Bu texnologiyada o’zaklar qumotar va qumpuflash mashinalarida gorizontal va vertikal ajraladigan yuzali qutilarda olinadi. Moslamalar kulrang cho’yandan ishlab chiqilgan va qimmatroq bo’ladi.
Moslamalarni 280-300 0C darajagacha tabiiy gaz va elektroenergiya yordamida qizdiriladi. O’zak yashigiga o’zak aralashmasini keltirish qumpuflash va qumotar mashinalarida oshiriladi.
Mashinani ishlatish tartibi: o’zak yashigi darajasi kerakli ko’rsatkichga yetganda uning ishchi yuzasi tozalanadi va ajratadigan yupqa qoplam suriladi, qoplam vazifasi aralashmaning yopishib qolmasligi va o’zakni yashikdan ajratishni yengillashtirish, qoplamning termochidamliligi 300 0C darajadan past bo’lishi mumkin emas, qoplamni o’zi gazlar chiqarmasligi va defitsitmas bo’lishi kerak.
Qizdiriladigan qutilar uchun ajratish qoplami kremneorganik polimerlar va kauchukda tayyorlanadi. Qum puflash mashinalari. 40-rasmda qum puflash mashinani sxemasi ko’rsatilgan. Qolip aralashma opokaga (o’zak yashikiga) katta bosimda puflanadi. Qolip aralashmasi 3 rezervuarga bunker 9 dan o’tkaziladi.
40-rasm.O’zak yashikiga aralashmani puflash: 1-opoka (o’zak yashiki); 2-stol; 3-rezervuar; 4-puflash plitasi; 5-aralashma tarqatuvchi; 6-silindr; 7-rolgant; 8-shiberli zatvor; 9-bunker; 10-vibrator.
Vibrator 10 aralashma osilib qolmasligi uchun mavjud. 6 rezervuardan aralashma rolgant 7 orqali opoka, yoki o’zak yashikiga yuboriladi. Bunda buyker 9 shiberli bekituvchi 8 yopiladi. O’zak yashiki 1 stol 2 bilan puflash plita 4 zich yopishtirilib qo yiladi. Bosimli xavo tarqatuvchi qurilma 5 orqali qumpuflash rezervuariga o’tkaziladi va puflash teshigi orqali qum-xavo aralashma opoka, yoki o’zak yashiki ichiga puflanadi va zichlashtiriladi. Opokalarda va o’zak yashiklarida xavoni chiqarib yuboradigan teshikchalar (ventilyatsion kanallar) bor, ular orqali ventillardan chiqishda xavo yuqori tezlikka ega bo’ladi va bu aralashmani yaxshi zichlashishga imkoniyat beradi. Agarda o’zak shakli murakkab bo’lsa unda ventallar xavoni qiyinroq chiqib ketadigan joylarga o’rnatiladi.