Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1037-1045 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1041 www.ares.uz xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.
“Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasidagi o„quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so„ng 6-7 yoshli bola: o„z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to„g„risida
tasavvurga ega bo„ladi;
o„z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;
o„zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;
kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;
murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo„llarini topadi.
“Nutq, muloqot, o„qish va yozish malakalari» sohasidagi o„quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so„ng 6-7 yoshli bola: nutqni eshitadi va tushunadi;
o„z nutqida to„g„ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap
konstruksiyalaridan foydalanadi;
ikkinchi tilni o„rganishga qiziqish namoyon qiladi;
ikkinchi tilni egallash bo„yicha dastlabki bilimlarini ko„rsatadi;
badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi;
so„zning lug„aviy, bo„g„inli va fonetik tuzilishi to„g„risida tasavvurga ega
bo„ladi;
turli ma‟no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so„zlab berishni biladi;
yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.
Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o„quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so„ng 6-7 yoshli bola: bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;
o„quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan
foydalanadi;
predmetlar, voqealar va ko„rinishlar o„rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va
ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;
raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo„llaydi;
makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;
elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;
atrof muhitdagi voqea-hodisalar va ko„rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq
qiladi;
atrof muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g„amxo„r munosabatni namoyon
etadi.