9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


А1 – А2 – В1 – В2 – В3 – С



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə53/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

А1 – А2 – В1 – В2 – В3 – С.
А1- zichlangan, chimli, och tusli, kulrang, kam kesakli,qalinligi 7-8 sm.
А2- qalinligi 10-12 sm, och tusli, kulrang, o‘simlik ildizlari bilan qoplangan, mayin kam kesakli, quruq.
В1 – 10-12 sm och tusli, qo‘ng‘ir, kam qattiqlangan, chuvalchanglar izlari ko‘p, karbonat dog‘lari mavjud bo‘lib, ko‘p kesakli.
В2 – 10-15 sm och tusli, mayin karbonatli, 70-85 sm chuhurlida ona jinsi lyosslar joylashgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan morfologik belgilar tuzilishi sho‘rlanmagan tipik bo‘z tuproqlarga moyildir. Ushbu tuproq tipchasining pastki 120-150 sm chuqurlikda gipsli sho‘rlangan qatlam uchraydi. Agarda tipik bo‘z tuproqlar qattiq tog‘ jinslarida rivojlangan bo‘lsa, ularning kesmasidagi gorizontlarning qalinligi kamayadi. Karbonat qatlamchalarining qalinligi ham qisqaradi. Bu xildagi morfologik tuzilish ularning rangini hamda karbonatlarning miqdorining pasayishini ko‘rsatadi. Shunday qilib tipik bo‘z tuproqlar o‘ziga xos morfologik va genetik tuzilishga egadir.
To‘q tusli bo‘z tuproqlar tipchasi baland tog‘ oldi adirlarida tarqalgan zonasi bilan chegaradoshdir. To‘q tusli bo‘z tuproqlar o‘zlarining bioiqlim va gidroiqlim sharoitlari bilan oddiy bo‘z tuproqlar bilan aniqlashsa ham ayrim o‘zgarishlari va belgilari bilan farq qiladi. Masalan: sovuq davrning ko‘pligi, ѐg‘in miqdorning 2-3 barobar ortiqligi, baland hududlarda joylashganligi (1200-1500 m) hamda tuproq paydo bo‘lish ona jinslari ellyuvial va delyuvial jinslaridan tashkil topishi ularning mustaqil tuproq tipchasi ekanligini ko‘rsatadi. Tuproq paydo bo‘lish tog‘ jinslaridan oxaktoshlar, dolomitlar, loyli slanslar, qumli toshlar va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
O‘simliklarni ko‘p yillik o‘tlardan, hamda efimerlardan, butazorlardan, bodom va ayrim joylarda archalardan tashkil topgan.
Tipik bo‘z tuproqlar kesmasining tuzilishiga o‘xshash ya’ni,
А1-А2-В1- В2-В3-С.
А1 – 0,5 sm to‘q tusli bo‘z , qoramtir, og‘ir qumoqli, o‘simlik ildizlari bilan qalin qoplangan.
А2 – 5-15 sm to‘q tusli, zichlangan, kam kesakli, og‘ir qumoqli.
В1 – 15-32 sm to‘q tusli, qo‘ng‘ir, o‘simlik ildizlari bilan qoplangan.
В2 – 32-60 sm bo‘z rangli, qo‘ng‘ir o‘simlik ildizlari bilan qoplangan, yong‘oqsimon va kesakli strukturaga ega, ayrim joylarda karbonatlar dog‘i uchraydi.
В3 – 60-90 sm bo‘z tusli, kulrang, karbonatli.
С – 90-154 sm bo‘z, kulrang qumoqli, juda ko‘p karbonatli, bir xil lyossli qumoqlarda rivojlangan, strukturasiz, kichik g‘ovakli.
Bo‘z tuproqlarning belgilari, mexanik tarkibi, tuz tarkibi, karbonat va gips miqdori, singdirish kationlarning tarkibi, gumus va azot miqdori, gumusdagi gurux va fraksiyalarning tarkibi, Р va К miqdori, mineralogik tarkibi, suv ko‘rsatkichlari keltirilgan (B.V.Gorbunov., J.Ikromov., D.R.Ismatov va boshqalarning ma’lumotlari bo‘yicha, 1974).
Tuproq unumdorligini oshirish, uning evolyutsion rivojlanishini genetik jihatdan baholashda agrofizikaviy xossalarni bilish mudim ahamiyat kasb etadi. Bu urinda birinchi bo‘lib, yana bir tuproqlarning mexanik tarkibi, uni tashkil qiluvchi birlamchi va ikkilamchi minerallarning fizikaviy xususiyatlarini yaxshi baholovchi solishtirma massasi tug‘risida fikr yuritish lozim.17
Bo‘z tuproqlarning tarkibidagi gumus miqdori 1-4%, 2m chuqurligidagi zaxirasi 5-150 t/ga. Mexanik tarkibi o‘rta va og‘ir qumoqli. SHo‘rlanish va sho‘rxoqlanish jaraѐnlari kuzatilmaydi. Ayrim tuproq kesmasini 130-200 sm chuqurligida gips qatlamining rivojlanishiga ko‘ra, bu tuproqlarda quruq qoldiq va Са SO4 miqdorlari ko‘payadi, 65018 kesma. Qolgan tuzlarning yig‘ilishi ѐki to‘planishi bo‘z tuproqlar kesmasini gorizontlarida deyarli sezilarli darajada emas.
Bo‘z tuproqlar karbonatli. Karbonatlarning miqdori 2-10%. Ularning miqdorlari och bo‘z tuproqlarda maksimum darajada tuplanib, to‘q tusli bo‘z tuproq tipchasida kamayadi.
Singdirish kationlarning miqdori 7-14 mg.ekv 100g tuproqda. Gumus gorizontida singdirish kationlarning miqdori 8-14 mg.ekv 100 g tuproqda bo‘lib, ularning ko‘rsatkichlari tuproq kesmasining o‘rta va pastki gorizontlarida kamayadi. Singdirish kationlarining tarkibida eng ko‘p miqdorini kalsiy (70-85%), keyin magniy (6-30%) egallab, natriy va kaliy kationlarining ko‘rsatkichlari 2-10% tashkil qiladi.
Bo‘z tuproqlarda gumus miqdori 1-4 % bo‘lib, ularning ko‘rsatkichlari turli tuproq tipchalarida xar xil. Azotning eng ko‘p miqdori ham gumus gorizontida to‘plangan (0,103 – 0,256%). С:N nisbati 5-8. Gumus tarkibidagi gumin kislotalarning ko‘rsatkichlari biroz ko‘proq (29-39%), fulvokislotalarning miqdori esa kamroq (22-28 %) bo‘lib, bo‘z tuproqlarga fulvotli-guminli tarkib xarakterlidir. Gumin kislotalarning tarkibida asosan II va III gurux fraksiyalari egallasa (12-18%), fulvokislotalar tarkibida I va II gurux fraksiyalari 6-13 % tashkil qiladi, Сгк : Сфк nisbatan 0,8 – 1,3 (gumus gorizontida). Gumin kislotalarning miqdori ko‘p bo‘lganligi sababli, ular bo‘z tuproqlarning gumusli va o‘tovchi gorizontlarining rangini bo‘zsiomn sifatda bo‘lishga olib keladi (B.V.Gorbunov., J.Ikromov, J.Ismatov va boshqa.1974) hamda donador strukturani tashkil qilishda ishtirok etadi.
Bo‘z tuproqlar fosfor va kaliy elementlariga boy. Fosforning eng ko‘p miqdori oddiy bo‘z tuproqlarning gumusli gorizontida bo‘lib, uning miqdori to 0,233 % gacha. Fosforning bu darajada to‘planishi asosan biologik jaraѐnlar bilan bog‘liqdir. Tuproqlarning pastki gorizontlarida ya’ni lѐsslarda biologik jaraѐnlar deyarli rivojlanmaganligi sababli, fosforning miqdori juda kam (0,10-0,12 %).
Bo‘z tuproqlarda yalpi fosforning miqdori ancha ko‘p bo‘lsa ham ularning ko‘p qismi kam eruvchan shakllarida bo‘lganligiga ko‘ra o‘simliklar tomonidan nihoyat darajada kam o‘zlashtiriladi.
Bo‘z tuproqlarning ona jinslari lyosslarda kaliy to‘playdigan minerallar-dala shpatlari va slyudalar ko‘p bo‘lganligi sababli, bu tuproqlarda kaliyning yalpi miqdori juda ko‘p 1,7-2,4%, harakatchan shaklli esa to 723 mg/kg qadar yetadi.
Bo‘z tuproqlarning yalpi kimyoviy va mineralogik tarkibi deyarli bir xil. Ularning tarkibida asosan kvars, dala shpati hamda kaolinit, xlorit va boshqa minerallar uchraydi.
Bo‘z tuproqlar yaxshi mikroagregatlik qobilyatiga, suv-fizikaviy xossalari yaxshi
17 Enciclopedia of Soil Science Second Edition edited by Rattan lal 7-bet



Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin