A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

Sof sotish qiymati 
- tovar sotilishining taxminiy qiymatidan 
tovarlami sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining 
ayirmasidir.
Har bir modda bo‘yicha usul 
- tovar-moddiy zaxiralaming har 
bir moddasi (navi, markasi, turi va shu kabilar) tannarxi va so f sotish 
qiymati solishtiriladi (taqqoslanadi) va ushbu ikki qiymatdan eng pasti 
har bir modda bo'yicha moliyaviy hisobotga kiritiladi.
253


Asosiy tovar guruhlari usuli 
-
tovar-moddiy zaxiralaming 
tannarxi yoki sof sotish qiymatidan eng pasti, TM Zlaming har bir 
kategoriyasi yoxud guruhi bo‘yicha umumiy summadan kelib chiqib 
aniqlanishi k o ‘zda tutiladi.
Zaxiralar umumiy hajmi usuli 
- tovar-moddiy zaxiralaming 
tannarxi yoki sof sotish qiymatidan eng pasti zaxiralar tannarxining 
umumiy summasi va sof sotish qiymatining umumiy summasidan kelib 
chiqqan holda aniqlanadi.
9.3. Tovar-moddiy zaxiralam i hisobga olish tizimlari
M ahsulot ishlab chiqarish, tovarlami sotish, ishlami bajarish va 
xizmatlar k o‘rsatish jarayonining xarakteri va xususiyatlariga bog‘liq 
holda tovar-moddiy zaxiralar hisobi uzluksiz (doimiy) yoki davriy 
hisobga olish tizimlaridan biri bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin46.
Tovar-moddiy zaxiralami uzluksiz (doimiy) hisobga olish.
Tovar- 
moddiy zaxiralami uzluksiz hisobga olish tizimidan foydalanilganda 
tovar-moddiy zaxiralami hisobga olish schyotlarida ulaming kelib 
tushishi va chiqib ketishi bo‘yicha operatsiyalar batafsil aks ettirib 
boriladi. Natijada butun hisobot davri mobaynida quyidagilar aniq 
boMadi: m a’lum bir tovar-moddiy zaxiralaming mavjudligi va sotilgan 
zaxiralaming tannarxi. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralaming tannarxi, 
sotishning borishiga qarab “ Sotilgan mahsulot tannarxi” schyotida aks 
ettiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralami davriy hisobga olish.
Davriy hisobga 
olish tizimi qo ‘llanilganida yil davomida tovar-moddiy zaxiralami 
batafsil hisobi yuritilmaydi. Tovar-moddiy zaxiralaming haqiqatdagi 
mavjudligi 
ulami inventarizatsiya natijalari bo ‘yicha aniqlanadi. 
Sotilgan tovar-moddiy zaxiralaming tannarxi ulami inventarizatsiyasi 
yakunlanishiga qadar aniqlanishi mumkin emas, chunki sotilgan tovar-
46 O r tiq o v A. v a b o s h q a la r. 0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s i b u x g a lte riy a h is o b in in g m illiy sta n d a rtla rig a sh a rh la r 
to 'p la m i. Т .: N o rm a. 2 0 1 0 . 2 5 2 -b .
254


moddiy zaxiralaming tannarxini hisob-kitob qilish quyidagi formula 
bilan amalga oshiriladi:

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin