4.3 Shibbalab zichlashtirish va zizchlashtirish usullari
Bu zichlashtirish usuli hamma turdagi gruntlar uchun qo‘llanadi.
Shibbalash shibbalovchi plitalar, shibbalash mashinalari va shibbalashtirgich
bilan bajariladi (4.6-rasm). Bu usul, asosan, grunlarni katta qalinlikda (1-2 m),
tor joylarda, kam uzunlikdagi yo‘l bo‘laklarida zichlashtirishda qo‘llanadi.
Gruntlarni kam namlikda va standart usul bo‘yicha muqobil zichlikdan
katta zichlikkacha zichlashtirish kerak bo‘lganda katta qalinlikdagi qatlamni
zichlashtirish uchun ekskavator-kranga osilgan shibbalovchi plitalardan
foydalaniladi. Plitaning massasi 2-3 dan 12-15 t gacha bo‘ladi. Plitaning
ko‘tarilish va tishish balandligi avval 2, keyin 5-6 m, zichlashtirilayotgan grunt
qatlamining qalinligi plita kengligiga teng bo‘lishi kerak. Yuqori qatlamni
zichlashtirish katok yoki plitani 0,5 m dan tushirib amalga oshiriladi.
Og‘ir shibbalovchi plitaning ish chizmasi 4.6-rasmda ko’rsatilgan.
69
4.6 - rasm. Ekskavator-kranni qulochsiga osilgan og‘ir shibbalovchi
plitaning (2 t) ish chizmasi:
a
-yon tomondan ko‘rinishi;
b
-reja;
1
-shibbalagich;
2
-grunt qatlami;
3
-ekskavatorning
surilish qadami;
4
-ekskavatorning harakat yo‘nalishi;
5
-zichlashtirilgan mintaqa
Gruntlarni zichlashtirishning alohida usullari
.
Ko‘prik qoziqlari, yo‘l
quvurlari oldidagi ko‘tarmalarni qurishda, yon qiyaliklarda va transheyalarni
ko‘mishda gruntlarni zichlashtirish birmuncha boshqacha usulda olib boriladi.
Bunday sharoitlarda zichlashtiruvchi mashinalarni ishlashida ish frontining
torligi, ko‘prik qoziqlari va quvurlarning buzilish ehtimolligi borligi qiyinchilik
tug‘diradi.
Quvur va ko‘prik qozig‘i oldida gruntlarni zichlashtirishning alohida
xususiyatlari quyidagilardir:
qatlamlab yotqizishda va gruntlarni katoklar bilan zichlashtirishda
mashinalarning harakati yo‘l o‘qiga nisbatan ko‘ndalang yo‘nalishda ya'ni qoziq
yoki quvur bo‘ylab amalga oshiriladi. Katokning massasi 12 t dan katta
bo‘lmasligi kerak. Katokning zichlashtiruvchi organi chetidan quvur
yuzasigacha bo‘lgan masofa zichlashtirilayotgan qatlam qalinligidan kichik
bo‘lmasligi kerak;
quvurlarni ko‘mish va qatlamlab zichlashtirish bir vaqtda ikki tomondan
(bir tekislikning bo‘lmasligi bitta qatlamgacha ruhsat beriladi) amalga oshiriladi;
quvurlarni ko‘mish, umuman, ko‘tarmani qurishdan oldin qo‘shni
bo‘lakda bitta qatlamga oldinlab bajariladi;
agar quvurlar soni ko‘p bo‘lsa, ular orasidagi bo‘lakni zichlashtirish qiyin
kechadi. Bunday hollarda quvurni yotqizguncha yo‘l poyini qurish mumkin, uni
zichlashtirib bo‘lgandan so‘ng quvur joylashgan joy ekskavator bilan
ko‘ndalang yo‘nalishda kavlanadi va quvur yotqiziladi;
gruntlar og‘ir shibbalovchi plitalar bilan zichlashtirilganda plitaning
chetidan qoziqning yuzigacha bo‘lgan masofa 2 m dan, quvurning yon
devorigacha 3 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Qatlamlab yotqizishda quvur
70
ustidagi himoya qatlam grunti yengilroq katoklar (asosan, massasi 12 t gacha
bo‘lgan) bilan zichlashtiriladi;
yon qiyaliklarda gruntlarni zichlashtirish katoklar yoki ekskavator-kranli,
teleskop qulochli ekskavatorli, kran yoki gusenitsali tortgichli moslamasi
bo‘lgan shibbalash bilan bajariladi. Ko‘pincha xollarda diametri 1-1,5 m va
massasi 2-3 t bo‘lgan shibbalovchi plita ishlatiladi;
plita bilan qurollangan ekskavator kran ko‘tarma qoshi bo‘ylab shunday
masofada harakatlanishi kerakki, unda tortuvchi arqon yon qiyalik yuzasiga
parallel bo‘lsa, shibbalashtirgichning urilishi ko‘tarma yon qiyaligiga
perpendikulyar bo‘ladi. Yon qiyalikni bir tekis zichlashtirish uchun
shibbalashtirgichning tushish balandligi bir xil bo’lishi kerak. Zichlashtirishni
yon qiyalik ostidan boshlab, yuqoriga qarab olib boriladi. Zichlashtirishda bir
izning ustini ikkinchi iz 0,1-0,2 m yopishi kerak. Ko‘tarmaning balandligi 5 m
dan katta bo‘lganda, yon qiyalikni qismlarga bo‘lib - avval ko‘tarmaning ostki 5
m qismi, keyin keyingi qismi zichlashtiriladi;
ko‘tarmaning yon qiyaligi kam bo‘lganda (1:3 va undan kam),
bog‘lanmagan yoki kam bog‘langan gruntlarda, traktor chig’iriga arqon bilan
mahkamlangan titratuvchi katoklardan foydalanish mumkin. Yotiq qiyaliklarda
(1:3 dan yotiq) pastdan yuqoriga harakatlanuvchi titratib uruvchi traktor, grunt
zichlashtiruvchi mashina bazasidagi plitalardan foydalanish mumkin;
transheyalarda gruntlarni zichlashtirish ikki bosqichda olib boriladi: avval
ostki qismi (quvuro‘tkazgich tirsakning oldi), keyin transheyaning ikkinchi
qismi berkitiladi va zichlashtiriladi;
tirsakni berkitish va quvur o‘tkazgich tagidagi himoya qatlamni
zichlashtirish qo‘lda yoki osilgan elektr, motorli- yoki pnevmatik shibbalagich
bilan olib boriladi;
keyinchalik grunt to‘kib yotqiziladi va shibbalovchi yoki titratuvchi ishchi
organ bilan qatlamlab zichlashtiriladi;
71
botqoqlikda yo‘l poyini qurishda va gidromexanizatsiya usulini
qo‘llashda, qumli gruntli ko‘tarmani qurishda gidrotitratib zichlashtirish usuli
qo‘llanadi. Zichlashtirish titratgich bilan amalga oshiriladi, bunda 1 m
3
qumga
markaziy teshik orqali suv 40-50 l miqdorda 0,2-0,4 MPa bosim bilan
yuboriladi. Titratgich ko‘tarilishda va pastga tushishda ishlaydi, suv faqat
pastga tushishda yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: |