4.5-rasm. Gruntni zichlash shakllari:
64
a-halqasimon shakldagi; b-oldinga-orqaga harakat qilib zichlash; 1-8 zichlash tartibi.
Balandligi 1,5 m dan katta bo‘lgan ko‘tarmalarni zichlashtirishda yuqori
qatlamda bir izdan birinchi va ikkinchi o‘tishlar avval ko‘tarma qoshidan 2 m
masofada bajariladi, keyin, ko‘tarma qoshiga qarab 1/3 katokning eni bo‘yicha
surilib, ko‘tarmaning cheti zichlashtiriladi. Undan so‘ng chetdan o‘rtaga qarab
aylana o‘tishlar bilan zichlash davom ettiriladi.
Katokning ish unumdorligi:
Т
в
n
зу
к
К
K
n
t
К
а
в
П
)
V
1000
l
(
h
l
)
(
p
пр
cп
пр
, m
3
/soat; (4.3)
bu yerda:
в
- zichlanadigan qatlam kengligi, m;
а
- oldingi izni qoplash kengligi,
m;
пр
l
- o‘tish uzunligi, m;
cп
h
-
zichlanayotgan qatlam qalinligi, m;
K
zu
- zaxira
zichlash koeffitsienti,
K
v
- vaqtdan foydalanish koeffitsienti,
K
t
- texnologik
koeffitsient,
p
V
- ishchi tezlik, km/soat;
n
t
- yon tasmaga o‘tish vaqti, soat;
n
- bir
izdan o‘tishlar soni, marta;
Qovurg‘ali katoklar bilan zichlashtirish bog‘langan gruntlar uchun
samarali hisoblanadi (4.4,b-rasm). Zichlashtirishning avvalida, grunt hali
yumshoq bo‘lganida, qovurg‘alar unga to‘liq kiradi va grunt yuzasiga katokning
jo’vadan tushuvchi bosim ta'sir qiladi. Qovurg‘ada xosil bo‘lgan bosim bo’sh
gruntning mustahkamlik bir necha marta katta bo‘lgani uchun unga qovurg‘a
oson botadi. Bunda har bir qovurg‘aning ostida zichlashtirilgan yadro xosil
bo‘ladi. U qovurg‘a bilan pastga avval zichlashtirilgan, amalda deformatsiya yuz
bermagan asosli qatlamgacha kirib boradi.
Jo’vaning yuzasida ko‘p sonli qovurg‘alar joylashgan bo‘lib, birinchi
o‘tish sonidan so‘ng ko‘plab yadro xosil bo‘ladi, ular shaxmat tartibida bir-
biriga yaqin joylashadi. Yadrolar orasidagi gruntning hajmi grunt zarralarining
agregatlari qovurg‘a ostidan atrofga plastik oqishi natijasida birmuncha
zichlashadi. Keyingi o‘tishlarda, rejada qovurg‘a bilan gruntning tutashgan joyi
65
tasodifiy bo‘lgani uchun ular orasidagi yadrolarning o‘rtasi zichlasha boradi,
avval zichlashgan grunt qatlami yanada zichlashadi. Bu gruntga qovurg‘aning
kirishi kamayishiga olib keladi. Ammo qovurg‘a bilan grunt tutashgan joyda,
zichlashtirish oxirida, grunt zichlashgan bo‘lsa ham, qovurg‘a biroz chuqurlikka
kiradi, lekin grunt yuzasi bo‘sh qolishi mumkin. Keyingi qatlam to‘kilganda bu
bo’sh qatlam ostki qatlam sifatida zichlashtiriladi.
Shunday qilib, qovurg‘ali katoklar bilan zichlashtirilganda gruntlarni
zichlashtirish tepadan pastga emas, aksincha, pastdan tepaga bajariladi. Shuning
uchun
qovurg‘aning
birinchi o‘tishlarida gruntga kirishi gruntlarni
muvaffaqiyatli zichlashtiruvchi sharoit hisoblanadi. Bu sharoit bunday
katoklarni faqat bo‘sh bog‘langan gruntlarda qo‘llash imkonini beradi.
Bog‘lanmagan va kam bog‘langan gruntlarda yuzada bosim katta bo‘lgani
uchun grunt zarralari tepaga va yonga jadal harakatlanadi, natijada
zichlashtirilgan yadro xosil bo‘lmaydi va xosil bo‘lgan grunt strukturasi ketma-
ket buziladi.
Qovurg‘ali katoklarning asosiy o‘lchamlari har bir qovurg‘aning yuzasi va
uni uzunligi hisoblanadi. Uni yuzasining o‘lchami kerakli bosimni xosil
qilishidan kelib chiqib belgilanadi. Amaldagi tadqiqotlar asosida har xil gruntlar
uchun quyidagi bosimni taklif qilinadi: yengil qumoq tuproqlar, og‘ir va changli
qumloq tuproqlar 0,7-1,5 MPa; o‘rta va og‘ir katoklar 1,5-4,0 MPa; og‘ir qumoq
tuproqlar va gillar 4,0-6,0 MPa.
Qovurg‘aning uzunligi va yuzasi zichlashtiriladigan grunt qatlamining
qalinligini belgilaydi. Qovurg‘alar shunday uzunlikda bo‘lishi kerakki, u gruntga
to‘liq botishi natijasida yuzasidan qatlam ostigacha bo‘lgan masofa 2,5 b dan
(bu yerda b-qovurg‘aning ko‘ndalang kesimi o‘lchami) oshmasligi kerak.
Grunt zichlashtiriladigan qatlam qalinligi:
B
h
b
l
h
5
,
2
(4.4)
66
bu yerda:
l
-qovurg‘a uzunligi, sm;
b
-qovurg‘a yuzasining minimal o‘lchami, sm;
B
h
-yuzadagi bo‘sh qatlamning qalinligi, sm.
Bitta izdan o‘tishlar soni yuzani bir marta qoplashga ekvivalent bo‘lishi
kerak. Bu shart o‘tish sonlari quyidagicha bo‘lganda bajariladi:
K
Fm
S
n
(4.5)
bu yerda:
S
-katok jo’vasining yuzasi, m
2
;
F
-bitta qovurg‘aning yuzasi, sm
2
;
m
-qovurg‘alarning umumiy soni;
K
-qovirg‘alar bilan yuzani qoplashning tekis
bo‘lmasligini hisobga oluvchi koeffitsient (o‘rtacha 1,3 olish mumkin).
Gruntlarni aravachali katoklar bilan zichlashtirganda ishchi qamrab olish
masofasi bo‘yicha aylanib o‘tib, chetdan o‘rtaga harakatlanib, zichlashtirilgan
qatlam 0,15-0,25 m yopiladi. Yon qiyaliklarni ishlash jarayonida katok buzilishi
va qiyalikdan pastga tushib ketmasligi uchun jo’vasining cheti nishablikning
qoshidan 0,3 m naridan o‘tishi kerak. Ko‘tarmaning balandligi 1,5 m dan katta
bo‘lganda yuqori qatlamlar ko‘tarma qoshidan 2 m masofada zichlashtiriladi,
keyin o‘tish katokning 1/3 kengligida surilib, ko‘tarmaning cheti zichlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |