Dutorlar oilasi: tarix va zamonaviylik nomozova Durdona Shahriddinovna



Yüklə 266,38 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.03.2023
ölçüsü266,38 Kb.
#89592
4840-Текст статьи-11939-1-10-20220112



DUTORLAR OILASI: TARIX VA ZAMONAVIYLIK 
 
 Nomozova Durdona Shahriddinovna,
Jizzax Davlat Pedagogika Instituti 
Musiqa madaniyat fakulteti, 
Vokal va Cholg‘u ijrochilik
kafedrasining I- kurs talabasi 

Muxamedziyanov Kamil Taxirovich, 
Ilmiy rahbar, JDPI Musiqa
madaniyati fakulteti o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek xalqining qadimiy musiqa asbobi va 
uning paydo bo‘lishi tarixi haqida yoritilgan. Maqolada bugungi kunda musiqaga 
bo‘lgan ishtiyoqi va qiziqishi. 
Kalit so‘zlari: Applikatura, tremolo, stakatto, pitsikato, teskari zarb, ufor.
Yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash inson huquqlari erkinlik 
va manfatlarini amalda ta’minlash bozor iqtisodiyotini rivojlantirish orqali xalq 
farovonligini oshirish tashqi siyosat sohasida Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stlik 
va hamkorlikni kuchaytirish dunyodagi aloqalarni rivojlangan mamalkatlar 
qatoriga qo‘shish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh 
maqsadi etib belgilandi [1]. 
Dutor juda qadimiy musiqa asbobi uning paydo bo‘lishning tarixiga kelsak-
eramizdan avvalgi asrlarga borib taqaladi. Dutorlar tut, o‘rik, yong‘oq, archa 
yog‘ochlaridan yasaladi. Dutorlar yasalishi jihatdan ikki qismdan iborat yani, dasta 
va kosa bo‘lib, bularning birlashtiruvchi qismini esa “bug‘iz “ deb ataladi. Dutorlar 
kosasi o‘yma va qovurg‘achalarning birlashganidan yasalishi mumkin. 1936-1937-
yilarda Toshkentda o‘zbek musiqa cholg‘ularini takomillashtirish ustaxonasi 
ochilib, boshqa sozlar qatori nota ilmiga moslashtirilgan yog‘och pardali, kapron 
torli yangi dutorlar ishlab chiqarila boshladi. Hozirgi kunda bu dutorlar malakali 
o‘qituvchilarimiz tomonidan yosh dutorlarchilarga ijrochilikdan saboq berib 
kelmoqda. 
Dutorlar oilasi 6-ta:
1. Prima


2. Sekunda
3. Alt 
4. Tenor 
5. Bas
6. Kontrabas
Prima - dutorning kichraytirilgan bir turi hisoblanadi. Buning qopqog‘i tut 
o‘rnida archa daraxtidan qilinadi. Ipak torlari o‘rniga ichak tor tortiladi. Pardalar 
dastasini o‘yib xromatik holda doimiy o‘rnatilgan. Torlari kvarta va unisonga 
sozlanadi. Birinchi oktavadagi “mi va lya “ga sozlanib, notalar skripka kalitida 
yoziladi. Notalar eshitilishiga nisbatdan oktava yuqorida yoziladi. Hajmi kichik 
oktavadagi mi-lyadan birinchi oktavadagi sol va ikkinchi oktavadagi do-ga qadar. 
Bu asbob, dutorlar oilasiga mansub bo‘lib, ushbu cholg‘u asbobining eng 
baland tovushga ega. Applikatura jihatidan rubob prima, g‘ijjak asboblariga 
o‘xshab ijro etiladi. Masalan pissikato, bidratma, stakatto va h.q. Dutor primaning 
umumiy ovoz hajmi birinchi oktavadagi mi tovushidan uchinchi oktavadagi lya 
tovushiga qadar bo‘lib, orkestrda solo va jo‘rnavoz bilan ijro etiladi. 
Dutor sekunda - yangi ishlangan dutorlar oilasiga mansub cholg‘usi, ovoz 
jihatidan o‘rtacha registrda uning ham torlari ikki ipak tordan iborat bo‘lib, kvarta 
oralig‘ida sozlanadi. Tashqi ko‘rinishi dutor primadan bir oz kattaroq qilib 
ishlangan, ya’ni dutorlarning kosasi bir hil, lekin dastasining uzunligi har hil bo‘lib 
ishlangan. Lya va re ga sozlanib, umumiy ovoz hajmi kichik oktavadagi lya 
tovushidan ikkinchi oktava re tovushigacha sozlanadi. 
Dutor alt - ikki tor degan ma’noni anglatadi. Dutor asrdan- asrga o‘tib, o‘zbek 
xalqiga madaniy xizmat qilib kelayotgan milliy musiqa cholg‘ularidan biri 
hisoblanadi. Bu cholg‘u faqat o‘zbek xalqining cholg‘usi bo‘lmay, balki bizni 
qardosh tojik, uyg‘ur, qoraqolpoq, turkman xalqlarining sevimli cholg‘usi 
hisoblanadi. 
Dutor kvarta - kvinta, oktava va unisonga ham sozlanadi. Dutorga o‘xshash 
cholg‘uni qozoqlarda “do‘mbira“, qirg‘izlarda “qo‘buz deb ataladi. Dutorlar 
to‘qqiz tuzilishga ega: 


1. Dastasi
2. Kosasi
3. Asosiy harak
4. Shayton harak
5. Quloqlari
6. Pardalari
7. Tiqn ya’ni simni ko‘taruvchi
8. Ovoz joyi
9. Simlari ya’ni lya va mi
Dutorning kosasi o‘yma va qovurg‘achalarning birlashganidan yasalishi 
mumkin. “O‘yma dutor“- Samarqand, Xorazm, Tojikistonda va Turkmanistonda 
qo‘llanilib, bir bo‘lak tut yog‘ochidan o‘yib ishlanadi. Qovurg‘ali dutor ham tut 
yog‘ochidan ishlanib, 8-10 santimetr bo‘lak yupqa taxtachadan egib birlashtiriladi. 
Kosa ustiga yopishtiriladigan qopqoq ham tut yog‘ochidan tayyorlanadi. Odatda 
dutor yasaladigan tut yog‘ochi soyada quritiladi. Dutorning umumiy uzunligi 
1200-1300 milimetr, ayrim joylarda esa 750-800 milimetrni tashkil etadi. Ushbu 
cholg‘u haqida gap borganda, albatta, uning mohir ijrochilarini eslab o‘tish joizdir. 
«Natijada 2003-yil “Ta’lim hamma uchun” dasturining Milliy rejasi ishlab chiqildi. 
“Ta’lim hamma uchun” dasturining Milliy rejasi 2000- yilgi Dakar shartnomalari 
doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, siyosatchilar, ta’lim tizimi, vazirlik va idoralar 
rahbarlari, pedagoglar, jamoat arboblari, O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz 
ta’lim tizimini rivojlantirish muammolari bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun 
mo‘ljallangan. “Ta’lim hamma uchun” Milliy harakat rejasini ro‘yobga chiqarish 
bo‘yicha yaqin davrlar (2001-2015- yillar)ga mo‘ljallangan tadbirlar belgilanib, 
“Ta’lim hamma uchun milliy harakati hamda umumiy o‘rta ta’lim maqsad va 
vazifalarini ro‘yobga chiqarish siyosati” deb nom olgan VI bandining IX yo‘nalishi 
Maxsus ta’limga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim 
muassasalariga jalb etishda qonunchilik va me’yoriy bazani takomillashtarish, 
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim-tarbiya, maxsus ta’lim mazmunini, inklyuziv 
ta’lim jarayonining o‘quv-uslubiy tomonini takomillashtirish, pedagog kadrlarni 


qayta tayyorlash va malakasini oshirish, inklyuziv ta’limning moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash, inklyuziv ta’limni joriy etishda targ‘ibot-tashviqot 
ishlarini olib borish va boshqa masalalar qayd etilgan”. «Yangi O‘zbekiston 
taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilandi. Bu – bejiz emas. 
Zero, ajdodlarimiz yetti raqamini baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu niyatni 
ro‘yobga chiqaradigan xosiyatli timsol, deb bilganlar » [2]. 
Mashhur dutorchilar: H. A. Abdurasulov, Abdusoat Vohobov, Davlatoxun 
Qodirov, Yunus Rajabiylar dutor chalganlarida kishilar og‘ir bir sukunatga 
cho‘milib, olam-olam ma’noli hissiyotlar ummoniga botardilar. Ulardan keyin esa 
Shokirjon sartarosh, Orif Qosimov, Zokirjon Obidov, To‘xtamurod Rasulov va 
boshqalar davom ettirganlar. Hozirgi kunda esa xizmat qilib kelayotgan dutorchilar 
G‘ulom Qosimov, Malika Ziyaeva, Obidjon Odilov, Sulton Qosimov va boshqalar.
Dutor Tenor - Ushbu dutor rekonstruksiya qilingan cholg‘u bo‘lib, o‘rta va 
pastki registrlarda ovoz hosil qiladi. Dutor tenor sol kalitida yoziladi va 
yozilganlaridan bir oktava past eshitiladi. Unda ikkita tor bo‘lib (re va sol) kvarta 
va kvinta intervaliga sozlanadi. 
Dutor bas - bu cholg‘u eng birinchi bo‘lib 1948-yil Toshkent Davlat 
konservatoriyasida yasalgan. Dutor bas asbobi o‘zbek xalq cholg‘u ansambli 
tarkibida bas tovushini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Ushbu asbobni 
sozanda o‘tirgan holda ijro etadi, dutor bas-dutorning katta qilib ishlangan turi. 
Dutor bas kvinta intervaliga sozlanadi, uning 4-ta tori mavjud, bular to‘rtinchi 
“do”, uchinchi “sol”, ikkinchi “re”, birinchi “lya “ lya tori ichakdan qilinadi 
qolganlari esa metallardan yasalgan. Notalar eshitilishi bo‘yicha bas kalitida 
yoziladi, ovoz hajmi katta oktavadagi do dan birinchi oktavadagi solga qadar. Bu 
cholg‘ularda ijrochilarni tayyorlash va tarbiyalashda dotsent A. K.Nazarovning 
xizmatlari kattadir. A.Nazarov ushbu sinfni tugatib, hozirgi kunda 1960-yildan 
buyon ushbu cholg‘udan dars berib kelmoqda. 
Dutor kontrabas - bu chog‘u dutorlar oilasining eng yirik shakli ya’ni bu 
asbob dutor basdan ancha kattaroq qilib ishlangan variantidir. Dutor kontrabasning 
kosasi katta –katta “qobirg‘acha”lardan iborat, dastasi dutor bas asbobidan uzunroq 


bo‘ladi, quloqlari esa temir metalldan ishlanib, qattiq tortilib turush vazifasini 
bajaradi. Bu asbobning torlari juda qalin bo‘lib, orkestrda yo‘g‘on bas tovushi 
bilan farq qiladi. Dutor basning kosasiga maxsus tayyorlangan tayoqcha o‘rnatilib 
o‘tirgan holda ijro etiladi. 
Xulosada shuni aytishim mumkinki, maqolada bevosita musiqaga tegishli bir 
qator tushuncha ham tilga olingan. Xususan, dutorga ta’rif berar ekan, O‘zbekiston 
san’at va madaniyati yoshlar kelajagida muhim o‘rin tutadi. Bizning milliy kuy- 
qo‘shiqlarimizni shunchalik o‘tkir va sehrli kuchi borki, biz o‘zga yurtlarga borib 
bemalol yurtimizni milliy kuy – qo‘shiqlarini namoyish eta olamiz va ularning 
hayratiga sazovor bo‘la olamiz. Bu shundan dalolat beradiki ertangi farovon 
kelajagimiz albatta biz yoshlarni qo‘lida ekanligi har bitta O‘zbekiston yoshlarini 
intilishga, izlanishga harakat qilishidan asli to‘htamasligini anglatadi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 
1. I. A. Karimov “Yuksak ma’naviat yengilmas kuch” Toshkent. Ma’naviat 
nashriyoti 2008-yil. 
2. Sh. M. Mirziyoev “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qattiyat bilan davom ettirib 
yangi bosqichga ko‘tyaramiz” Toshkent. O‘zbekiston 2017-yil. 
3. M. Rizaeva “Yosh avlod keljagi buyuk davlat” Toshkent Cholpon nashriyoti 
2003-yil. 

Yüklə 266,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin