VEYMAR va KYOTEN dagi hayoti 1708-yildan boshlab Bax Veymar shahrida yashay boshlaydi. U yerda o`zining eng yaxshi organ asarlaridan ”Re minor tokkato va fugasi” va “Do minor Pasakaliyasi” yaratdi.
1717-yilda oilasi bilan Kyoten shahriga ko`chib o`tdi. Kyoten shahzodasining saroyida organ yo`q edi, shuning uchun u yerda Bax ko`proq klaver va orkestr uchun asarlar yaratdi. Bu vaqtda klavir uchun yozilgan asrlari organ uchun yozilgan asarlaridan keyingi kompozitorning ikkinchi cho`qqisi edi.Uning qiladigan ishi Shahzoda kuylaganda unga jo`r bo`lardi va uning ko`ngilxushligi uchun klavesinda jo`r bo`lardi. Orkestrga rahbarlik qilardi. Bu orada kompozitorning katta o`g`li Vilgelm Frediman ham musiqaga qiziqib uning yo`lidan yura boshlaydi. U o`g`li bilan mashg`ulot o`tkazish uchun ikki va uch ovozli invensiyalar ( Bax uni “Simfoniyalar” debatardi) “Fransuzcha” va “Inglizcha” syuitalarni yaratganda ham Bax o`z oldiga pedagogik maqsadlarni qo`ygan edi.
Shu davrlarda keyinchalik mashhur bo`lib ketgan Re minor “Xramatik fantaziya va fugasi” asarini ham yaratdi. Baxning ayrim asarlari san’at kollejlarida va konservatoriyalarda majburiy asar sifatida o`rin olib kelayapdi.
LEYPSIG SHAHRI 1723 – yili Bax Leypsig shahriga keldi va bu yerda umrining oxirigacha qoldi. O`sha joyda u Foma cherkovi qoshidagi qo`shiqchilar maktabida xor rahbari vazifasida ishladi. Baxga shahardan tashqariga chiqish taqiqlab qo`yilgan edi, u shahardan tashqariga faqat burgomisterining ruxsati bilangina chiqar edi. Erkin ijod qilishiga ham to`sqinlik qilardilar. Ular Baxga Cherkov uchun xizmat qiladigan “unchalik uzun bo`lmagan operaga o`xshash, tinglovchilarda ixlos uyg`otuvchi “asarlar yaratishni buyurardi. Shunday bo`lishiga qaramasdan o`zi istagan chuqur mazmunli va ichki boyligi bo`yicha asarlar yozdi. Iso payg`ambarning azoblanishiga atalgan Messa va “iztiroblar” konsert xarakteridagi monumental asari mashhur bo`lib hatto cherkovdan tashqariga ham chiqib ketadi. Bu asari kompozitorning o`z hayotida erishgan