A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


 Grunt suvlarini pasaytiruvchi va to‘xtatuvchi



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

5.3 Grunt suvlarini pasaytiruvchi va to‘xtatuvchi
drenajlarni qurish 
O‘ymalardan o‘tuvchi yo‘lning ayrim bo‘laklarida, ular tubining 
chuqurligi grunt suvlaridan past bo‘lganda, suvli qatlam kesib o‘tiladi. Agar 
kerakli choratadbirlar qo‘llanmasa, suvli qatlamdagi suv yon qiyalikdan 
o‘ymaga oqadi, natijada yon qiyalikni surilib yo‘l poyi va yo‘l to‘shamasi o‘ta 
namlanadi. Bu suvlar to‘suvchi drenajlar bilan tutib qolinib, to’planadi. Bunday 
drenajni o‘ymani qurishdan oldin qurish maqsadga muvofiq.
Suvli qatlam yotuvchi sathga bog‘liq ravishda o‘ymaning yon qiyaligida 
drenajlar shunday joylashtirilganda, yon qiyalik buzilmasligi lozim. Drenajning 
tuzilmasi geotekstilga o‘ralgan, grunt chaqiqtoshga yoki shag’al yostiqchaga 
kran yordamida yotqiziladigan drenaj quvuridan iborat (5.4-rasm). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


79 
 
5.4-rasm. O‘ymaning yon qiyaligidagi suvni tutib qoluvchi drenaj: 
1
-gilli ekran; 
2
-joylardagi grunt; 
3
-zichlashtirilgan gilli grunt; 
4
-dern; 
5
-yirik- yoki 
o‘rta donali qum; 
6
-suvli qatlam; 
7
-suv o‘tkazmaydigan grunt; 
8
-o‘lchami 5-10 mm li 
chaqiqtosh yoki shag’al; 
9
- o‘lchami 40-70 mm li chaqiqtosh yoki shag’al; 
10
-gruntga 
shibbalangan chaqiqtosh (drenajga yostiqcha); 
11
-diametri 15-20 sm li drenaj quviri 
 
O‘ymaning yon qiyalik tomonida suvli qatlam qalinligida drenaj 
transheyasiga gilli gruntni qatlamlab yotqizib, suv o‘tkazmaydigan gilli devor 
ko‘rinishida ekran xosil qilinadi, qolgan qismi qum bilan to‘ldiriladi. Drenajning 
bu qismi yuzasiga plastiklik soni 27 dan katta bo‘lgan yuvilgan gildan suv 
o‘tkazmaydigan qatlam yotqiziladi va usti joylardagi grunt bilan yopiladi.
Drenaj uchun sopol, asbotsement, plastmassa, qumsiz g‘ovakli beton 
quvurlar qo‘llanadi. Quvurning ichki diametri 50-300 mm, uzunligi ularni turi 
va massasiga bog‘liq bo‘ladi.
Quvurga suv kelishi uchun suv qabul qiluvchi teshiklar, kesiklar qilinadi 
yoki quvur zvenolarining oralig‘idagi tutashishlar bilan chegaralanadi. 
Transheyaga yotqizilgan quvurlarning tutashgan joylari filtrli mato (geotekstil) 
bilan o‘raladi yoki halqali polimer mufta bilan birlashtiriladi. Avvaldan 
geotekstil bilan o‘ralgan va ariqqa barabanga o‘ralgan plastmassali 
perforirlangan quvurlarni yotqizish eng maqul usuldir, ular ariqqa barabanni 
aylantirib yotqiziladi.
Drenaj bo‘ylama chizig‘ining hamma siniq joylarida rejada va to‘g‘ri yo‘l 
bo‘lagida 60-80 m oralatib ko‘rish quduqlari o‘rnatiladi. Ular tiqinlarni va 
quvurda suv me’yorida oqishiga xalaqit beradigan joyni aniqlashga yordam 
beradi. Quvurlar diametri taxminan 1 m bo‘lgan yig‘ma temir beton halqalardan 
(5.5-rasm) yasaladi. Quduqning tepasida cho‘yan qopqoq bilan yopiladigan 
og‘zi bo‘ladi. 


80 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin