sanadagi tiklash qiymati bo‘lishi kerak.
Nomoddiy aktivlami qayta baholashda joriy qiymatni hujjatlar
asosida tasdiqlash uchun korxonaning ixtiyoriga ko‘ra
quyidagilardan
foydalanilishi mumkin:
a) tayyorlovchi firmalar va ulaming rasmiy dilerlari hamda
vakolatxonalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday nomoddiy
aktivga doir narxlar to‘g ‘risidagi m a’lumotlar;
b) qayta baholashni o ‘tkazish sanasiga va nomoddiy aktivlami
xarid qilish sanasiga Markaziy bank kurslarining
nisbati sifatida
aniqlanadigan hisob-kitob koeffitsiyentini qo ‘Hagan holda xarid qilish
sanasiga
EAVda
nomoddiy
aktivlarning
qiymati
to‘g‘risidagi
m a’lumotlar (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo ‘lganda);
d) qayta baholashni o ‘tkazish davrida ommaviy axborot vositalari
va maxsus adabiyotlar va shu kabilarda e ’lon qilingan narxlar darajasi
to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar;
e) tegishli nomoddiy aktivning qiymati to ‘g ‘risida baholovchining
hisoboti.
Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (tiklash)
qiymatini qayta
baholash chog‘ida ulam ing qayta baholash sanasidagi jamlangan
amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (tiklash) qiymatini
o ‘zgartirishning tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyinchalik
amortizatsiyani hisoblash qayta baholangan (tiklash)
qiymatidan amalga
oshiriladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymatini
uning boshlang'ich qiymatiga bo‘lish y o ‘li bilan aniqlanadi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarning qo‘shimcha
baholangan summasi rezerv kapitali tarkibiga "Mulkni qayta baholash
bo‘yicha tuzatishlar" schyotiga o ‘tkaziladi.
Qayta baholash
natijasida nomoddiy
aktivlar qiymatining
kamayish summasi avvalgi hisobot davrlarida o ‘tkazilgan ushbu
obyektning qo‘shimcha baholash summasi chegarasida "Mulkni qayta
baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti bo ‘yicha
rezerv kapitalini
kamaytirishga olib boriladi. Obyekt qiymatining kamayish summasining
uning q o ‘shimcha baholash summasidan yuqorisi boshqa operatsion
xarajatlarga kiritiladi.
378
Nomoddiy aktivlaming qayta baholash natijalari nomoddiy
aktivlami qayta baholash amalga oshirilgan joriy davrda moliyaviy
hisobotda aks ettiriladi.
11.17-jadval
Dostları ilə paylaş: