74
olish uchun maxsus inshootlar (selni yo‘nalturuvchi, oqimni bo‘luvchi,
ko‘chkiga, muz surilishiga qarshi va boshqa inshootlar) quriladi.
Hamma turdagi suv qochirish inshootlari kompleksi “yo‘ldan suv
qochiruvchi” deb ataladi, ular ikki quruvchi va doimiy guruhga bo‘linadilar.
Birinchi guruhga yo‘l poyini qurish davrida uni namlashdan saqlovchi
inshootlar va tadbirlar kiradi. Ular o‘ymalar, ariqlar va boshqa inshootlardagi
suvlarning tepadan qiyalik bo‘ylab pastga oqib ketishi va ish joyida ushlanib
qolmasligini ta'minlaydi. Agar kuchli grunt suvlari oqimi bo‘lsa, drenaj
sistemasi yoki iglofiltrlar bilan suvni yutuvchi himoya kerak bo‘ladi. Bunday
ishlar ishni tashkillashtirish loyihasida ko‘zda tutiladi.
Ikkinchi guruhga hamma suv qochiruvchi inshootlar: yuza suvlarini olib
ketuvchi suv qochiruvchi ariqlar va lotoklar, grunt suvlarini pasaytirish uchun
chuqur drenajlar, grunt suvlarini tutib qoluvchi drenajlar, drenajlovchi, bug‘ va
suv o‘tkazmaydigan, issiqlik o‘tkazmaydigan kapillyar to‘suvchi va muzlashga
mustahkam qatlamlar kiradi.
Ayrim suv qochiruvchi inshootlar yo‘l poyining ajralmas qismi
hisoblanadi. Bunga yuza suvlarini qochiruvchi inshootlar ushlab qoluvchi va
chuqurlikdagi drenajlar, bug‘ va suv o‘tkazmaydigan, kapillyar to‘suvchi
qatlamlar kiradi.
Suv qochiruvchi inshootlar, asosan quritish va yo‘l to‘shamasining suv-
issiqlik tartibini yaxshilashga mo‘ljallangan, bo’lib yo’l poyini qurib bo‘lgandan
so‘ng yo‘l to‘shamasini yotqizishda quriladi. Ularga drenaj va issiqlik
o‘tkazmaydigan qatlam, shuningdek, qumli drenajli qatlamni qurituvchi
drenajlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: