77
berktimasa ham bo‘ladi. Bunday teleskopli lotoklar yuvilishga va surilishga
qarshi turg‘undir.
Ko‘tarma asosida lotok surilib ketishining oldini olish uchun beton
qoziqlar qilinadi. Qiyaligi katta bo‘lgan yo‘l bo‘lagida
yon ariqlarda ularning
ko‘ndalang qiyaligiga mos keluvchi tez oqizadigan yig‘ma beton lotoklar
qilinadi. Ular kranlar yordamida mayda chaqiqtosh yoki shag’al ustiga
o‘rnatiladi.
5.3-rasm. Yon qiyalikdan yuza suvlarini olib ketuvchi teleskopli lotoklar:
a-beton lotok chizmasi; b-umumiy ko‘rinishi
Tog‘ yonbag‘ri ariqlari avtogreyder yoki
buldozer bilan kavlanadi va
grunt o‘yma tomonga to‘plam-banket ko‘rinishida yig’ib suriladi. Tik qoyali
chaqiqtoshli va qoya- toshli tog‘bag‘irlarida yon ariqlarning o‘qi gruntlari
portlatib yumshatiladi. So‘ngra ariq va banket xosil qilish uchun suriladi.
Ariqlarni mustahkamlash ko‘p mexnat va mablag’ talab qiluvchi va ishlar
yo’l qo’ymaslik maqsadida suyuq karbamid va furfurol smolalar ishlatiladi. Bu
smolalar, oquvchanligi kam bo‘lgani uchun, bir tekisda 3-4
sm chuqurlikda
gruntga kirib boradi. Ariqning tubi va yoni smolani shimishi natijasida katta
bo‘ylama qiyalik bo‘lsa ham yuvilmaydi.
78
Ish texnologiyasi avtogreyder bilan tubi va yon qiyaligini yaxshilab
tekislash, avtogudranator shlangasidan mustahkamlovchi materialni zaharliligini
hisobga olgan holda choralarini ko‘rib, ariq yuzasiga purkashdan iborat.
Yuzadan suv qochiruvchi sistema kuchli yomg‘ir yog‘ishida
sifat
nazoratidan o’tkaziladi. Suv turib qoladigan yoki yuviladigan joylar belgilanadi
va tuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: