I ogan sebastyan bax



Yüklə 290,72 Kb.
səhifə1/3
tarix14.04.2023
ölçüsü290,72 Kb.
#97997
  1   2   3
BAX


I OGAN SEBASTYAN BAX
(1685 -1750)
I.S. Bax 1685 – yil Germaniyaning Eyzenax shahrida tug`iladi.Skripka chalishni u o`z otasidan o`rganadi.
Baxning yaxshi ovozi bor edi. Shahar maktabi xorida kuylardi, uning ovozi Soprano edi.
Ovoz turlari ichida soprano eng kuchli ovoz bo`lib,u xotin – qizlarga xos ovoz turi hisoblanadi. Bu ovozning o`g`il bolalarda uchrashi juda kam uchraydi.

  1. Soprano ovozi bu eng baland ovoz turi; 2. Al’t ovozi xotin-qizlarga va bolalarga xos ovoz turi; 3.Tenor – erkaklarga xos ovoz turi; 4.Bas-erkaklarga xos eng past ovoz turi hisoblanadi.

Bax 9 yoshida yetim qoldi. Ordruf shahrida cherkov organchisi bo`lib ishlovchi akasi uni o`z tarbiyasiga oldi. Uni gimnaziyaga o`qishga berdi , musiqaga o`rgatishni ham davom ettirdi. Lekin akasining uyida uning hayoti juda zerikarli kechadi. U musiqiy bilimga juda chanqoq edi. U bir kuni akasining shkafida kompozitorlarning asarlari saqlanishini bilib qoladi. Akasiga bildirmasdan u asarlarni tunda olib oy yorug`ida ko`chirib ola boshladi. U 6 oy davomida shunday qilib oy yorug`ida nota ko`chirdi. Bu kompozitorning ko`ziga ancha zarar keltirdi. Bir kuni uning nota ko`chirayotganini akasi bilib qoldi va uning notalarini olib qoydi. Bax juda xafa bo`ldi.
I.S. Bax 15 yoshida o`zi mustaqil hayot kechirishga qaror qildi va Lyuneburg shahriga ko`chib o`tdi. 1703 – yilda Bax gimnaziyani bitirib universitetga o`qishga kirish huquqiga ega bo`ldi, lekin tirikchilik qilish uchun mablag` topishi kerak bo`lganligi sababli o`qishga kirish huquqidan foydalana olmadi.
I.Bax hayoti davomida bir necha marta shahardan – shaharga ko`chib o`tdi, buning sababi bir xil: qoniqarsiz ish sharoyiti, boshqalarga qaram bo`lishlik, kamsitilishlik edi. Kompozitor hayotida qanchalik noxushliklar bo`lishiga qaramasdan , yangi bilimlarga va mukammallikka bo`lgan intilishi hech uni tark etmadi. U ko`plab kompozitorlar bilan yaqindan tanishar va ularning musiqa asarlarini o`rganardi.
Bir kuni yo`l kiraga puli bo`lmagan Bax mashhur organchiD.Bukstexude ijrosini tinglash uchun boshqa shaharga piyoda yo`l oladi. U chet el musiqalarini yaxshi o`rganadi, lekin o`z asarlarida ularga taqlid qilmaydi. U o`z xalqi nemis musiqasini chuqur o`rgandi va asarlarida ulardan keng foydalandi.
Sebastyan Bax zamondoshlari orasida eng yaxshi organ va klavesin ijrochisi edi. U hayotlik davrida kompozitor sifatida tan olinmagan bo`lsada, organ cholg`usida improvizatsiya qilish borasida uning oldiga tushadigan musiqachi bo`lmagan. Buni hatto uning raqiblari ham tan olishgan.
H ikoya qilishlaricha o`sha davrda mashhur bo`lgan organchi va klavesinchi Lui Marshan Baxni musobaqaga chaqiradi va Baxning cheksiz iste’dodidan hayratda qoladi va yutqazib qo`yib o`sha kechning o`zida jo`nab ketadi.
Boshqa safar Kassel shahrida Bax organ cholg`usining pedalida yakka ijro etib tinglovchilarni lol qoldirgan. Bunday muvaffaqiyat Baxning boshini aylantirib qo`ymadi, u doimo kamtar va mehnatkash odam bo`lib qolaverdi. Bunday muvaffaqiyatga qanday erishdingiz deb so`raganida u bunday javob bergan “Men qunt bilan shug`ullanishimga to`g`ri keldi, kim-ki shunday qilsa u ham shunday natijaga erishishi mumkin”.

Yüklə 290,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin