9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə56/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Klassifikatsiyasi. O‘zbekistonning gidromorf tuproqlari, avvalo mintaqalar bo‘yicha joylashishiga qarab: cho‘l mintaqasining gidromorf tuproqlariga va bo‘z tuproqlar poyasining gidromorf tuproqlariga ajraladi.
Namlanish sharoitiga ko‘ra xar ikkala mintaqadagi tuproqlar allyuvial tuproqlarga va saz rejimdagi tuproqlarga bo‘linadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan xar bir gurux doirasidagi o‘tloqi, botqoq va sho‘rxok tuproqlar tipi va botqoq-o‘tloqi, o‘tloqi, sho‘rxok xamda botqoqsho‘rxok tuproqlar tipchasiga ajratiladi.
O‘tloqi, botqoq-o‘tloqi va botqoq tuproqlar sho‘rlanish darajasiga qarab: sho‘rlanmagan, kuchsiz sho‘rlangan, o‘rtacha sho‘rlangan va kuchli sho‘rlangan tuproqlarga ajratiladi. O‘tloqli tuproqlar orasida bundan tashqari sho‘rtobsimon o‘tloqli tuproqlar xam uchraydi.
Gumus miqdoriga ko‘ra, o‘tloqli va botqoq-o‘tloqli va botqoq tuproqlar (sholipoyalar)ga ajratilib, bo‘lar, o‘z navbatida, yangidan sug‘orilaѐtgan va qadimdan sug‘orilib kelinaѐtgan tuproqlarga bo‘linadi.


14.2. Cho‘l mintaqasining gidromorf tuproqlari
Tayanch so‘z va iboralar: cho‘l mintaqasi, gidromorf tuproqlar, allyuvial tuproqlar o‘tloqi tuproqlar,allyuvial, cho‘l tuproqlari, sizot suvlari, kapillyar,kimyoviy,fizikaviy, mexanik tarkib.
Cho‘l mintaqasidagi gidromorf tuproqlar darѐ vodiylari va deltalarida katta maydonni egallab, ularning ko‘pchilik qismi allyuvial namlik rejimidagi tuproqlardir. Zarafshon darѐsining ѐyilmalarida saz rejimdagi tuproqlar tarqalagan.
Amudarѐ, Sirdarѐ, Zarafshon darѐlarining vodiylari va deltalarida, anchagina maydonda gidromorf tuproqlar uchraydi: qayir-allyuvial; o‘tloqi, allyuvial to‘qay chimli allyuvial-o‘tloqi, botqoq-o‘tloqi, o‘tloqli-botqoq, sho‘rxokli-botqoq tuproqlar va sho‘rxokli cho‘l mintaqasida eng ko‘p tarqalgan gidromorf tuproqlardir.
Cho‘l mintaqasidagi gidromorf tuproqlarning o‘ziga xos xususiyati gumusining kamligi va sho‘rlanganligidir. Darѐ vodiylaridagi va deltalaridagi o‘tloqi, botqoq-o‘tloqi va qisman botqoq tuproqli yerlardan sug‘orib dexqonchilik qilishda foydalaniladi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin