O’zaklarni qo’lda tayyorlash O’zaklarni mashinada tayyorlab olish texnologiyasi



Yüklə 44,03 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü44,03 Kb.
#204758
1   2   3   4   5
Tayyorlamalarni olish usullari

Qum otuvchi mashinalar. Qum otuvchi mashinalar qum purkovchi mashinalarning turlaridan biri hisoblanadi. Aralashma bunker (1) dan shiber (2) orqali rezevuar (3) ga tushadi va bosim ostidagi harakat tufayli zichlanadi. Siqilgan havo rezevuar (8) dan ishchi rezervuar (3) ga tez harakatlanuvchi klapan (9) orqali tushadi (41- rasm). Rezervuarda bosim keskin ko’tariladi va aralashmaga zarbdek ta’sir ko’rsatadi hamda uni purkash tirqishi orqali o’zak yashigi (5) ga otadi. Purkash tirqishi, albatta, konussimon bo’lishi zarur, shunda havo o’zak yashigiga tushib zichlash sifatini buzmaydi. Purkash plitasi (4) dagi tirqish (7) havoni chiqarib turish uchun kerak. O’zak yashiklarida ventlar asosan qo’llanilmaydi. Qum-havo aralashmasining mavjud emasligi oqimning jihozga ko’rsatadigan ta’sirini kamaytiradi. Shuning uchun yog’ochdan ishlangan yashiklardan foydalanish mumkin. Bu mashinalarda asosan o’zaklar tayyorlanadi.

41-rasm. Qumotar mashinasining ishlash chizmasi:
1- bunker; 2- shiber; 3 - rezervuar; 4 - purkash plitasi; 5- o’zak yashigi; 6 - ashyo; 7 - tirqish; 8 - rezervlar; 9 -harakatlanuvchi klapan.

Hulosa


Aniq quyma ishlab chiqishda o’zaklarni vazifasi katta ahamiyatga egadir. O’zaklar qo’lda va turli mashinalarda tayyorlab olinadi. O’zaklarni tayyorlab olish tehnologiyasi o’zakni sinfiga bog’liqdir. o’zaklar ko’pincha qum puflash mashinalarida tayyorlab olinadi. Mashinada olingan o’zaklarni aniqligi yuqoriroqdir.

Nazorat savollari:
1. O’zaklarni qo’lda tayyorlash texnologiyasi.
2. O’zaklarni qanaqa mashinalarda tayyorlanadi?

  1. O’zaklarga nimaga armaturalar quyiladi?

  2. Qumpuflash mashinasi qanaqa qilib o’zak tayyorlaydi?

  3. Qizitilgan yashikda qanday o’zak tayyorlanadi?

  4. XTS usulida qanday o’zak tayyorlanadi va uni afzalligi.

  5. O’zak aralashmalarini tarkibi.

8. O’zaklar qandaq urib chiqariladi?


Yüklə 44,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin