O’zaklarni mashinada tayyorlash. O’zaklarni mashinalarda tayyorlashda qumotar, qumpuflash mashinalari va ularga mos o’zak qutilari ishlatiladi. O’rtacha og’irlikka ega bo’lgan o’zaklarni silkitish mashinalarida tayyorlanadi, bu mashinalarda o’zaklar olishda o’zaklar toza va butun, nuqsonlarsiz qutisidan ajratiladi.
O’zaklarni yangi va yirik seriyali ishlab chiqarishda maxsus mashinalardan foydalaniladi. O’zak mashinalari ishchilarining ishlab chiqarishdagi mehnat unumdorligini yengillashtiradi va o’zaklarni katta aniqlikda tayyorlashni ta’minlaydi.
O’zaklar turli mashinalarda tayyorlanadi:
Silkitish usuli bilan ochiq qutilarda o’rtacha va yirik o’zaklar tayyorlanadi.
Presslash usuli bilan mayda o’zaklar tayyorlanadi. Qum puflovchi mashinalar-istalgan murakkab va yuqori sifatli mayda qo’llanadigan yuqori unumdorlikka ega qum otgichlardir.
Mundshtukli mashinala-mayda kichik kesish – silindrsimon, prizmasimon o’zaklarni o’zak, aralashmasini shnek yoki porshen bilan siqib chiqarish orqali tayyorlashda ishlatiladi.
Quritish. O’zaklar ularning gaz o’tkazuvchanligini, aniqligini oshirish va gaz hosil qilish xususiyatini kamaytirish maqsadida quritiladi. Quritish rejimi turli o’zak guruqlari uchun (turlicha, tajriba yo’li bilan) alohida belgilanadi. Quritish jarayonini shartli ravishda uch bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich – qolip yoki o’zak butun qalinligi bo’ylab qizdiriladi.
Ikkinchi bosqichda – haroratni tezlik bilan eng yuqori darajagacha ko’tarib, ma’lum vaqt ichida shu darajada tutib turish kerak (namlik tez sur’atda buqma boshlaydi).
Uchinchi bosqichda – qolip va o’zaklar bo’shatish haroratigacha sovutiladi. Bunda o’zaklar sovitaladi va ularda yig’ilib qolgan issiqlik hisobiga oxirgacha quritiladi. O’zaklarni quritish vaqti o’zak og’irligi, quritish darajasi, issiqlikni o’tkazish usuliga bog’lik va bir necha daqiqadan bir necha soatgacha cho’ziladi.