9- bob. Raqamli kada



Yüklə 352,95 Kb.
səhifə4/5
tarix03.02.2023
ölçüsü352,95 Kb.
#82683
1   2   3   4   5
Joylashish aniqligi ob’yekt joylashish to‘g‘risidagi axborotini haqiqiy koordinatalarga mosligini bildiradi. Misol uchun, xaritada ob’yektlar 0.5 mm aniqligi bilan ko‘rsatiladi va joyda agar 1:25000 masshtabdagi xaritadan foydalanilgan bo‘lsa bu 12,5 metrga to‘g‘ri keladi, agar 1:250000 masshtabdagi xaritadan foydalanilgan bo‘lsa bu 125 metrga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlar bazasida 1:25000 masshtabadgi xaritalardan olingan ma’lumotlar shartli aniqligi 0,01, 0,01, 0,001 ga teng deb hisoblasa bo‘ladi. Joylashish aniqligini kanday qilib tekshirsa bo‘ladi?

Yuqori aniqlikka ega bo‘lgan manbadan foydalanish kerak va ular:

  • Yirikroq masshtabdagi xarita;

  • GPS (Global Positioning System GPS) kuzatishlari;

  • Daladagi syomka;

5.Boshqa yo‘llarlardan ichki belgilardan foydalanish yoki noaniqlik belgilarini tekshirishlarni ko‘rsatish mumkin, ya`ni yopilmagan poligonlar, ohirigacha etkizilmagan yoki o‘tib ketgan chiziqlar va boshqalar. Ularning katta-kichikligi aniqlikni bildiradi.
Aniqlik turli manba`lardan olingan hatolar asosida hisoblanadi:

  • manba sifatida ishlatilgan xaritadagi aniqlik, misol uchun 1 mm ga barobar;

  • xaritani registratsiya qilish va raqamli tarzga aylantirish jarayonida aniqlik 0,5 mm ga barobar;

  • agarki manba`lari bevosita ishlangan bo‘lsa, umumiy aniqlik o‘rtacha kvadratik hato deb hisoblanadi

6. Atributlar aniqligi haqiqiy ko‘rsatkichlarga mosligi deb tushuniladi. Ob’yektning joylashish to‘g‘risidagi axborot davr mobaynida o‘zgarmasligi mumkin, lekin atributlar o‘zgaruvchan. Shu sababli ularning aniqligi turli yul bilan hisoblanadi. Uzluksiz ob’yektlar (yuzalar) uchun ko‘zatish yoki o‘lchash hatosi kabul qilinadi. Misol uchun, balandlik ko‘zatish aniqligi 1 metrga barobar.
Sifatli ko‘rsatkichlar uchun bir necha savollar tekshiriladi, ya`ni:

  • ob’yektlar toifalari etarli aniqlik va haqiqatga mos xolda belgilanganmi?

  • ob’yekt kerakli toifaga to‘g‘ri kiritilganmi?

Misol uchun,dukon sportmaydoni o‘rniga kiritilmaganmi?
`Agarki ikki xil tuproq yoki o‘simliklarning ―A turi maydonning 70% ni egallasa ―B turi maydonning 30% ni egallasa, shunday poligon ―A deb belgilanadi. ―A turi va ―B turi egallagan maydonlar orasidagi chegarani aniqlash oson emas. Poligonning markazida ―A turi bo‘lishi mumkin, lekin chetlarida ―B turini uchratish extimoli ko‘proq.
Atributlarning aniqligini tekshirish yo‘li shunday ham bo‘lish mumkin. Noto‘g‘ri toifalarga ajratish matritsani tuzish yuli taklif qilinadi, ya’ni tasodifan saralangan nuqtalarni tekshirib va ma’lumotlar bazasiga ko‘ra tegishli toifani aniqlab, ularni daladagi ko‘zatishlar bilan solishtirib aniqligi va to‘g‘riligi tekshiriladi.
7.Mantiqaviy mosligi. Topologik mosligi mantikaviy mosligini bildiradi. Boshqacha aytgandek, shunday savollar tekshiriladi:

  • Ma’lumotlar bazasi atamalarga mos keladimi?

  • Poligonlar bo‘lsa, ularning chegaralari epikmi?

  • Poligon ichida fakat bitta belgimi?

  • Chiziqlar tutashgan joylarda nuqtalar bormi?

  • Yoki chiziqlar nuqtasiz tutashmoqdami?

8.Ma’lumotlarning to‘liqligi. Axborotning sifatini bildiradigan ko‘rsatkich, yoki hamma bor tegishli ma’lumot kiritilganligini ko‘rsatadi. Undan tashqari saralash tartibi, umumlashtirish qoidalari va masshtab ta’siri ko‘zda tutilganmi yo‘qmi degan savollarga javob beradi.
Ma’lumotlarning sifatiga va aniqlikka ularni yaratish jarayonlar tartibi, bajarilgan ishlarning mohiyati va mazmuni, tanlangan aniqlik parametrlari ta’siri katta. Shu sababli Ma’lumotlarga baho berishda shunday savollarni tekshirish lozim:

  • Raqamli tarzga qanday qilib aylantirilgan?

  • Qaysi manba`dan olingan?

  • Qaysi ma’lumotlar to‘plangan?

  • Qaysi tashqilotning ma’lumotlari to‘plagan?

  • Qaysi jarayonlar yordamida ma’lumotlar bazasi barpo etilgan?

  • Ma’lumot qanday qilib qayta ishlandi?

  • Ma’lumotlarni taxririy ishlari bajarilganmi va qaysi tartibda?

  • Hisoblangan natijalarning aniqligi miqdori nimaga teng?

Ma’lumotlar bazasini barpo etishda vujudga kelgan hatolar bir necha guruhga ajratish mumkin va ular:
1. Ob’yekt joylashish hatolar ishlatilgan usulga bog‘liq. Amaliyotda ko‘proq geodezik nazorat va GPS usullaridan foydalaniladi. Geodezik nazorat eng aniq usul, lekin ayrim xolda geodezik punktlarga bog‘lash oson emas. GPS orqali hatolarni aniqlash usuli zamonaviy unumli usullardan biri va undan foydalanilgani ma`qul. Aero-suratlar va koinotdan olingan tasvirlar ham tekshirish uchun mos keladi. Matn tarzdagi izohlar esa past aniqlikka ega va ularga ishonch yo‘q. Misol uchun «chegara daryo o‘rtasida o‘tadi» degan izoh aniqlikni tekshirishga yordam bermaydi.
2. Xaritani raqamli tarzga aylantirish usullariga ko‘ra hatolarning bir necha turi mavjud:

  • Digitayzerda chiziqning nuqtalar koordinatalari aniqlanib kompyuterga kiritiladi va bu usulda aniqlik tanlangan parametr va digitayzer bilan ishlash usulga bog‘liq.

  • Digitayzerdan foydalanilganda operator hatolari alohida turadi. Misol uchun, chiziq yaxshi ko‘rinmasa chiziqning joylashishi hato bilan kuzatiladi va kiritiladi. Shunday hatoni aniqlash va to‘g‘rilash oson emas. Lekin raqamli tarzga aylantirish jarayoni natijasida paydo bo‘lgan hatolar asosiy sabab emas va ushbu hato 0, 5 mm dan oshmaydi.

3. Hato haqiqiy chiziq va uning raqamli tarzga aylantirilgan chizigi solishtirish yo‘li bilan hisoblanadi.
4. Registratsiya hatosi va kontrol nuqtalar joylashish hatosi Ma’lumotlar bazasi aniqligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
5. Koordinatalarni qayta ishlash natijasida hatolar paydo bo‘ladi.
6. Atributlardagi hatolar daladagi ko‘zatishlar va ularni qayta ishlash natijasida vujudga keladi. Lekin hamma bor qayta ishlash natijalarni dalada tekshirib bo‘lmaydi. Aerosuratdan olingan Ma’lumotlar ham hato bilan bo‘lish mumkin.
7. Xaritani yaratish jarayoni shunday hatolarga olib keladi:

  • mazmun va ko‘rsatkichlar umumlashtiriladi;

  • chiziqlar to‘g‘rilab chiziladi va elementlar joyini o‘zgartiradi;

Misol uchun,temir yul bilan ustma-ust tushmasligi uchun ko‘pincha avtomobil yulning joyi o‘zgartiriladi.
8.Qayta ishlash hatolari bir biridan farqlanadi va ular:

  • Mantiqaviy hatolar;

  • Umumlashtirish va izohlash hatolar;

  • Matematik hatolar;

  • Past darajadagi hisob-kitob hatolar;

  • Vektorli Ma’lumotlarni rastrga aylantirish natijasida hatolar.

Aniqlik to‘g‘risidagi ma’lumotni saqlash yo‘li mavjud va undan raqamli ma’lumotlarning sifatini tekshirish maqsadida foydalaniladi.
Rastrli ma’lumotlarda har bir uyada saqlanadigan ma’lumot ayrim ehtimolligi bilan ko‘rsatilgan deb hisoblanadi. Fazodan turib olingan ma’lumotlar yechimligi va batafsilliligiga ko‘ra ob’yektlarni toifalarga ajratish ehtimoli o‘zgarib turadi. Joyning raqamli modelida rastr ichida balandlik noaniqligi tufayli doimiy ko‘rsatkich deb hisoblasa bo‘ladi va ushbu ko‘rsatkich izohning birorta qismida bir marta saqlanadi.
Vektorli ma’lumotlarda esa noaniqlik to‘g‘risida ma’lumotni saqlash 5 darajasi mavjud:

  1. xarita

  2. ob’yektlarning guruhi yoki klassi

  3. polygon

  4. ark

  5. nuqta

Vektorli ma’lumotlarda birorta darajada noaniqlik boshqa darajadagi noaqniqlikka teng emas. Bundan kelib chiqadi:
1. Nuqta noaniqligi undan barpo etilgan arkning noaniqligiga teng emas;
2. Lekin poligon joylashish noaniqligi arklaring noaniqligiga olib kelish mumkin;
3. Hisoblangan aniqlik chiziq va poligonlar uchun atribut qilib saqlanadi:

  • ark uchun bu ikki poligon orasidagi zonaning kengligi;

  • ob’yektning klassi uchun, misol uchun, yo‘lning joylashish hatosi;

  • xaritaning umuman olgan xolda, ya`ni, xamma chegaralar va chiziqlar ayrim aniqlik bilan raqamli tarzga aylantirilgan deb hisobalanadi;

  • nuqta uchun- uning atributi, klass yoki xarita.

Atributlar noaniqligi ikki yo‘l bilan saqlanadi:

  • alohida olingan ob’yektning atributi sifatida. Misol uchun, poligonning 90 % ini tuproqlar ―A turi tashqil qiladi;

  • butun toifananig atributi sifatida. Misol uchun, ―A tuproqlar turi aniqligi 90 % ga barobar.

Ma’lumotlar bazasi yaratilgandan keyin, ob’yektlarga mavzusiga qarab ma’lumotlar (atributiv axborotlar) beriladi, ularga oid jadvallar to‘latiladi, shundan keyin kartaning mavzuli qatlamlarini tuzishga bevosita kirishiladi.

Yüklə 352,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin