A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
 
 
 
 
 
 
 
4.2-rasm. Gruntlarning standart zichligini aniqlovchi DORNII asbobi: 
 


59 
 1-ochiluvchi silindr; 2-taglik; 3-qo‘yiladigan silindr; 4-zichlovchi yuk; 5-sterjen;
6-shtamp; 7-chegaralovchi vint; 8, 9-vintlar. 
Asbobdagi yukning og‘irligi yoki tushish balandligi o‘zgarishi bilan qulay 
namlik va maksimal hajmiy og‘irlikning qiymatlari o‘zgaradi. 
4.3-rasm. Lyossimon qumloq tuproqli gruntlar uchun 
hajmiy og‘irlik-namlik egri chizig‘i 
Uzoq xorijda gruntlarning qulay namligini aniqlash uchun ko‘proq 
“PROKTOR” usulidan foydalaniladi. Bu usul “DORNII” usulidan qisman farq 
qiladi. U og‘ir zichlashtiruvchi mashinalarning ishini modellashtiradi. Asbobda 
grunt og‘irligi 4 kg bo‘lgan yuk bilan zichlashtiriladi. 
Tajribalar zichlashtirish koeffitsientining oshishi gruntning mustahkamlik 
tavsiflarining oshishini va deformatsiyaning kamayishini ko‘rsatadi. 
Shuningdek, muzlashdan ko‘pchishning bir xil emasligi, harorat gradienti 
ta'sirida gruntlarda namlikning ko‘chishi, plyonkaning qalinligi va boshqalar 
kamayadi. Shuning uchun ayrim hollarda me'yorlarda keltirilgan minimal 
qiymatdan katta zichlashtirish koeffitsientiga erishish kerak bo‘ladi. Shu bilan 
birga, yuqori namlikda zichlashtirishga sarf qilingan ishni oshirish hisobiga 
yuqori zichlikni olishga harakat qilish mustahkamlikni kamaytirishi va 
deformatsiyani oshirishi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumotlar bor, bunday holatlar 
(agregatlarning buzilishi va bosh.) grunt strukturasining o‘zgarishi bilan 
bog‘liqdir. Bundan tashqari, erishilgan yuqori zichlashtirish koeffitsientini 


60 
foydalanish jarayonida doimo saqlash mumkin emas. Zichlikni oshirishda 
zichlashtirish koeffitsientining oshishi bilan sarf juda tez ortadi, yuqori 
zichlashtirishning 
(minimal 
qiymatning 
me'yordan 
ortishi) 
maqsadga 
muvofiqligiga har bir holat uchun texnik -iqtisodiy solishtirishdan kelib chiqib 
qaralishi kerak.
Keyingi yillarda gruntlarning nazariy talab qilingan zichligini uning 
namligi va muqobil havo miqdoriga qarab ishlab chiqishga urinishlar davom 
etayapti. Hisob ishlarida qurilish sharoiti (iqlim va gidrologiya) va har xil 
gruntlarning fizik xossalari hisobga olinadi.
Tadqiqot sifatida, gruntlarni zichlashtirishdagi namligini (muqobilidan
farq qiladigan), talab qilingan zichlikda, uning xossasiga ta'siri o‘rganilgan. 
To‘plangan ma'lumotlar, grunt xossasining bu omilga juda bog‘liq bo‘lishini 
ko’rsatadi, shuning uchun uni hisobga olish kerak.
Gruntlarni zichlashtirish katok yordamida zichlash, titratish va shibbalash 
bilan amalga oshiriladi. Zichlashtirish usulini belgilash grunt turiga, holatiga va 
yo‘l poyini qurish usuliga bog‘liq. Katok bilan zichlash va shibbalash usuli 
deyarli hamma gruntlar, titratish usuli faqat bog‘lanmagan yoki kam bog‘lanan 
gruntlar uchun samara beradi. Keyingi paytlarda bir vaqtning o‘zida katok bilan 
zichlash va titratish, shibbalash va titratish usullaridan foydalanish keng 
qo‘llanmoqda.
Katok bilan zichlashda har xil katoklar ishlatiladi. Hamma gruntlarni 
zichlashtiradigan pnevmoshinali katoklar ko’p qo’llanadi.
Qovurg‘ali katoklar faqat bog‘langan gruntlarni zichlashtirish uchun, 
panjarali – bo‘lak gruntlar va mayda toshli, shag’alli, muzlagan bo‘laklari bor 
gruntlarni zichlashtirish uchun qo‘llanadi. Titratuvchi katoklar bog‘lanmagan va 
kam bog‘langan gruntlarni yaxshi zichlashtiradi. Shibbalash usulidan ko‘pchilik 
gruntlarni maxsus shibbalovchi 
mashinalar, shibbalovchi plitalar 
va 
elektroshibbalovchilar bilan zichlashtirishda foydalaniladi. Titratib zichlash 
titratuvchi katoklar yoki titratuvchi plitalar bilan amalga oshiriladi.


61 
Zichlashtirilayotgan 
qatlamning 
qalinligini 
va 
zichlashtiruvchi 
mashinaning bir izdan o‘tish (urilish) sonini aniqlash uchun hamma markadagi 
mashina va hamma turdagi yo‘l poyi quriladigan grunt uchun dastlabki 
zichlashtirish o‘tkaziladi. Berilgan gruntning maksimal ruxsat etilgan
mustahkamlik shartidan kelib chiquvchi kontakt bosimini xosil qiluvchi mashina 
yordamida gruntning kerakli zichligiga, erishish mumkin. Bu bosim 
zichlashtirishning hamma jarayonlari davomida gruntning mustahkamlik 
chegarasiga yaqin bo‘lishi kerak. Kontakt bosim kam bo‘lganda kerakli 
zichlikka erishib bo‘lmasligi, bosim katta bo‘lganda zichlashmasdan 
bo‘shashishi (katok g‘ildiragi oldida to‘lqin hosil bo‘lishi, shibbalashda grunt 
chetga siqilib chiqishi) mumkin. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin