A mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari


YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA (yo‘nalishlari, muammolari, yechimlari)



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə11/33
tarix24.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#89444
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
A. mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari

YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA
(yo‘nalishlari, muammolari, yechimlari)


Pedagogik texnologiya nima? Nega bu so‘z birikmasiga «yangi» so‘zini qo‘shimcha qilib, «yangi pedagogik texnologi- ya» deb aytamiz? U nima uchun bugungi ta’lim-tarbiya jara- yonida zaruratga aylandi? Nega endi shuncha yillardan beri yarab kelgan ta’lim jarayonini eskicha tashkil etishdan voz kechishimiz kerak va o‘quv jarayonini loyihalashga yangicha yondashish zarur?
Bu kabi savollarga javob berish uchun, eng avvalo, mam- lakatimizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tay- yorlash milliy dasturi» asosida ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini anglab olmoq lozim.
Bu yo'nalishlar:

  • ta’lim mazmunini, tizimini isloh qilish;

  • ta'lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;

  • ta'limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexaniz- mini yaratish;

  • ota-ona, o‘qituvchi-o‘quvchining ta'lim jarayoniga bo‘lgan yangicha qarashlarini shakllantirish;

  • va nihoyat, bu tub islohotlaming bosh harakatlantiruv- chi kuchi yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

Xulosa qilib aytsak, yangi ta'lim tizimi, mazmuni, o‘quv reja, darsliklar asosida o‘quv jarayonini loyihalashtirishga ham yangicha yondashishni tashkil etish zaruriyatini taqozo etmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov alohida ta’kid- laganlaridek, biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog'li faol munosabatda bo'lishiga, qanday oliy maqsadlarga xiz- mat qilishiga bog'liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak. Shu sababli ham birinchi navbatda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu maz- munga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi ijodiy faoliyat tajribasi, teva- rakatrofga munosabatlarni ham kiritish g‘oyasi kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘yildi.
Bu g‘oyani, bizningcha, ijtimoiy hayotning quyidagi kom- ponentlari ro‘yobga chiqarishi mumkin:

  • faoliyat turlari ( moddiy-amaliy, ijtimoiy, ma’naviy);

  • ijtimoiy ong shakllari (axloq, san’at, siyosat, falsafa, fan va boshqalar);

  • ijtimoiy munosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy);

  • moddiy ijtimoiy va tabiiy borliq (keyingi avlodlarga meros qilib qoldiriladigan boyliklar).

Ta’lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazi- falari haqida so‘z ketganda dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqol- lik bilan mavhumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bi- lish uslublari o‘rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur. Lekin bu ishlar o‘z yechimini topgani yo‘q.
Ayniqsa, darslik va o‘quv qo'llanmalarida atamalardagi qafiylik, birqiymatlilikka erishish kerak. Buning sababi shuki:

  • birinchidan, darslik va o'quv qo‘llanmalarida fan erish- gan yakuniy natijalar yaxlit holda aks etadi, bu esa bizga uning amaliyotga ta’sirining xarakterini tashxis qilishimizga imkon beradi;

  • ikkinchidan, darslik va o‘quv qo‘llanmalari ona tili- ning yuksak darajadagi namunasini ko'rsata olish mahoratiga ega bo'lgan olimlar tomonidan yaratiladi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalari tili ularni o‘qiydigan kitobxonlar (o‘quv- chilardan tashqari talabalar, o‘qituvchilar, metodistlar, olim- lar, ota-onalar) savodxonligiga bevosita ta'sir etadi;

  • uchinchidan, darslik va o‘quv-qo‘llanmalarida ishla- tilayotgan atamalardagi kamchiliklar ilmiy-tadqiqot ishlarini boshqa tadqiqotchilar tushunishlarini qiyinlashtiradi.

Bir so‘z bilan aytganda, darsliklarimiz tili ravon, sodda, ixcham matnlardan tashkil topgandagina, u bolalarning se- vimli kitobi bo‘ladi, o‘quvchilar mustaqil holda 0‘rganish mumkin bo‘lgan «ikkinchi o‘qituvchi» vazifasini bajaradi, bilim manbaiga aylanadi.
Kezi kelganda shuni aytish kerakki, hozirgi zamon ta'limida didaktikaning semantik jihatlarini aniqlash kam o'rganilgan sohalarga kiradi. Xanuzgacha tushunish muammosi (mohiya- ti) har xil olimlar tomonidan har xil talqin qilinadi, didak- tik olimlar semantik jihatdan murakkab matnlar va g‘oyalarni bayon qilish usullari ustida kam bosh qotirmoqdalar. llmiy konsepsiyalar murakkablashib, chuqurlashib borayotgan hozirgi davrda semantik muammolar o‘quv materialini ba- yon qilish, o‘quvchilami fan rivojining yangi davrini tashkil qiluvchi nazariyaga ertaroq olib kirish, ta'limda dalillar bilan nazariyalar munosabatlarini hal qilish muhim ahamiyatga ega. Bu masala ham tezroq o‘z yechimini topishi kerak.
Yana bir muammo ustida to‘xtalishni lozim topdik. Gap shundaki, biz ko‘pincha «ta’lim mazmuni* bilan «o‘quv fani mazmuni» tushunchalarini bir xil deb qaraymiz. Aslida unday emas. Oldingi tushuncha kengroq, ya'ni o‘quv fani mazmuni faqat shu fanga oid bilimlami — tushuncha, hukm, xulosalarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim mazmuni esa bulardan tashqari, ilmiy bilish uslublari, usullari va amallari, ya’ni o'quvchilarda mustaqil bilish malakalarini hosil qiluvchi metodologik bilimlarni (ta'rif, isbot, tahlil, sintez, induksi- ya, deduksiya, tasniflash, sistemalashtirish, umumlashti- rish va hokazo) ham o‘z ichiga oladi, bu borada ham dars- liklarimizda anchagina kamchiliklar mavjud.
Lekin darsliklarimiz qanchalik pishiq bo‘lmasin, ularda- gi ilm durdonalarini o‘quvchining ongiga quyuvchi o‘t- kazgich — o‘qituvchi tayyor bo‘lmasa, eski qolipdan chiq- may dars o‘tsa, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.
Nima uchun o‘quvchi erta bilan turib maktabga, darsga borishga shoshilmaydi? Nima uchun u dars o‘tilmasligini ma'qul ko‘radi? Nima uchun aksariyat darsliklarimiz zerikarli?
Darsda o'qituvchi bosh shaxs. U axborot berish, tezroq- tezroq o‘qitish bilan ovora. Lekin o‘quvchilarning yangilik- larni qabul qilish darajalari har xil, xohish-istaklari turli- cha, ular passiv eshituvchi, quloq soluvchi, bu ularning o‘quv jarayonidagi mas’uliyatini, javobgarlik hissini susayti- radi. Demak, ular mustaqil fikr yuritish, mushohada qilish, xulosa chiqarishdan yiroq.
Har bir dars uchun ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruv- chi, ya’ni bir-biri bilan uzviy aloqada bofigan uchyoqlama maqsadlar qo‘yiladi. Darsni tashkil qilish shakli uning qat- nashchilarining o‘zaro aloqalariga bog‘liq bo‘lib, u maqsad- larga, o‘quv materiali xususiyatlariga, ta’lim uslublariga va o‘quv imkoniyatlariga bog‘liq. Bunga erishish uchun o‘qituvchi rahnamoligida o'qituvchi bilan o‘quvchilar bir- galikda harakat qiladilar. Xuddi mana shu jarayon didaktikada o‘quv jarayoni deyiladi. O‘quv jarayonida, ta’lim-tarbiyada o'quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta'lim jarayoni sub- yekti bo‘lishi kerak, ya’ni o‘qish, o‘rganish, mutolaa qi- lish o‘quvchi zimmasiga o‘tishi kerak.
O‘qituvchi esa o‘qitishdan o‘qishni o‘rgatishga, bilim be- rishdan o‘quvchilarning bilimlarni mustaqil egallashlariga ko'maklashishi zarur. U o‘quvchini ehtiyoj tug‘dirishdan, muhit yaratishga va undan mas'uliyatni sezishga yo‘llashi ke- rak. O‘quv jarayoni uch komponentdan iborat deb qaraladi.

O‘quv jarayoniga bunday yangicha qarashning tub mohi- yati shundan iboratki, o‘qitishda ichki motivatsiyadan (diqqat- ni tortish, ichki tuyg‘u, istak, zaruratni shakllantirish) kelib chiqish kerak. O‘quv jarayonida asosiy harakatlantiruvchi kuch — o‘quvchi uchun ham, o‘qituvchi uchun ham ichki motivasiya bo'lishi kerak. Bunda o‘quvchilar bilim olishga in- tilishlari (xuddi benzini bo‘lmasa, avtomashina o‘rnidan qo‘zg‘ala olmagani kabi, bilim olmasang, sening hayotda o‘rning yo‘q, jamiyatga qo‘shila olmaysan...) va bilim olishga ehtiyoj bo‘lishi kerak, o‘qish maqsadlari ichki ehtiyojga ay- lanishi kerak. O‘quvchi real hayotga kirib borish uchun, unda faol ishtirok etish uchun bilim, ko‘nikma va malakalar bilan birga ilmiy bilish uslublariga ega bo‘lishi kerakligini ongli ra- vishda tushunib yetishi lozim. Chunki ochiq jamiyatning asosiy belgisi — bu dunyoni anglab yetish va unda o‘zining mu- nosib o'rnini topish uchun erkin izlanishdir.


O‘quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilim- larni puxta va chuqur o‘zlashtirishni, zarur malaka va ko‘nikmalarni, ularda kuzatuvchanlikni, tafakkur va nutqni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalashga imkon beruvchi didaktikprinsip — ta’limdagi faollikdir.Faollikprinsipi ong- lilik prinsipi bilan bevosita aloqador. Chunki faollik bor joyda onglilik bor.
Bunday tizimda o‘quvchi ham, o‘qituvchi ham ta’lim, tarbiya jarayoniga birgalikda mas'uldirlar. Ular birgalikda har bir o‘quvchining bilim va qobiliyatini, individual ehtiyojlarini aniqlaydilar. Bunday holda o‘qituvchi faqat «baholovchi» emas, balki yangi bilimlar yetkazuvchi manbaga aylanadi.
Jahon pedagogik leksikoni qatoridan allaqachonlar «in- novatsiya» keng o‘rin olgan. Bu tushuncha «yangilik», «is- loh» tushunchalari bilan ayniylashtiriladi. Keng ma’noda qara- ganda ta’lim tizimidagi har qanday o‘zgarish — pedagogik innovatsiyadir. Dastlab bu tushunchalarni ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik jarayonlarga nisbatan qo‘llashgan, so‘ngra ta'lim tizimidagi har qanday yangiliklarga nisbatan qo'llandi. Pe- dagogik texnologiya deb atalishining boisi ham shunda. Hozirga kelib pedagogik innovatika fani shakllandi. Pedagogik innova- tika — pedagogik yangiliklar, ularni baholash va pedagogik jamoa tomonidan o‘zlashtirish, nihoyat, uni amaliyotda qo‘llash haqidagi ta'limot sifatida qaraladi. Bu ta'limot uch yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:

  • birinchisi — pedagogik neologiya (yunoncha neo — yangi

va logos ta’lim; yangilik haqidagi ta'limot) deyilib, bunda pedagogika sohasidagi har qanday yangiliklar o'rganiladi, umumlashtiriladi; .

  • ikkinchisi — pedagogik aksiologiya (yunoncha aksio- ma — hurmat qilmoq; isbotlanmaydigan ta'limot) deyilib,

bunda pedagogik yangiliklar ichida eng samaralilari tanlab olinadi;
— uchinchisi — pedagogik praksologiya (yunoncha praks — harakat va logos — ta’lim; amaliyotda qo‘llash haqidagi ta’limot) deyilib, bunda tanlab olingan pedagogik yangilik- lar amaliyotda qo‘llaniladi.
Har qanday pedagogik yangilik zaminida biron-bir g‘oya yotadi. Masalan, yangi o‘quv materialini ilgarilama o‘rganish («izohli boshqarish») g'oyasi asosida o‘qituvchining bolalar bilan o‘zaro harakati yotadi: sinfda psixologik birlik vaziyati- ni yaratish; har bir o‘quvchi o‘z shaxsini o‘zi namoyon etishini ta’minlash: har bir uslubiy yondashuv uchun o‘ziga xos muloqot yo‘lini tanlash; o‘quvchilar tashabbusini zim- dan boshqarib borish. U har bir o'quvchi qalbiga, ularni tushunib yetishga o‘zining didaktik usullari, tashkiliy shakl- lari orqali yo‘l topadi. Darsdagi o'quvchilar faoliyatiga na- faqat o‘qituvchi, balki o‘quvchilar ham rahbarlik qiladi. Avval a'lochi o‘quvchi, so'ngra boshqa o‘quvchilar ham o‘qituvchi topshirig‘iga binoan nima ish qilganini aytadi va qolgan o‘quvchilarni orqalaridan ergashtiradilar. Bunday «izohli boshqaruv» o‘quvchi maktab ostonasiga qadam qo‘ygan kundan boshlanishi kerak.
«Tayanch signallar» ijodkori deb tanilgan V.F. Sha- talovning darslarida o'quvchi shaxsini ro‘yobga chiqaruvchi, uning kimligini, nimaga qodirligini tasdiqlovchi didaktik o‘yinlarga keng o‘rin berilgan.
Mamlakatimizda yuqoridagi kabi yangi-yangi uslublar bi- lan ish olib borayotgan ilg‘or o‘qituvchilarimiz kam emas. Taj- ribali o'qituvchilar «ta’limiy musobaqalar» o'tkazish, «manti- qiy testlar» orqali o‘quvchilami sinash, hodisalami o‘rganishda o'quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish kabi uslubiy g‘oyalar bilan shug'ullanib yaxshi natijalarga erishmoqdalar.
Bularning hammasi didaktik topilmalar, pedagogik kashfiyotlar, bir so‘z bilan aytganda, yangi pedagogik texnologiyalardir. Pedagogik texnologiya qanday qilib, qanday usullar bilan o‘qitilsa natija yaxshi bo'ladi, degan savolga javob beradi. U o‘z tizimiga ega bo‘lib, unda komponentlar ketma-ketligi, o‘zaro bog‘liqligi, bir butunligi saqlanadi.
Pedagogik texnologiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, bunda ta’lim jarayonini rejalashtirish, tashxis qilish, natijalash, tuzatish kiritish imkoniyatlari mavjud. Bunda ta’limdan kutilgan natijaga erishiladi, vaqt tejaladi, bu esa pedagogik texnologiyaning samaradorligi demakdir. Pedagogik texnologiyaning tasdiqlanuvchanligi (validligi) — ishlagan model boshqa pedagoglar qo‘llaganda ham xuddi o'shanday samara, natija berishi kerakligini bildiradi. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina, ta’lim samarasi yangi bosqichga ko‘tariladi, ya’ni:

  • bolaning talabi, moyilligi, istak-xohishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi;

  • o‘quvchining o‘quv mehnatiga mas’uliyati, javobgar- ligi va burchi oshadi;

  • bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi;

  • u umr bo‘yi o‘z bilimini o'zigina boyitishiga ishonch paydo bo‘ladi;

  • erkin fikrlash malakasi shakllanadi;

  • shaxs jamiyatda o'zining o‘rnini tezroq topib olishiga muhit yaratadi.

Buning uchun bugun biz o‘quvchiga «sen buni bilishing kerak» degan majburlovchi da'vatdan «menga bu zarur va men buni bilishga, uni hayotda qo‘llashga qodirman» degan ichki ishonch va intilishni uyg‘otishga o‘tishimiz kerak.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin