7-mavzu: Parmalash va teshik yo`nish stanoklari



Yüklə 358,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix14.12.2023
ölçüsü358,97 Kb.
#180600
  1   2   3   4   5   6
7 Lecture



7-MAVZU: Parmalash va teshik yo`nish stanoklari 
(
The tools, used boring machines)
 

Reja: 
1.
Parmalash va teshik kengaytirish stanoklari guruhining umumiy xarakteristikasi. 
Stanoklarning asosiy tiplari. 
2.
Vertikal va radial-parmalash stanoklari. 
3. Ko'p shpindelli, gorizontal-parmalash stanoklari. Agregat stanoklari haqida 
tushunchalar. 
4. Teshik kengaytirish stanoklari va ularning turlari. 
Tayanch so'z va iboralar 
1. Parmalash va teshik kengaytirish stanoklari guruhi. 2. Vertikal-parmalash 
stanogi. 3. Radial-parmalash stanogi. 4. Teshik kengaytirish stanoklari. 
7.1. Parmalash va teshik kengaytirish stanoklari guruhining umumiy 
 xarakteristikasi 
Umumiy tasnif bo'yicha metall kesuvchi stanoklarning 2-guruhiga parmalash va 
teshik kengaytirish stanoklari kiritilgan bo'lib, ular zagotovkalardagi turli o'lcham va 
shakldagi teshiklarga ishlov berish uchun moijallangan. Bu guruh stanoklari barcha 
metall kesuvchi stanoklarning 20% ga yaqinini tashkil etadi. 
Bu guruhga quyidagi tipdagi stanoklar kiradi (4.1-jadval): 
4.1-jadval 
Tiplari Stanoklarning nomlari 
Modellariga misollar 

Rezerv 

Vertikal-parmalash 
2H118. 2R135F2 

Bir shpindelli varim avtomatlar 

Ko'p shpindelli varim avtomatlar 

Koordinat-teshik kengaytirish 
2A450, 2E450F30 

Radial-parmalash 
2554. 2N55F2 

Gorizontal-teshik kengaytirish 
2620B, 2A620F4-1 

Olmosli teshik kengaytirish 
2706B,2712B 

Gorizontal-parmalash va markazlovchi 
OC-955.OC-901 

Har xil parmalash va teshik kengaytirish 
Parmalash stanoklarida yaxlit materialda bir tomoni berk va ikkala tomoni ochiq 
teshiklarni ochish, mavjud teshiklarning diametrini parmalab kattalashtirish 
(rassverlivanie), teshiklarni yo'nib kattalashtirish va pritirka qilish, list ko'rinishidagi 
zagotovkalardan disklar qirqib olish, teshiklarga zenkerlash, zenkovkalash, 
razvyortkalash, sekovkalash yordamida qo'shimcha ishlov berish, metchik bilan ichki 
rezba-lar ochish va shunga o'xshash ishlar bajariladi. 
Universal parmalash stanoklarining quyidagi turlari mavjud: 
1)
Stol (yoki verstak) ustiga o'rnatilgan stanoklar — kichik dia-metrli (3, 6, 


12 mm gacha) teshiklarga ishlov berish uchun. Model-lari 2D103P, 2P06P, 2D112P, 
2M112 va boshqalar. Bu stanoklarning shpindeli yuqori aylanish chastotalariga ega 
(16000 aylg’min gacha) bo'lib, ular priborsozlikda qo'llaniladi. 
2)
Vertikal va radial-parmalash stanoklari—diametri 18, 25, 35, 50 va 75 mm 
gacha bo'lgan teshiklarga parmalab ishlov beradi. 
3)
Ko'p shpindelli parmalash stanoklari, ularning ish unumdorligi bir 
shpindelli stanoklarnikiga qaraganda birmuncha ortiq bo'ladi. 
4)
Gorizontal-parmalash 
stanoklari—katta 
chuqurlikka 
ega 
bo'lgan 
teshiklarga ishlov beradi (L/D>10-12). 
5)
Zagotovkalarning yon qismida markaz teshiklarini hosil qilish uchun 
mo'ljallangan stanoklar. 
Parmalash stanoklarining asosiy o'lehami sifatida parmalashning eng katta 
diametri, shpindel konusining o'lehami va uning eng katta yurish yo'li ko'rsatiladi. 
Ixtisoslashtirilgan parmalash stanoklariga agregat stanoklarini kiritish mumkin, 
ular maxsus jihozlar (moslamalar, maxsus kesuvchi asboblar va boshqalar)ga ega 
bo'lib, odatda ko'p seriyali va keng ko'lamli-oqimli ishlab chiqarishda qo'llaniladi. 
Maxsus parmalash stanoklari bir mahsulot turida bir yoki bir necha operatsialarni 
bajaradi. Ular odatda boshqa mahsulot turiga qayta moslan-maydi. 

Yüklə 358,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin