A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


TMZlarni aktiv sifatida tan olish mezonlari



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

TMZlarni aktiv sifatida tan olish mezonlari
Tovar-moddiy zaxiralaming tashkilotga kelgusida aktiv bilan 
bogMiq iqtisodiy nafning kelib tushishiga ishonch mavjudligini 
aniqlashda korxona dastlabki tan olish paytida mavjud boMgan faktlarga 
asoslanib boMajak iqtisodiy nafning olinishi ehtimolligi darajasini 
baholashi lozim boMadi. Buning m a’nosi shundaki, korxona olingan 
aktivga egalik qilish, undan foydalanish va boshqarishga bog‘liq boMgan 
barcha boMajak daromadlar (ular odatda tovar-moddiy zaxiralaming 
chiqib ketishi, shuningdek sotilishidan tushadigan daromadlar shaklida 
namoyon boMadi) o ‘ziga tegishli boMishiga ishonch hosil qilishi lozim 
va mazkur obyektga egalik qilishga bogMiq barcha tavakkalchilikni 
(jumladan mulkning tasodifan ishdan chiqishi yoki buzilishi xavfi, 
shuningdek uni saqlash, qayta ishlash va hisobdan chiqarishga bogMiq 
ko‘zda tutilgan xarajatlami) o ‘z zimmasiga oladi. Iqtisodiy naf olish 
ehtimolligining mavjudligi korxonani aktivi bilan bogMiq boMgan, 
iqtisodiy moddiy boyliklarga ega boMishi va shunga muvofiq tegishli 
tavakkalchilikni o ‘z zimmasiga olishi xususida oydinlik kiritilishini 
taqozo etadi. Odatda iqtisodiy manfaatlar va tavakkalchiliklar korxonaga 
toMiq oMgandagina bunday aniqlik paydo boMadi. Bungacha esa aktivni 
xarid qilish operatsiyasi deyarli talafotlarsiz (jarimalarsiz) bekor 
qilinishi mumkin, shuning uchun aktiv tan olinmaydi.
Tovar-moddiy zaxiralami tan olishning yuqorida keltirilgan 
aktivning qiymati ishonchli baholanishi mumkinligi sharti buxgalteriya
248


hisobi amaliyotida odatda oson qoniqtiriladi, chunki aktivni xarid qilish 
operatsiyasi natijasida uning qiymati aniqlanadi. Masalan, tovar-moddiy 
zaxiralar boshqa shaxslardan sotib olinayotganda ulaming qiymatini 
baholashning asosiy ishonchli ko‘rsatkichi tovar-moddiy zaxiralaming 
tomonlami qoniqtiradigan va oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan 
bahosi hisoblanadi; tovar-moddiy zaxiralar korxonaga bepul kelib 
tushganda 
baholashning 
asosini 
tegishli 
o ‘tkazish 
hujjatlarida 
ko‘rsatilgan tovar-moddiy zaxiralar qiymati yoki ular kelib tushgan 
paytdagi bozor qiymati tashkil qiladi. Bunda, agar aktiv xo‘jalik 
yurituvchi subyektning o ‘z kuchi bilan mustaqil yaratilgan bo‘lsa, uning 
qiymatini materiallar, ishchi kuchini sotib olish bo‘yicha tashqi tomonlar 
bilan olib borilgan operatsiyalar hamda tovar-moddiy zaxiralami 
yaratish (ishlab chiqarish) jarayonidagi boshqa xarajatlar asosida 
ishonchli baholash mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralami tan olishning uchinchi sharti, ularga 
boMgan mulkiy huquqning korxonaga o ‘tganligi shundan kelib 
chiqadiki, m a’lum muddatga (masalan, moliyaviy hisobotni tuzish 
sanasigacha) bo‘lgan davrda xo ‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida 
bo‘lgan barcha zaxiralar, ular qayerda joylashgan boMishidan qat’iy 
nazar, tovar-moddiy zaxiralarga olib boriladi. Y a’ni, buyumni x o ‘jalik 
yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralariga o ‘tkazishning hal 
qiluvchi mezoni bo‘lib uning mazkur buyumga bo ‘lgan mulkiy huquqi 
hisoblanadi. Shu bilan birga, xo ‘jalik yurituvchi subyektga tegishli 
hududda boshqa jismoniy va yuridik shaxslaming mulki boMgan 
buyumlar bo‘lishi mumkin. Konsignatsiya shartnomasi asosida kelib 
tushgan tovarlar yoki tovar-moddiy zaxiralami sotish haqida hisob-kitob 
hujjatlari rasmiylashtirilib, ammo o ‘z vaqtida xaridor tomonidan olib 
chiqib ketilmagan tovarlar bunga misol bo‘la oladi. Bular xo‘jalik 
yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralariga kirmaydi.
Sotib olingan va hali y o ‘lda boMgan tovarlar, agar ularga boMgan 
mulkiy huquq xo‘jalik yurituvchi subyektga berilgan boMsa, uning
249


tovar-moddiy zaxirasi hisoblanadi. Mulkiy huquqning berilishi sanasi 
odatda tovarlami sotib olish shartnomasida belgilanadi.
X o‘jalik 
yurituvchi 
subyektning 
tovar-moddiy 
zaxiralariga 
ta’minotchi tomonidan yuklab j o ‘natilgan, mulkiy huquq xaridorga 
o ‘tmagan, ammo qabul qilish paytida xaridor tomonidan yaroqsiz deb 
topilgan va qaytarilishi lozim bo‘lgan tovarlar kiritilmaydi.
Materiallami buxgalteriya hisobida to ‘g ‘ri baholash muhim 
ahamiyatga ega hisoblanadi. 4-son BHMSning 11-bandiga muvofiq, 
materiallami baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo‘yicha -
balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx bo ‘yicha (sotib olish narxi 
yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‘yicha (sof sotish 
qiymati) bo‘yicha amalga oshiriladi.
Materiallami sotib olish bilan bog‘liq boMgan va ulaming 
tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
- materiallaming shartnoma qiymati;
- boj to ‘lovlari va y ig ‘imlari;
- materiallami 
sotib 
olishda 
qatnashgan 
ta ’minotchi 
va 
vositachilarga to ‘lanadigan komission haqlar;
- materiallami sertifikatlash va texnik sharoitlarga muvofiq 
sinovdan o ‘tkazish xarajatlari;
- transport-tayyorlov xarajatlari;
- transportirovka qilish tavakkalchiliklami sug‘urtalish xarajatlari.
M ateriallami sotib olish xarajatlari ulami paydo bo‘lishini
tasdiqlovchi 
boshlang‘ich 
hujjatlarga asoslanadi. 
Bu hujjatlarga 
hisobvaraq-faktura, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, inventarlash 
dalolatnomasi va boshqalami kiritish mumkin.
Xarid qilingan materiallarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar 
(akkreditiv ochish xarajatlari, o ‘tkazmalar uchun bank komissiyasi, 
tovar-moddiy zaxiralami chet el valyutasida xarid qilish chog‘ida 
valyutani konvertatsiyalash bo‘yicha komissiya va boshqa bank 
xizmatlari), 
materiallami 
xarid 
qilish 
bo‘yicha 
shartnomalami
250


tayyorlash, ro‘yxatdan o ‘tkazish va yopish bilan bogMiq xarajatlar 
hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bogMiq boMmagan boshqa 
xarajatlar materiallaming tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir 
boMgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi.
Materiallar kredit hisobiga xarid qilinganda yoki tayyorlanganda 
kredit (qarz)dan foydalanganlik uchun foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar 
uning hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan materiallaming 
tannarxiga kiritilmaydi.
Tashkilotning transport-tayyorlov xarajatlari quyidagi usullardan 
biri bo‘yicha hisobga qabul qilinadi yoki xarid qilingan materiallar 
qiymatiga kiritiladi:
a) transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita 
(to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri) kiritish (shartnoma narxiga qo‘shish, ustav kapitaliga 
kiritilgan badalning pul bahosiga qo‘shish, tekinga olingan va h.k. joriy 
qiymatiga qo‘shish).
Transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita 
(to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri) kiritish usulini ko ‘p boMmagan nomenklaturadagi 
tovar-moddiy zaxiralarga ega boMgan tashkilotlarda, shuningdek tovar- 
moddiy zaxiralaming alohida turlari va gumhlarining qiymati katta 
ahamiyatga ega boMgan hollarda qoMlash maqsadga muvofiq;
b) yetkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlariga binoan transport- 
tayyorlov xarajatlarini alohida sintetik 1510-“Materiallami tayyorlash va 
xarid qilish” schyotiga olib borib, keyinchalik ulami “Materiallar” 
elementi bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga yoki ishlatilishiga 
qarab ishlab chiqarish xarajatlariga va (yoki) davr xarajatlariga kiritish.
Tovar-moddiy zaxirani baholashning ikki usuli bor ular: yalpi 
foyda usuli va tovar-moddiy zaxiraning chakana savdo usuli45.
Ishlab chiqarish zaxiralarining haqiqiy tannarxini aniqlash, ulami 
baholashning quyidagi usullarini qoMlash bilan amalga oshiriladi:
45 W a n M a d z n a h W a n Ib ra h im v a M o h d R izal P a lil “ F u n d a m e n ta ls o f b u s in e s s a c c o u n tin g ” O x fo rd u n iv e rsity Press, 
2 0 1 4 ; 10 3-b et.
251


1. Donalab baholash.
2. FIFO (birinchi tushum oxirgisi zaxiraga).
3 . 0 ‘rtacha qiymat usuli (AVECO).
Materiallami hisobdan chiqarish tartibi korxonaning hisob 
siyosatida belgilanishi lozim.
Har bir birlik tannarxi usuli bo ‘yicha alohida tartibda ishlatiladigan 
materiallar (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar) baholanadi. 
Bunday materiallaming birligi odatda yagona namunada bo ‘ladi.
Materiallami FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarish zaxiralar oy 
davomida va boshqa davrda ulami sotib olish ketma-ketligi bo‘yicha 
foydalaniladi degan taxmindan kelib chiqib hisoblangan bahoda amalga 
oshiriladi. Bu usul qoMlanganda oyning oxiriga zaxirada turgan 
materiallami baholash vaqtga k o ‘ra oxirgi sotib olingan materiallaming 
haqiqiy 
tannarxi 
bo‘yicha amalga oshiriladi, 
sotilgan tovarlar, 
mahsulotlar, ish va xizmatlar tannarxida esa vaqtga ko‘ra avval sotib 
olinganlaming tannarxi hisobga olinadi.
0 ‘rtacha tortilgan qiymat (AVECO) usuliga muvofiq, har bir 
birlikning qiymati davr boshiga o ‘xshash birliklaming o ‘rtacha tortilgan 
qiymatidan hamda davr mobaynida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan 
o ‘xshash birliklaming qiymatidan aniqlanadi. Materiallaming o ‘rtacha 
qiymati davriylik asosida (davriy hisob) yoki har bir qo‘shimcha 
yetkazib berish jarayonida (uzluksiz hisob) hisoblanishi mumkin.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin