Beton yotqizish ishlari kranli texnologiyasi afzalliklari Reja: Beton yotqizish ishlari kranli texnologiyasi



Yüklə 10,36 Kb.
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü10,36 Kb.
#178006
  1   2   3
Beton yotqizish ishlari kranli texnologiyasi afzalliklari


Beton yotqizish ishlari kranli texnologiyasi afzalliklari
Reja:

Beton yotqizish ishlari
1-rasm. Beton qorishmasini qurilish bloklariga yotqizishda qo’llaniladigan qurilmalar.
a- yog’och lotok vaz arba so’ndiruvchi shit; b- buriladigan metal lotok; v- yog’och xobot; g- titratma metal, xobot ;d- titratma lotok; e- beton qorishmasini tyokislovchi va zichlovchi maxsus mashina; j- qorishmani yuklovchi va buriladigan lentali transporter qurilmalari bilan jihozlangan o’zi yurar beton yotqizgich mashina
Beton yotqizish ishlari
Betonni zichlash usuli va vositasi, qorishmaning konsistentsiyasi, qurilish bloki shakli va uning armaturalanish darajasiga bog’liq ravishda tanlanadi.
Umuman olganda, hozirgi paytda beton qorishmasi asosan mexanizatsiyalashgan usulda zichlanadi.
Beton monolit (yaxlit) shaklda yotqizilganda uni zichlashning asosiy va keng tarqalgan usuli – titratishdir. Bu usulga qo’shimcha ravishda vakuumlash usuli ham qo’llanilishi mumkin. Shuningdek temir beton va yig’ma temir beton konstruksiyalarini tayyorlashda presslash usulida zichlash ham amalga oshiriladi.
Beton yotqizish ishlari
Yirik beton inshootlari qurilishida betonning yaxlitligi va mustahkamligini ta’minlash uchun yotqiziladigan beton qorishmasi qotish jarayonida uning boshlang’ich haroratini ushlab turish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun, qishda beton komponentlari ma’lum darajada qizdirilishi mumkin, yozda esa qorishma tarkibiga ma’lum darajada muz bo’lakchalari aralashtiriladi (bunda muz qo’shilish hisobiga suv miqdori kamaytiriladi).
Beton yotqizish ishlari
Betonning belgilangan mustahkamlikka tezroq erishishida, qorishmani vakuumlash usulida zichlash ham katta ahamiyatga egadir. Vakuumlash jarayonida beton qorishmasi tarkibidagi ortiqcha suv va havo surib olinadi. Betonni vakuumlash bo’yicha qurilmalar sxemasi 6.20-rasmda ko’rsatilgan. Bu qurilmalarning asosiy ishchi organi to’g’ri burchak shaklidagi plita bo’lib, yon tomon devorlari va betonga yopishadigan ishchi yoki filtrlash yuzasidan iborat.
Ishchi yuzasi ikki qatlamdan ya’ni birinchisi o’lchamlari 6 x 6 mm, 5 x 5 mm bo’lgan metall setka va ikkinchi qatlam paxta tolasidan to’qilgan materialdan iborat.
Ushbu usulda betonning zichlanadigan qismi qalinligi havoning surilish kuchiga va vakuumlash jarayoni davomiyligiga bog’liq bo’ladi. Masalan, vakuumlash jarayoni davomiyligi 4, 9, 16, 26, 30, 50 sm ni tashkil qilishi mumkin.Umuman olganda, vakuumlash usulida beton qorishmasini zichlash qalinligi chegaralanganligi sababli yirik beton konstruksiyalarida kerakli samarani bermaydi. Bu usul asosan yupqa devorli konstruksiyalarni, gidrotexnik tunnellarni betonlashtirishda qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir

Yüklə 10,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin