MaxIT PDF
1
Dunyoviylik dahriylikmi?
“Gidromelioratsiya” fakultetining “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-oʻqituvchilari
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, “Oqqoʻrgʻon” MFY ning faollari bilan joriy yilning 24 dekabr kuni
“Dunyoviylik - dahriylik emas” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.
Davra suhbatini mahalla raisi Mahmud Abdullayev ochib, ishtirokchilarni oʻtkazilayotgan maʼnaviy - maʼrifiy
uchrashuv “Oqqoʻrgʻon” mahallasidagi ijtimoiy - maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga
qaratilganligini aytib oʻtdi. Davra suhbatini kafedra dotsenti Qudratillo Raximov davom ettirib ilmlar diniy
va dunyoviy ilmlarga ajratiladi, diniy bilimlar deganda qurʼon, hadis va boshqa diniy manbaalarda
keltirilgan maʼlumotlarni, dunyoviy ilm deganda esa maktab, kollej, institut va boshqa taʼlim
muassasalarida oʻtiladigan fanlar nazarda tutiladi, aslida bu ikki ilmning birgalikda olingani toʻgʻridir.
Biz dunyoviy bilim deb aytayotgan bilimlar, aslida insonning iymonini quvvatlab, eʼtiqodini mustahkam
qilishi haqida gapirdi. Oʻz fikrlarini bir qancha olim va mutafakkirlarimiz, hususan, hozirgi bizning
davrimizda yashab ijod qilgan mashxur olimlardan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
xazratlarining va professor Latipov Qudrat Sharipovichlarning ibratli hayot yoʻllaridan va yozib qoldirgan
asarlaridan misollar keltirdi. Davra suhbati yigʻilganlar oʻrtasida qizgʻin va munozarali boʻlib oʻtdi. Bunday
suhbatlarni koʻproq oʻtkazish mahalla faollari tomonidan taʼkidlandi.
Kafedra assistenti. D. Allayorov axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov
Dostları ilə paylaş: |