Yogʻ olish usullari
Yogʻ olish usullari — chigit, loviya, soya, zigʻir, kunjut, yongʻoq, kungaboqar, zaytun,
maxsar va
b. magʻzidan yogʻ olish. Sanoatda, asosan, presslash (ezish) va ekstraksiya (siqish) usulidan
foydalaniladi. Ilgari yogʻ faqat juvozda, keyinchalik sanoatda oddiy gidravlik presslarda
olingan. Yogʻ zdlari ekstraksiya batareyalari va uzluksiz ishlaydigan avtomat shnekli presslar
bilan jihozlangan. Magʻzdan yogʻ ikki bosqichda olinadi. Birinchi bosqich — magʻzni presslash
yoki ekstraksiyaga tayyorlash. Bunda magʻz turli aralashmalardan (chigit esa mayda
tuklaridan ham), qobigʻidan ajratiladi va maxsus joʻvalash (valsovka) stanogida eziladi.
Ikkinchi bosqich — presslash yoki ekstraksiyalash. Presslash usulida ezilgan magʻz bugʻli
isitkichdan oʻtkazilib, shnekli presslarda eziladi. Pressdan chiqqan kunjarada 4% dan 5%
gacha yogʻ qoladi. Magʻzdan ajralgan yogʻ filtrdan oʻtkaziladi. Ayrim zdlarda yogʻ oldin ezilgan
magʻzni maxsus apparat—forchanda qizdirib, shnekli pressda siqib olinadi. Ekstraksiya
usulidayogʻ shnekli pressdan chiqqan massadan ekstraktorlarda erituvchi (benzin yoki
dixloretan) taʼsir ettirib olinadi. Ekstraksiyalangan yogʻ distillanadi va tozalanadi. Presslab
olingan yogʻ oziqovqat sanoatida, ekstraksiyalab olingani texnikada ishlatiladi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Yog%C
A%BB_olish_usullari&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 8 yillar avval DastyorBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Yog _olish_usullari&oldid=
1566111
" dan olindi