A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda olingan schyotlar va



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

16.2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda olingan schyotlar va
majburiyatlar hisobining vazifalari
Majburiy at - fuqarolik huquqi m e’yorlari - fuqarolik huquqiy 
munosabatlari bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlaming eng 
keng tarqalgan shaklidir. Majburiyat-huquqiy munosabat bo‘lib, uning 
ta ’sirida bir tomon (qarzdor) boshqa tomon (kreditor) foydasiga, 
masalan, mulkni o ‘tkazish, ish bajarish, xizmat k o‘rsatish, pul to‘lash 
kabi 
muayyan 
harakatni 
bajarish 
yoxud 
muayyan harakatdan 
chetlanishga majbur bo‘ladi, kreditor esa qarzdordan majburiyatlarini 
bajarishni talab qilish huquqiga ega. M ajburiyatlar tegishli ravishda va 
o ‘m atilgan muddatda qonun va shartnoma ko‘rsatmalariga muvofiq, 
bunday ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmaganda esa - odatda qo‘yiladigan 
talablarga muvofiq tarzda bajarilishi lozim. Majburiyatlami bajarish 
muddati va usuli qonun yoki shartnoma asosida o ‘matiladi. Amaldagi 
qonunchilikka 
ko‘ra 
majburiyatlarning 
bajarilishini 
ta ’minlash 
usullariga quyidagilar kiritiladi: jarima, garov, kafillik, kafolat, chegirib 
qolish.
Shunday qilib, majburiyatlar vositasida tadbirkor o‘z ishini oqilona 
tashkil etgan holda uni barcha zaruriy narsalar bilan ta ’minlaydi, o ‘z 
tovarini sotadi va buning oqibatida boshqa shaxslar oldida yuzaga 
kelgan majburiyatlami bajaradi. Korxonalar majburiyatlarini hisoblash 
tizimiga makroiqtisodiy yondashuv hisobot m a’lumotlarini taqdim etish 
metodlarining 
tarmoq 
va 
umuman 
mamlakatlaming 
iqtisodiy 
ko ‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlashdan iborat. Milliy iqtisodiy maqsadlar
520


iqtisodiy 
tanazzul 
vaqtida 
kapital 
qo‘yilmalarni 
ko ‘payishini 
rag‘batlantiruvchi moliyaviy hisobotni talab etadi.
Buxgalteriya hisobi 
nuqtayi nazaridan majburiyat xo ‘jalik 
faoliyatida yuz bergan voqeani o ‘zida aks ettirib, bu axborot moliyaviy 
hisobotdan foydalanuvchilarga taqdim etilishi lozim. 0 ‘z navbatida, 
majburiyatlar paydo b o iish i, o ‘zgarishi va bekor qilinishi holatlari 
moliyaviy hisobotda umumiy yondashuvlar bilan aniqlanadi.
Korxonalar x o ‘jalik faoliyati faktlarining umumiy majmui qismi 
sifatida iqtisodiy yoki yuridik faktlar haqida gapira olamiz. Bunda 
buxgalteriya axborotlaridan tashqari iqtisodiy yoki yuridik mazmunli 
faktlar bir-biridan mustaqil ravishda k o ‘rib chiqilishi mumkin.
Korxonalaming xo‘jalik operatsiyalari va boshqa xo'jalik faoliyati 
faktlarini ko‘rib chiqishda ikki ko‘rish burchagi ostida odatda ulaming 
mutlaqo 
farqli talqinini 
olamiz. 
Masalan, 
korxonaga yetkazib 
bemvchilardan mol-mulk tushumi iqtisodiy nuqtayi nazardan firma 
m ablagiari hajmi ortganini, uning ishlab chiqarish quw atlari va 
potensiali o ‘sishini anglatadi. 
Mol yetkazib 
beruvchilar oldida 
qarzdorlikning yuzaga kelishi ular tomonidan korxonaga taqdim etilgan 
qarz hajmining oshishini anglatadi. Firmaning ixtiyoriy qarzi yuzaga 
kelganidan tortib to qaytarilgunga qadar amalda tashkilot tomonidan 
olingan qarzni o ‘zida aks ettiradi. Ixtiyoriy foizlardan holi kreditorlik 
qarzi - korxonalaming vaqtinchalik daromadi hisoblangan bepul qarzdir.
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual 
asoslari” deb nomlangan 0 ‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya 
hisobining milliy standartida majburiyatni odatda, aktiv olinganda yoki 
xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivni sotib olish to ‘g ‘risida bitimga 
kirishgan daqiqadan paydo b o ia d i, deb k o ‘rsatilgan.
Majburiyatlarning 
yuridik 
va 
iqtisodiy 
mazmuni 
x o ‘jalik 
yurituvchi subyektlar majburiyatlarining moliyaviy hisobot maqsadlari 
uchun zamrligini taqozo etadi. Hisob nazariyasida majburiyatlar asoslar 
bo‘yicha tasniflangan b o iish i mumkin. Shunday qilib, yuqorida 
keltirilgan 
fikr-mulohazalami 
umumlashtirib, 
majburiyatlami 
quyidagicha guruhlashni taklif qilamiz:
521


1)ularda hisob subyektlari - korxonalaming ishtirok etishi varianti 
bo‘yicha;
2)tashkilotning moliyaviy ahvoliga ta’sir ko'rsatishi davomiyligi 
bo‘yicha;
3)muddatlari b o ‘yicha;
Iqtisodiy m a’nosiga ko‘ra majburiyatlar korxona tomonidan 
olingan yoki olinishi mumkin (kreditorlik qarzi), taqdim etilgan va 
taqdim etilishi mumkin (debitorlik qarzi), kelgusida monetar kabi 
nomonetar aktivlar oqimini shakllantiruvchi qarzlar hajmini o ‘zida aks 
ettiradi.
Masalan, mol yetkazib beruvchilardan pulini kelgusida to ‘lash 
sharti bylan tovarlar olishda xaridor amalda ushbu tovarlarga egalik 
huquqi yuzaga kelganidan to mol yetkazib beruvchilarga pul 
o‘tkazilguncha b o ‘lgan muddatga qadar amalga oshirilgan o ‘tkazma 
hajmida qarz oladi. Buning ustiga, agar tuzilgan shartnoma shartlarida 
tijorat kreditlash yoki mol yetkazib beruvchilar yo‘qotishlarini 
qoplashning boshqa variantlari ko‘zda tutilmasa, pulning vaqt bo ‘yicha 
qiymati omili ta ’sirida xaridor mol yetkazib beruvchilardan mutlaqo 
bepul qarz oladi.
Shunga o ‘xshash sotuvchi kelgusida to ‘lash sharti bilan tovar 
sotishda tovar sotilganidan to xaridor tomonidan pul toiang un ga qadar 
muddat m obaynida bir tomondan tovarga egalik huquqini yo‘qotadi, 
ikkinchi tomondan, sotilgan mulk narxini tashkil etuvchi pulga ega 
boim aydi. Shundan kelib chiqilsa, moliyaviy hisobotda aks ettirilgan 
debitorlik qarzi amalda korxona aylanmasidan chiqarilgan (chetga jalb 
qilingan) m ablag1 hajmini ko ‘rsatadi.
M ajburiyatlar 
iqtisodiy 
talqini 
buxgalteriya 
axborotlarini 
shakllantirishda ularni baholashga pulning vaqtinchalik qiymati 
tamoyiliga qurilgan mutanosib yondashuvlami taqozo etadi. Baholash 
miqdorlarining hisob-kitobi bu yerda yo “bugungi” summalami 
“ertangi” pullarda hisoblashni - o ‘stirish jarayonini, yoki “ertangi” 
summalami “bugungi” pullarda - diskontlash jarayonini talab qiladi. 
Bunday yondashuv (albatta muayyan darajadagi nisbiylik bilan) 
majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan to ular qaytarilgungacha b o ‘lgan
522


davr 
uchun 
olinishi 
lozim 
b o ‘lgan 
summaning 
qanchalik 
qadrsizlanishini ko‘rishga imkon beradi.
M ajburiyatlaming huquqiy jihatdan tartibga solish 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari 
va boshqa m e’yoriy hujjatlarda o ‘z aksini topgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi PF- 
1938-sonli “X o‘jalik yurituvchi subyektlaming iqtisodiy nochorligi va 
shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslaming 
javobgarligini 
kuchaytirish 
to ‘g ‘risida”gi 
Farmoni 
korxona 
va 
tashkilotlaming 
iqtisodiy 
nochorligi uchun 
xo‘jalik 
yurituvchi
subyektlar 
mansabdor 
shaxslarining mas’uliyatini 
kuchaytirish,
shartnomalaming o ‘z vaqtida tuzilishi va belgilangan majburiyatlaming 
lozim darajada bajarilishini ta ’m inlash maqsadida qabul qilingan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24- 
apreldagi 177-sonli “0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “X o‘jalik 
yurituvchi 
subyektlaming 
iqtisodiy 
nochorligi 
va 
shartnoma
majburiyatlarming 
bajarilishi 
uchun 
mansabdor 
shaxslaming 
javobgarligini kuchaytirish to ‘g ‘risida” 1998-yil 4-martdagi PF-1938- 
son farmonining bajarilishini ta ’m inlash chora-tadbirlari haqida”gi 
Qarori ham respublikamizda x o ‘jalik yurituvchi 
subyektlaming 
shartnoma majburiyatlarini bajarishga qaratilgan.
Joriy qarzlami so‘ndirish ushbu qarzlar mavjud bo‘lmaganda 
subyektlaming kundalik faoliyatida foydalanishi mumkin bo‘lgan 
resurslami qo‘llashni taqozo etadi. Aynan shu jihati bilan ular uzoq 
muddatli qarzlardan farq qiladi. Joriy qarzlami so‘ndirish uchun joriy 
aktivlardan foydalanilgani sababli ulam ing mavjud bo ‘lish davri 
ko‘pincha bir xilda - bir yildan ortiq b o ‘lmaydi.
X o ‘jalik yurituvchi subyektlarida mol yetkazib beruvchilar bilan 
hisob-kitob muomalalari hisobining asosiy vazifalari quyidagilar 
hisoblanadi:
- hisob-kitob muomalalarini o ‘z vaqtida hisobga olish;
- o'zaro hisob-kitob muomalalarini o ‘z vaqtida va to ‘g ‘ri 
hujjatlashtirish;
- mol yetkazib beruvchi
523


- lar bilan o ‘z vaqtida, shartnomada belgilangan hisoblashish 
shakllariga amal qilishni nazorat qilish;
- qarzlami qaytarish muddatidan o ‘tkazib yubormaslik maqsadida 
debitor va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblami o ‘z vaqtida 
solishtirish;
- hisob-kitob to io v imtizomiga rioya qilinishi ustidan nazorat olib 
borish.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin