A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


V bob. YO‘L POYINING SUV-ISSIQLIK TARTIBINI BOSHQARISH



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

V bob. YO‘L POYINING SUV-ISSIQLIK TARTIBINI BOSHQARISH 
INSHOOTLARINI QURISH 
 
 
5.1 Yo‘l poyining suv-issiqlik tartibini boshqarish usullari va
inshootlar turlari 
Yo‘l poyining mustahkamligi va turg‘unligi uning suv-issiqlik tartibiga 
bog‘liq bo‘ladi. Yo‘l poyida yo‘l bo‘yicha harakatni chegaralash yoki 
berkitishga olib keluvchi, muddatidan avval yuz beradigan deformatsiya va 
buzilishlar bo‘lmasligi kerak. 
Yo‘l poyining har xil nuqtalarida yil davomida harorat va namlikni 
qonuniy o‘zgarishi suv-issiqlik tartibi deb ataladi. Suv-issiqlik rejimi faqat yo‘l-
iqlim hududining xususiyatlarigagina emas, yo‘lning joylashish sharoiti, yo‘l 
poyining tuzilmasi (ko‘tarmada yoki o‘ymada), atmosfera yog‘inlarining tasnifi, 
muzlash chuqurligi va boshqa omillarga ko’ra farqlanadi.
Agar bu o‘zgarishlar yo‘l poyining mustahkamligi va turg‘unligi 
yo‘qoladigan chegaradan chiqib ketsa, birinchi galda, namlanishdan va 
haroratning tez o‘zgarishidan saqlovchi inshootlarni qurish kerak. 
Umumiy holda yo‘l poyining namlanish turlari 5.1- rasmda keltirilgan. 
 


72 
 
 
 
 
 
 
 
5.1-rasm. Yo‘l poyining namlanish turlari: 
a
-ko‘tarmada; 
b
-o‘ymada; 
1
-atmosfera yog‘inlari; 
2
-yuza suvlari; 
3
-singuvchi suv;
4
-bug‘simon suv; 
5
-plyonkali suv; 
6
-kapillyar suv; 
GSS
-grunt suvlari sathi 
 
Atmosfera suvlari yomg‘ir va erigan qor ko‘rinishida tekis va kerakli 
darajada suv o‘tkazmaydigan qoplamaning ustidan yo‘l yoqasiga, keyin yon 
qiyaliklardan – yon ariqlarga oqadi. Yog‘inlar jadal bo‘lganda oquvchi suvlar 
yo‘l yoqasini va qiyaligini yuvishi, ariqlardan toshishi, ularni yuvib yo‘l poyiga 
singishi va namlashi mumkin. Bo‘ylama qiyaligi kam bo‘lgan yo‘llarda 
oqimning ta'siri kuchayadi va yo‘l to‘shamasi chetida yo‘l yoqasi, ulardan suv 
oqib o‘tgan joyida ko‘tarma yuvilib ketadi. Yo‘l poyini saqlash uchun yuzasi va 
yo‘l yoqasi mustahkamlanadi, suv qochiruvchi ariqlar kavlanadi, har xil suv 
qochiruvchi inshootlar quriladi. O‘ymalarda atrofdan oqib keluvchi suv yo‘l 
yoqasini yuvib surilish xosil qilishi mumkin. Suv o‘ymaga kirishini to‘sish va 
uni tog‘ yonbag‘ri arig‘i va suv qochiruvchi ariq bilan olib ketish lozim. Grunt 
suvlari yer yuziga yaqin joylashganda yo‘l poyi gruntini namlaydi va uning 
sathini pasaytirish uchun drenaj qurish kerak bo‘ladi.
Qish vaqtlarida grunt g‘ovakligini to‘ldiruvchi suv muzlaganda hajmini 
oshiradi va yo‘l poyini kengaytiradi. Yo‘l poyini alohida ko‘p kengayisha, suv 
va grunt chegarasida grunt suvlari harorat gradienti va yuza tortish kuchlari 
ta'sirida kapillyarlardan ko‘tarilib, yo‘l poyining yuqori qismida gruntni o‘ta 
namlaydi va muzlaganda hajmini kengaytiradi, yo‘l poyi muzlashdan 
ko‘pchiganda, bahorda buziladi.


73 
Yo’l poyi gruntining muzlashdan ko‘pchishi yoki hajmi ruhsat etilgandan 
ortishi yo‘l to‘shamasini buzilishiga (ko’tarilish) olib keladi. Grunt suvlari 
kapillyarlar orqali ko‘tarilganda, har doim ham sathini pasaytirib yo‘l poyini 
o‘ta namlanishdan saqlab bo’lmaydi. Bunda yo‘l poyining muzlash chuqurligida 
turg‘un gruntlar qo‘llanadi. Agar biror sabab bilan muzlashga turg‘un yo‘l 
poyining yuqori qismini qurish mumkin bo‘lmasa, issiqlik o‘tkazmaydigan 
asosning qo‘shimcha qatlami va yo‘l poyida kapillyarlarni to‘suvchi qatlam 
qo‘llanadi. Yo‘l poyiga yuqori qismidan kiruvchi suvni qochirish uchun 
asosning qo‘shimcha qatlami suvni chetga olib ketuvchi drenaj ko‘rinishida 
quriladi. Oqim miqdori haddan tashqari ko’p bo‘lsa, drenaj quvurlari sistemasi 
bilan olib ketish lozim. Bu usul yo‘l poyini muzlash chuqurligida joylashgan 
yuzada yotuvchi drenaj deb ataladi, u grunt suvlarini tutib qoluvchi va olib 
ketuvchi, muzlash sathidan pastda yotuvchi, chuqur drenajdan farq qiladi. 
Janubiy hududlarda yo‘l poyi yuqori qismining grunti suv o‘tkazmaydigan 
yo‘l to‘shamasining pastki yuzasida kondensatsiyalanadigan bug‘ holatidagi suv 
bilan namlanadi. 
Yo‘l to‘shamasini kapillyar va kondensatsiyalangan suvlar bilan 
namlanishdan saqlash va yo‘l poyining turg‘unligini ta'minlash uchun unga bug‘ 
va suv o‘tkazmaydigan qatlam quriladi. Organik material bilan ishlangan yoki 
sintetik materal ko‘rinishidagi qatlamlar suvni kapillyarlar orqali ko‘tarilishiga 
va yo‘l poyining yuqori qatlamida hamda yo‘l to‘shamasida to’planishiga 
qarshilik qiladi.
Tog‘li hududlarda yo‘llarni yuqoridan keluvchi sellar (grunt va toshli suv 
oqimlari), qor uyumlari, suv oqimlari bosadi. Yer osti suvlari yon qiyaliklarni 
ko‘chirib, qolmasdan, yo‘l poyi va yo‘l to‘shamasi bilan birga gruntning 
namlangan katta massasini xosil qiladi. Doimo muzlaydigan tumanlarda yo‘l 
poyi va yo‘l to‘shamasini buzuvchi muzlashlar xosil bo‘ladi. Tekis va uncha 
baland bo‘lmagan joylarda yog‘in miqdori ko‘p bo‘lganda, quvurlarni 
oqizibketishi, ko‘priklar buzilishi va yo‘l poyi yuvilishi mumkin. Buning oldini 


74 
olish uchun maxsus inshootlar (selni yo‘nalturuvchi, oqimni bo‘luvchi, 
ko‘chkiga, muz surilishiga qarshi va boshqa inshootlar) quriladi. 
Hamma turdagi suv qochirish inshootlari kompleksi “yo‘ldan suv 
qochiruvchi” deb ataladi, ular ikki quruvchi va doimiy guruhga bo‘linadilar.
Birinchi guruhga yo‘l poyini qurish davrida uni namlashdan saqlovchi 
inshootlar va tadbirlar kiradi. Ular o‘ymalar, ariqlar va boshqa inshootlardagi 
suvlarning tepadan qiyalik bo‘ylab pastga oqib ketishi va ish joyida ushlanib 
qolmasligini ta'minlaydi. Agar kuchli grunt suvlari oqimi bo‘lsa, drenaj 
sistemasi yoki iglofiltrlar bilan suvni yutuvchi himoya kerak bo‘ladi. Bunday 
ishlar ishni tashkillashtirish loyihasida ko‘zda tutiladi.
Ikkinchi guruhga hamma suv qochiruvchi inshootlar: yuza suvlarini olib 
ketuvchi suv qochiruvchi ariqlar va lotoklar, grunt suvlarini pasaytirish uchun 
chuqur drenajlar, grunt suvlarini tutib qoluvchi drenajlar, drenajlovchi, bug‘ va 
suv o‘tkazmaydigan, issiqlik o‘tkazmaydigan kapillyar to‘suvchi va muzlashga 
mustahkam qatlamlar kiradi. 
Ayrim suv qochiruvchi inshootlar yo‘l poyining ajralmas qismi 
hisoblanadi. Bunga yuza suvlarini qochiruvchi inshootlar ushlab qoluvchi va 
chuqurlikdagi drenajlar, bug‘ va suv o‘tkazmaydigan, kapillyar to‘suvchi 
qatlamlar kiradi. 
Suv qochiruvchi inshootlar, asosan quritish va yo‘l to‘shamasining suv-
issiqlik tartibini yaxshilashga mo‘ljallangan, bo’lib yo’l poyini qurib bo‘lgandan 
so‘ng yo‘l to‘shamasini yotqizishda quriladi. Ularga drenaj va issiqlik 
o‘tkazmaydigan qatlam, shuningdek, qumli drenajli qatlamni qurituvchi 
drenajlar kiradi.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin