m a’nosi kapital hisobi beriladigan hisob
va naqd pul hisobi qabul
qilinadigan hisob.
2. Biznes tashkiloti naqd pulga ofisda foydalanish uchun mebel
sotib oladi. Haqiqiy ikkiyoqlama yozuv tizimida quyidagicha bo‘ladi:
D e b it: mebel hisobi.
Kredit: naqd pul hisobi.
Maqsad:
bu operatsiyada mebel hisobida mebel qabul qiluvchi va
naqd pul hisobida mebel uchun to ‘langan pul aks etadi.
3. Biznes tashkiloti chakana savdo tovarini sotib oldi.
Ikkiyoqlama
yozuvda quyidagicha aks etadi:
D e b it: Sotib olish hisobi.
Kredit: Naqd pul hisobi.
Maqsad:
bu operatsiyada tovami sotib olish hisobida aks etadi va
naqd pul hisobida tovar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul
aks etadi.
Har bir biznesda, biznes faoliyatida
asosiy mahsulot yoki
Tovar sotib olingan vaqtda “ sotib olish” hisobidan foydalaniladi.
4. Biznes tashkiloti mol yetkazib beruvchidan kreditga chakana
savdo tovari sotib oldi (mol yetkazib beruvchi kreditor sifatida boshqa
biznes
tashkilotlariga
tovar
va
mahsulotlarini
qarzga
beradi).
Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko‘ra quyidagicha aks etadi:
D e b it: sotib olish hisobi.
Kredit: Kreditor hisobi.
Maqsad:
bu operatsiyada sotib olish
hisobida Tovar qabul qilindi,
biroq mol yetkazib beruvchi sotilgan Tovar uchun hali pul olmadi kredit
hisobi kreditlanadi. Kredit hisobi to ‘lab berish hisobi shaklida.
5. Biznes tashkiloti chakana savdo tovarini xaridorga sotdi.
Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga k o ‘ra quyidagicha aks etadi:
Debit: naqd pul hisobi.
Kredit: sotish hisobi.
Maqsad:
naqd pul hisobida sotilgan Tovar uchun pul qabul
qilinadi. Sotish hisobi xaridorga Tovar yetkazib berishni aks ettiradi.
6. Biznes tashkiloti chakana savdo tovarini xaridorga sotadi, ammo
xaridor hali pulni to ‘lamadi. Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko ‘ra
quyidagicha aks etadi:
Debit: debitorlik hisobi.
Kredit: Sotish hisobi.
Maqsad:
Yetkazib berilgan mahsulot yoki xizmat ko‘rsatgan
biznes uchun pul mablag‘ini qarz bergan shaxs debitor deb aytiladi.
54
Debitorlik hisobining boshqacha nomlanishi
olinadigan hisobvaraqlar
deyiladi. Bu vaziyatda debitor mahsulot qabul qilyapti; shuning uchun
uning hisob raqami debetlanayapti.
Sotish
hisobi
kreditlanadi,
mahsulotni xaridorga yetkazib berishni ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: