A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Samyayev

 
SO’Z BOSHI 
O‘zbekistonning milliy mustaqilligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
hayotida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keldi. Turli jabhalarda shu jumladan 
ta’lim tizimida ham kuchli o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi 
kunda o‘qitish jarayoniga ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot 
texnologiyalari kirib keldi. Fanlarni o‘qitishda interfaol metodlardan, darsliklar, 
o‘quv qo‘llanmalari, elektron manbalar, monografiyalar, xorijiy adabiyotlar va 
internet ma’lumotlaridan foydalanilgan holda dars o‘tish bugungi kunning talabidir. 
Ta’limda uzoq vaqt an’anaviy dars o‘tish usullaridan foydalanib kelindi. Bunday 
dars o‘tish usuli bugungi kunda samara bermay qo‘ydi. Shuning uchun bugungi 
kunda ta’limda an’anaviy dars o‘tish usullaridan asta-sekinlik bilan voz kechilib, 
noan’anaviy dars o‘tish usullariga o‘tilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldaги 187-
sonli qaroriga muvofiq kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan yangi DTS qabul 
qilindi. Kompetensiyaning asosiy maqsadi o‘quvchilar egallagan nazariy bilimlarni 
kundalik hayotda qo‘llay olish va o’quvchilarni kelajak hayotga tayyorlashdir. 
O‘quvchilarda geografiya fani bo‘yicha to‘liq kompetensiyalar amaliy 
mashg‘ulotlarsiz shakllanmaydi. Maktablarning geografiya fani darsliklarida 
amaliy mashg‘ulotlarga juda kam soat ajratilgan. Natijada fan o‘qituvchilari o‘quv 
rejadan tashqariga chiqmaydi va o‘quvchilar amaliy mashg‘ulot malakasiga ega 
bo‘lmaydi.
Ushbu uslubiy qo’llanmada geografiyaga oid amaliy mashg’ulotlar, ularni 
yechish usullari, o’quvchilarning o’zlari mustaqil yechishlari uchun topshiriqlar 
berilgan. Uslubiy qo’llanma o’quvchilar egallagan nazariy bilimlarini amalda 
qo’llay olishiga yordam beradi. O’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqishi ortadi va 
geografiyaga oid kompetensiyalar shakllanadi. 




Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin