O’zaklarni qo’lda tayyorlash O’zaklarni mashinada tayyorlab olish texnologiyasi



Yüklə 44,03 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü44,03 Kb.
#204758
  1   2   3   4   5
Tayyorlamalarni olish usullari


TAYYORLAMALARNI OLISH USULLARI
Reja:

1 O’zaklarni qo’lda tayyorlash

2 O’zaklarni mashinada tayyorlab olish texnologiyasi


O’zaklar quymakorlik sexlarining maxsus bo’limida tayyorlanadi. Bu bo’lim o’zak tayyorlash bo’limi deyiladi. O’zaklar yashiklarda tayyorlanib, zichlash qo’lda yoki mashinalarda amalga oshiriladi. Asosan qum purkash va qum otish usuli qo’llaniladi. Shakli va ish sharoitiga qarab o’zaklar sinflarga bo’linadi.


1 O’zaklarni qo’lda tayyorlash


O’zaklarning o’ta mustahkam va qattiq bo’lishini ta’minlash uchun ularning maydalari sim bilan, yiriklarini armaturalab, qobirg’alantirib mustahkamlanadi.

  1. O’zaklar o’zak qutilarida tayyorlanadi. O’zak qutilari yog’och (qaraqay, qayin, julka, lipa, qatiq va qimmatbaxo bo’lgan – nok, yong’oq, qora qayin) dan, hamda metall (alyumin, cho’yan, mis eritmalari) dan tayyorlanadi.

Oddiy o’zaklar qismlarga ajralmaydigan qutilarda tayyorlanadi. Qismlarga ajratiladigan qutilar nisbatan ko’proq har ikkala holda ham qo’llanadi, o’zakda bo’rtiqlklarga, yoki o’yiqlar mavjud bo’lsa, o’zak qutilari yechib olinadigan, ajraluvchi qismlar bilan ta’minlanadi. quritishda shakldor quritish taxtalaridan foydalaniladi. O’zaklarni qo’lda tayyorlashda quyidagilarga amal qilish zarur: 1. Yuk ko’taruvchi mashinalar bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

  1. Ish joyini ishga hozirlash, asboblarni sozlash; barcha o’zak qutilari va taxtalar mustahkam taxlangan bo’lishi lozim.

  2. Kimyoviy moddalar bilan ishlanganda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, maxsus kiyim (korjomada) ishlash.

O’zaklarning mustahkamligini oshirish maqsadida metall karkaslar o’rnatiladi. Karkaslar o’zakning xossalarini yomonllashtirishi kerak emas. Shuning uchun karkaslar o’zak yuzasidan ichkariroqda joylashtiriladi (mayda o’zaklarda 10-15 mm, o’rta o’zaklarda 20-30mm, yirik o’zaklarda 60-80mm). Karkaslar simdan yoki quyma holatda tayyorlanadi. Sim karkaslar o’rtacha o’zaklarda qo’llaniladi (1 va 2 sinf o’zaklari uchun), quyma ramkalar esa yirik o’zaklar uchun (3-4sinf).
O’zaklar tayyorlanadigan keyin quritiladi (kimyoviy qotadigan o’zaklar bundan mustasno). Shu maqsadda o’zaklar quritish plitalarga o’rnatilib, quritgichga uzatiladi. O’zaklar shablon yordamida o’lcham aniqligiga va yuza sifatiga nisbatan teshiriladi.
O’zaklardagi yoriqlar yoki choklar o’zak aralashmasi yordamida bartaraf etiladi.
O’zaklar o’zak yashiklarida va shablonlar yordamida tayyorlab olinadi. O’zak yashiklari qo’lda va mashinada tayyorlanadigan turlariga bo’linadi yagona, kam seriyali, ko’p seriyali va ommabop ishlab chiqarishda yog’ochdan va metalldan yasalgan o’zak yashiklari ishlatilinadi. Ularni konstruksiyasi o’zakni shakli, ishlab chiqarishni tasnifi va boshqalarga bog’liqdir. O’zaklarni silkitish, qumpuflash, qumotar, qum-irg’itish mashinalarda tayyorlab olinadi.
O’zaklar puxtaligini oshirish uchun ularning ichiga karkas, similar va armaturalar qo’yiladi. Karkas konstruksiyasi ularni quymani ichidan oson chiqarib olishga imkoniyat berishi kerak. O’zaklar ko’pincha quritish plitasiga joylashtiriladi. O’zaklarni ko’pincha eng qulay bo’lgan qumpuflash va qumotar mashinalarda tayyorlab olinadi. 1. O’zak qutisini tayyorlash (38-rasm).

  1. O’zak qutisini aralashma bilan to’latish, zichlantirish.

  2. O’zaklarning gaz o’tkazuvchanligini ta’minlash.

  3. O’zakni qutisidan chiqarish.

  4. O’zaklarga ishlov berish (to’g’rilanadi, oxirigacha zichlantiriladi).

  5. O’zaklarni yig’ishga tayyorlash (tayyor o’zaklarni yoriqlari yoki siniqlari bor-yo’qligi yaxshilab tekshiriladi). 7. O’zaklar yig’iladi.

Qolip va o’zak o’rtasidagi farq quyidagicha: qolip eritilgan metallning faqat bir tarafiga tegib turadi. O’zak esa (asosan) har tarafdan eritilgan metall bilan o’rab olinadi shuning uchun xam o’zak yuqori issiqlik ta’siri ostida bo’ladi, u olovga yuqori bardoshlilikka, yaxshi gaz o’tkazuvchanlikka, metallning kirishi paytida qarshi bo’lmaslik chidamlilikka ega bo’lishi kerak.
Shuning uchun xam o’zakni tayyorlashda quyidagilarga e’tibor berish zarur:
‒ kerakli darajadagi sifatiga ega bo’lgan material;
‒ o’zak aralashmasining yetarli darajadagi havo almashinish imkoniga ega bo’lishi;
‒ o’zakning yetarli darajada mustahkam va ishlovga mosligi;
‒ o’zak materialining o’zakni quymadan osonlik bilan chiqarilishiga to’sqinlik qilmasligi; ‒ quritish tartibi.
O’zaklarning mustahkamligi va gaz o’tkazuvchanligini oshirish uchun o’zak aralashmalariga kipik, torf biriktiruvchilari va boshqa ashyolarni qo’shish kerak. Bu qo’shimcha ashyolar bir qismining yonib ketishi natijasida qorishmaning gaz o’tkazuvchanligi oshadi, qo’shimcha ashyolarining bir qismi quritish jarayonida erib ketishi, o’zak soviyotgan paytida qorishmaning ayrim qismlarini jipslashtiradi.
O’zaklarning gaz o’tkazuvchanligini oshirish maqsadida orasiga poxol, kanop piliklari ham qo’yiladi. Ular o’zaklarni quritishda kuyib ketib, g’ovaklar hosil qiladi.

38- rasm. Yogochdan ishlab chiqilgan ozak qutilari:
a-gorizontal holda ajraladigan chiziqli; b-vertikal ajralish chizig’i; d-yig’ilgan o’zak qutisi.
Shuni qayd etish kerakki, o’zak tayyorlashni boshlashdan avval o’zak qutisi yarim pallalarining ish yuzalari qoldi materiallar va changlardan tozalanib o’zak materiallarining devoriga yopishmasligi uchun yuzalariga kerosin purkaladi yoki grafit kukuni sepiladi (39-rasm, a). So’ngra quti yarim pallalarining o’zak materiali bilan to’ldirilib, yaxshilab shibbalanadi (39- rasm, b). Keyin o’zak materialiga karkas quyilib, ajralish yuzalaridan bir oz pastga botiriladida, gaz chiqarish kanalchalari ochiladi (39-rasm, d). So’ngra o’zak qutisi pallalari yig’iladi (39-rasm, d). Shundan keyin o’zak qutisining devorlariga yog’och bolg’acha bilan oxista urib, ustki palla ostki palladan ajratiladi (39-rasm, e). Keyin uni pastki pallasi ustiga o’zakning shakliga mos quritish o’rindigi quyilib, uni pastki pallasi bilan birgalikda 180°C aylantirib, o’zak o’rniga o’tkaziladi (39-rasm, j). So’ngra uni tabiiy gazda yoki boshqa yoqilg’ida ishlaydigan pechda shakli va o’lchamiga ko’ra 130-240 °C ma’lum vaqt qizdirilib puxtalanadi.
Ma’lumki, quritish paytida o’zaklarning shakli va o’lchamlari ba’zan o’zgarishi mumkin. Bunday hollarda ular ta’mirlanadi, keyin maxsus taglikka terilib, quruq xonada saqlanadi. Yirik sexlarda o’zaklar qurituvchi pechlar turli konstruksiyali (vertikal va gorizontal) bo’lib, uzluksiz ishlaydi.
Shuni ham qayd etish joizki murakkab va katta o’lchamli o’zak qutilari xuddi modellar singari ayrim-ayrim bo’laklardan tayyorlanib, keyin ularni o’zaro dekstrin yoki sulfat yelimi bilan yelimlanib yig’iladi.

39-rasm. O’zak qutisi



Yüklə 44,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin