadi— ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javqb beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir2. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadni to’laqonli ro’yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi. Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko’rsatiladi: - «Ta’lim to’g`risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o’quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta`minlash; - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish; - kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqollni ko’tarish; - kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; - ta’lim oluvchilarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma`rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta`minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;-ta’lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta`minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, davlat tuzilmalari, tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; - uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimiga budjetdan tashqari mablag`lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish’- kadrlar tayyorlash sohasida o’zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. O’zbekistonda qabul qilingan ta’lim sohasini isloh etish va malakali kadrlar tayyorlash dasturini amalga oshirish bo’yicha o’tgan davrda bajarilgan ishlarni bugun qandaydir o’lchov va raqamlar bilan baholash juda qiyin, desam, o’ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo’shilasiz. “Shu bilan birga, bu haqda so’z yuritar ekanmiz, yana bir jihatni nazarda tutishimiz lozim. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqida:Ya’ni bizning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan dastur-bu boshqa modellarni qandaydir takrorlash yoki ulardan nusxa ko’chirish emas, aksincha birinchi navbatda rivojlangan demokratik davlatlarda to’plangan tajribani o’zida mujassam etgan va ayni paytda shiddat bilan o’zgarib borayotgan hozirgi zamon talabalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan dasturdir” deb yuksak baholab o’tdi.
3.Ta’lim to’g’risida”gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish
bosqichlari. Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir bosqichda muayyan vazifalarning hal etilishi11 nazarda tutiladi. Ushbu vazifalar quyidagilardan 89 iboratdir: Birinchi bosqich (1997—2001 -yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish. Ikkinchi bosqich (2001 —2005-yillar) — Milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Bu bosqichda, shuningdek, ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to’ldirish ta`minlanadi, ularning faoliyat ida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadini ro’yobga chiqarishning ikkinchi bosqichida ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o’quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish vazifalarining ham hal etilishiga alohida urg`u beriladi. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to’plangan tajribani taxlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu bosqichda, yana shuningdek;- ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash;- o’quv-tarbiya jarayoni yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta`minlanishi; - milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qarorto’tirish va rivojlantirish;- ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog`iga ulanadigan komputer axborot tarmog`i bilan to’liq qamrab olinishiga erishish kabi vazifalarning ham ijobiy yechimi ta`minlanadi.O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» tarkibiy luzilmasi quyidagicha aks etadi.
http://fayllar.org
Yüklə 36,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin